O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti


  Oqsil  va  oqsil-energetik  taqchillikni  oldini  olish  bilan  bog‘liq


Download 215.54 Kb.
bet16/30
Sana04.11.2021
Hajmi215.54 Kb.
#170450
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
Qo’lyozma huquqida-fayllar.org

2.3.  Oqsil  va  oqsil-energetik  taqchillikni  oldini  olish  bilan  bog‘liq 

muammolar. 

Kishi  oqsil  yoki  oqsil  sintezi  uchun  zarur  aminokislotalarni  yetarli  miqdorda 

qabul  qilmasa,  organizmda  oqsil  taqchilligi  yuzaga  keladi.  Proteinlar 

yetishmovchiligi  qat’iy  vegetarianchilar,  noto‘g‘ri  ovqatlanib,  katta  yo‘qlamali 

jismoniy ish qiladiganlar uchun odatiy hol bo‘ladi. Organizmda oqsil yetishmasligi 

uning  barcha  a'zo  va  to‘qimalarida  kuzatiladigan  salbiy  oqibatlarga  olib  keladi. 

Organizm  oqsil  bilan  yetarli  darajada  ta’minlanmasa,  bolalarda  o‘sish  va 

rivojlanishni  sustlashishi,  kattalarda  ichki  sekretsiya  bezlari  faoliyati  buzilishi, 

jigardagi  salbiy  o‘zgarishlar,  gormonal  fondagi  o‘zgarishlar,  fermentlar  ishlab 

chiqilishining 

buzilishi 

va 

uning 

natijasida 

oziq 

moddalar, 



ko‘pgina 

mikroelementlar, organizm uchun zarur yog‘lar va vitaminlarni o‘zlashtirilishidagi 

bo’zilishlar  yuzaga  keladi.  Bundan  tashqari,  oqsil  taqchilligi  xotiraning 


45 


 

sustlashishi,  ish  qilish  qobiliyatining  pasayishi,  antitanalar  hosil  bo‘lishining 

kamayishidan  immunitetning  kuchsizlanishi  va  avitaminozga  olib  keladi.  Oqsilni 

kam  iste’mol qilinishi  yurak va  nafas olish tizimida salbiy o‘zgarishlar  va  muskul 

massasining kamayishiga olib keladi (20, 22). 

Oqsilga bo‘lgan bir sutkalik talab 1 kg tana massaga nisbatan ayollarda 1,3 g, 

erkaklarda  esa  1,5  g  ni  tashkil  qilishi  lozim.  Ma'lum  yuklamali  jismoniy  ish 

bajarish, jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanishda ovqat ratsionidagi oqsil 

miqdori  kishining  tana  massasiga  ko‘ra  har  bir  kilogrammiga  2,5  grammgacha 

oshirilishi  kerak.  Bunda  oqsillarning  organizm  tomonidan  o‘zlashtirilishini  ham 

e'tiborga  olgan  holda,  ratsionga  nisbatan  yengil  o‘zlashtiriladigan  oqsillarga  boy 

mahsulotlar  –  sut  va  sut  mahsulotlari,  tuxum,  go‘sht,  maxsus  tayyorlangan 

aminokislotali aralashmalar kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

 


Download 215.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling