O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana10.12.2020
Hajmi0.6 Mb.
#163159
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ozbek tilining vazifaviy usullarini oquvchilarga orgatish


TILXAT

Ma’lum  bir  shaxsdan  yoki  muassasadan  pul,  hujjat,  qimmatbaho 

buyumlar  yoxud  boshqa  biror  narsa  olinganligini  tasdiqlovchi  rasmiy 

yozma hujjat. 

Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat 

sifatida saqlanadi. 

Tilxatning asosiy zaruriy qismlari: 

1. Hujjatning nomi (Tilxat).  

2. Matn: 

a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, familyasi, ismi va ota ismi;  

b) pul,  hujjat,  buyum  yoki  boshqa  biror  narsani  beruvchi  shaxsning 

lavozimi, familiyasi, ismi va ota ismi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi); 

v) pul,  hujjat,  buyum  yoki  boshqa  biror  narsaning  nomi  va  ularning 

miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi); 

g) olinayotgan buyumning texnikaviy holati (agar u mashina, apparatlar 

va sh. k. bo‘lsa). 



 

69 


3. Tilxat berilgan sana.  

4. Tilxat muallifining imzosi.   

Olinadigan  pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda 

raqamlar  bilan  ko‘rsatiladi,  qavs  ichida  esa  so‘zlar  bilan  ham  berilishi 

shart. 

Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni 



o‘chirish  yoki  tuzatish  mumkin  emas,  aks  holda  bunday  hujjatning 

haqiqiyligi shubha os tiga olinishi mumkin. 

Ba’zan  tilxatda  guvohlar  ham  ko‘rsatiladi.  Bunday  hollarda  guvohlar 

o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.  



TUSHUNTIRISH XATI 

Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini 

yozma  izohlovchi  va  muassas a  (bo‘lim)  rahbariga  (ichki)  yoki  yuqori 

tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir.  

Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinadiki, tushuntirish xati xuddi ma’lumotnoma 

va bildirishnoma singari ichki va tashqi xususiyatga ega. Keyingi holatda, 

ya’ni  tushuntirish  xati  yuqori  tashkilotga  yuborilayotganda,  u ko‘pincha 

biror  asosiy  hujjat  (rejalar,  hisobotlar,  loyihalar)ga  ilova  tarzida  bo‘lib, 

mazkur hujjatni  umuman yoki ba’zi o‘rinlarini qisman izohlab, tushuntirib 

beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, muassasada bo‘lib o‘tgan 

voqea-hodisaga, 

rahbarning  ba’zi  xatti-harakatiga,  rejalashtirilgan 

ishlarning bajarilmay qolishiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu 

holda tushuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi. Shunga  qaramay, u 

muassasa  xos  ish  qog‘ ozida  rasmiylashtiriladi  va  rahbar  tomonidan 

imzolanadi. 

Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari asosan xodim 

(ishchi,  xizmatchi,  kolxozchi,  talaba)  tomonidan,  ba’zan  bo‘linmalar 

rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) 

jarayonida  xodim  (talaba)  tomonidan  sodir  etilgan  ba’zi  xatti-harakatlar 

(masalan  ish  yoki  o‘ qishga  kech  qolish,  kelmay  qolish,  reja  yoki  ayrim 


 

70 


topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib -qoidalarga rioya qilmaganlik 

va boshqalar) va ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi, dalillanadi. 

Bevosita  xodim  (muallif)  tomonidan  imzolanadigan  bunday  tushuntirish 

xati oddiy varaqqa yoziladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari odatda mansabdor 

(rahbar)  shaxsning  talabi  bilan  yoziladi,  chunki  u  keyinchalik  xodim 

haqida  muayyan  qarorga  kelish,  unga  nisbatan  tegishli  intizomiy  jazo 

chorasi qo’llash yoki dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa  qo‘llamaslik uchun asos  

vazifasini o‘tashi mumkin. 

Umuman, tushuntirish xati  quyidagi zaruriy qismlardan iborat bo‘ladi: 

Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to‘liq nomi.  

Hujjatni  tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi. 

Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati). 

Hujjat matni (mazmuni).  

Imzo. 


Sana (hujjat yozilgan vaqt). 

Tashqi, xizmat yuzasid an korxona yoki muassasa nomidan yoziladigan 

tushuntirish  xatlari  xos  ish  qog‘ozida  rasmiylashtiriladi,  tabiiyki, 

muassasaning to‘liq nomi ushbu ish qog‘ozida aks etadi. Ichki tushuntirish 

xatlarida  esa  rahbarning  yoki  xodimning  to‘liq  nomi  deganda,  u 

ishlaydigan (o‘ qiydigan) bo‘linmaning nomi, shaxsning lavozimi, ismi, ota 

ismining bosh harflari va familiyasi nazarda tutiladi.  

Zaruriy  qismlari  va  yozilish  shakli  jihatidan  tushuntirish xati arizadan 

deyarli  farq  qilmaydi,  tarkibiy  qismlarning  joylashishi  ham  bir xil. Faqat 

shaxsiy  tushuntirish  xatining  muallifi  arizadagiday  chiqish  kelishigida 

emas, balki qaratqich kelishigida rasmiylashtirilgan ma’qulroqdir.  

 

 



 

71 


IKKINCHI BOB YUZASIDAN XULOSA 

1.  Rasmiy  uslubga  xos  bo‘lgan  leksik-grammatik  xususiyatlarni 

ko‘zdan  kechirib  shunday  xulosaga  kelish  mumkinki,  mazkur  uslubda 

kitobiylik ottenkasi kuchli.  

2. Rasmiy uslubga xos bo‘lmagan xususiyatlar quyidagilar: subyektiv 

munosabat, stilistik jihatdan ma’no ottenkalari kuchsiz yoki kuchli bo‘lgan 

so‘zlar.  Ushbu  uslub  uchun  jargonlar,  oddiy  so‘zlashuvga  xos  so‘zlar, 

emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi meyor 

sanalmaydi  va  shu  jihati  bilan  boshqa  uslublardan  keskin  farq  qiladi. 

Ko‘chirma  gaplar  yoki  o‘zlashtirma  gaplar,  kiritma  gaplar,  modal 

ma’nodagi gaplar qo‘llanilmaydi. 

 3. Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi.  

Tasniflashda  garchi  mutlaqo  bir  xil guruhlashtirish mavjud bo‘lmasa -da, 

har 


qalay, 

bir 


qadar 

yagonalashgan 

guruhlashtirish 

bor. 


Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar, eng 

avvalo, yaratilish o‘rniga ko‘ra tasnif qilinadi, bu jihatdan ichki va tash qi 

hujjatlar farqlanadi.   

4. Ichki hujjatlar ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa 

ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot 

yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

72 


UMUMIY XULOSALAR 

1.  So‘zlashuv,  badiiy,  ilmiy  va  publitsistik  nutq  uslubi  bilan  rasmiy 

nutq  uslubi  o‘zbek  adabiy  tilining  amaldagi  faoliyat  va  muloqot  shakli 

hisoblanadi. 

2. 

Rasmiy  nutq  uslubi  o‘zbek  xalqining  davlatchilik  tarixi  bilan 

bog‘liqdir.  Qachon  davlat  tuzumi  shakllangan  va  yuzaga  kelgan  bo‘lsa, 

rasmiy  nutq uslubi ham o‘sha vaqtda shakllangan, yuzaga kelgan. Davlat 

mulkini  hisobga olish, mulkni davlat hisobchilariga tarqatib berish, masjid 

va  madrasalardagi  ta’lim  tizimini  ta’minlash,  harbiy  kishilarning 

ta’minotini bajarish, tartibu qonunni buzgan kishilarni jazolash kabi davlat 

ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  ishlar  rasmiy  nutqning  shakllanishi  va  yuzaga 

kelishi uchun asos hisoblangan.  

3. 

Sobiq sho‘rolar tuzumi hukmronligi davrida rasmiy nutq uslubining 

ko‘pgina namunalari rus tilida yozilishi an’anaga aylangan edi.  

4. 

Rasmiy  nutq  namunalari  quyidagilar  hisoblanadi:  ariza,  tilxat, 

tarjimayi  hol,  isho nchnoma,  tushuntirish  xati,  bildirishnoma,  bildirgi, 

dalolatnoma,  buyruq,  farmoyish, ko‘rsatma, e’lon, farmon, guvohnoma, 

qaydnoma, yo‘riqnoma, nizom, ustav, bayonnoma, ma’lumotnoma, mehnat 

daftarchasi,  yig‘ma  jild,  shaxsiy  varaqa,  tavsifnoma,  munosabat  be lgisi 

(rezolyutsiya),  tavsiyanoma,  taklifnoma,  telegramma,  telefonogramma, 

modem,  hisobot, kafolatnoma, shartnoma, bitim, turli grafiklar, adres va 

boshqalar. 

5.  Maktab  ta’limida  quyidagi  ish  qog‘ozlari  ta’lim  jarayonida 

o‘quvchining  bo‘sh  vaqtlarida  va  boshq a  tarbiyaviy  jarayonlarda 

o‘rgatilishi  lozim.  Har  bir  tayanch  ma’lumot  egasi  quyidagi  ish 

qog‘ozlarini  yozish,  tuzatish,  turli  shakllarda  yozishni  bilishi  zarur: 

Tarjimayi hol, ariza, e’lon, tushuntirish xati, ishonchnoma, ma’lumotnoma, 

taklifnoma, shaxsiy varaqa, tavsifnoma, tavsiyanoma, hisobot, qaydnoma, 

dalolatnoma, telegramma, bildirishnoma va boshqalar.  

6. 

Rasmiy  nutq  muloqotning  bir  turi  sifatida  har  bir  shaxsning  ish 



 

73 


faoliyati uchun zarur hisoblanadi.   

7. 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Davlat  tili  haqida”gi  qonuni 

(1989-yil  21-oktabr)  qabul  qilinganidan  keyin  rasmiy  nutq  uslubining 

mavqei  ortdi.  Har  biri  kishi  fuqaro  sifatida  o‘zining  kelgusi  faoliyatida 

zarur  bo‘ladigan  rasmiy  hujjatlarning  to‘g‘ri  yozilishini  bilishi  lozim, 

to‘g‘ri yozilganligini bilmog‘i zarur. 



8. 

O‘zbekiston  Respublikasining  mustaqilligi  yillarida  ish 

qog‘ozlarining rasmiy nutq oddiy namunalarining yozilish tartibi o‘zgardi. 

Rus  tiliga  xos  bo‘lgan  yozish  usullari  bekor  qilindi.  Lekin  bu  tartibga 

hamma  joyda  ham  amal  qilinayotgani  yo‘q.  Ta’lim  tizimida  rasmiy 

nutqning oddiy namunalari o‘quvchiga yoshlikdan o‘rgatilsa, u kelgusida 

davlatning  rasmiy,  ma’muriy  idoralarida  ishlaganda  qiynalmaydi.  Har 

qanday rasmiy nutq namunalarini erkin tarzda, sodda qilib, tushunarli qilib  

yozib beraveradi.  

9. 

Rasmiy  nutq  uslubi  namunalari  leksik,  grammatik  xususiyatlari 

bilan boshqa nutq uslublaridan farq qiladi.   

10. Rasmiy  uslub  namunalarida  so‘zlarni  ko‘chma  ma’noda  qo‘llash 

mumkin emas. Har qanday so‘z asosiy, izohli lug‘atlardagi bosh ma’nosida 

qo‘llanadi. So‘zlarning shevaga xos shakllari, kitobiy nusxalari, eskirgan 

namunalari  va  shunga  o‘xshash  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  so‘zlar 

ishlatilmaydi. 

11.  Rasmiy  nutq  namunalarida  iboralar,  tasviriy  ifodalar,  ko‘chma 

ma’noli  birikmalar,  frazemalar,  kinoya  va  qochiriqlar,  kesatiqlar, 

o‘xshatishlar ishlatilmaydi.  

12. So‘zshakllar – so‘zning grammatik shakllari, so‘zga qo‘shilgan turli 

xil  shakl  yasovchilar  faqat  adabiy  til  normasida  bo‘ladi.  Gaplarning 

kesimlari,  asosan,  fe’l  turkumiga  mansub  so‘zlar  bilan  izohlanadi.  Fe’l 

turkumiga tegishli so‘zlar I shaxs birligi va ko‘pligida, III shaxsning birligi 

va ko‘pligida beriladi, asosan, buyruq maylida bo‘ladi.  

 


 

74 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat  – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat,  

2008. 


2.  Karimov  I.A.  Bunyodkorlik  yo‘lida.  Tanlangan  asarlar.  4-jild.  –T.: 

O‘zbekiston, 1996. 



3.  Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik jamiyatini  rivojlantirish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti  I.Karimovning  2010  yil  12-noyabrda  Oliy  Majlis  qonunchilik 

palatasi  va  Senati  qo‘shma  yig‘ilishidagi  ma’ruzasi.  “Xalq  so‘zi”  gaz. 

2010-yil 14-noyabr. Toshkent. “O‘zbekiston” n. 2010.  –55 b. 

4.  Milliy  istiqlol  g‘oyasi:  asosiy  tushunchalar  va  tamoyillar.  Toshkent: 

“O‘zbekiston” nash. 2006. 

5.  Mahmudov  N.,  Madvaliyev  A.,  Mahkamov  N.,  Aminov  M.  O‘zbek 

tilida  ish  yuritish.  Toshkent,  O‘zbekiston  Milliy  ensiklopediyasi,  1990. 

224-bet. 

 6.  Ochilov  N.  Publitsistika.  O‘zbekiston  milliy  ensiklopediyasi,  7 -jild. 

Toshkent, 2004. 194–195-betlar. 

7. Tog‘ayev O. Publitsistika janrlari. Toshkent, 1976.  

8.Boboyeva A. Gazeta tili haqida. Toshkent, “Fan” nash. 1983.  

9.Yusupov  K.  O‘zbek  adabiy  tilining  leksik-semantik  va  stilistik 

xususiyatlari. Toshkent. “Fan” nash. 1986.  

10.Abdusaidov A. Gazeta janrlaraning til xususiyatlari. Toshkent. 2005.  

11.Abdusaidov A. Gazeta janrlarining tili va uslubi. Samarqand. 2001.  

12.Abdusaidov A. Gazeta tili va adabiy norma. Samarqand, SamDU nash. 

1986. 

13.Abdusaidov A. Matbuot tili madaniyati. Samarqand. 2002.  



14.“Ommaviy 

axborot 


vositalari 

to‘g‘risida” 

O‘zbekiston 

Respublikasining qonuni. 1997-yil 26-dekabr. 

15.“Axborot  erkinligi  prinsiplari  va kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston 


 

75 


Respublikasining qonuni. 2002-yil 12-dekabr. 

16.Shomaqsudov A. O‘zbek tili publitsistikasi. I qism. T oshkent, 1974. 

17.Qo‘ng‘urov R, Karimov S. O‘zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati.  

Bibliografik ko‘rsatkich. Samarqand, 1984.  

18.O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1–5-jildlar. Toshkent. 2006–2008. 

19.Karimov  S.  O‘zbek tili funksional stilistikasi. Samar qand. 2010, 190 

bet. 

20.O‘zbekiston 



milliy 

ensiklopediyasi. 

1–12-jildlar. 

Toshkent, 

“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2003–2006-

y. 


21.Mengliyev B va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2009. 

22.Hojiyev  A.  O‘zbek  tili  sinonimlarining  izohli  lug‘ati.  Toshkent, 

O‘qituvchi, 1995. 

23.Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. 

Toshkent, O‘qituvchi, 1995. 

24.  To’xliyev  N.  “Ish  yuritish”   T.  “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 

davlat ilmiy nashriyoti”. 2003. 

25. Bobojonov Sh. Milliy  lug’atchilik  masalalari.  Qarshi. 2004. 

26.  Bobojonov  Sh.,  Islomov  I.  O‘zbek  tilining  so‘zlar  darajalanishi  o‘quv 

lug‘ati.  O‘quv qo‘llanmasi. –T: Yangi  asr avlodi, 2007. 52 bet.  

 

27. 


www.ziyonet.uz

   


28. 

www.google.uz

  

29.  


www.kasu.uz

   


30. 

www.ref.uz



   

 

 



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling