O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


o’tkazuvchi, chiqish qismlari va quyi b‘ef elementlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

o’tkazuvchi, chiqish qismlari va quyi b‘ef elementlari bir-biridan 

farqlanadi.  

Yuqori  b‘efning  ustuvorligi  va  suv  ta‘siriga  (yuvilishga) 

chidamliligini  ta‘minlash  hamda  filtratsiya  yo’lini  uzaytirish  uchun 

inshootga kirishda ponur qabul qilinadi.  

Ponurning  qalinligini  konstruktiv  belgilash  mumkin.  Gruntli 

ponurda  bu  qalinlik  0,4...0,6  m  oraliqda  qabul  qilinadi.  Beton  va 

temirbetondan barpo etiladigan ponurlarning qalinligini 0,15...0,3 m 

chegarasida tayinlaydilar.  

Rostlovchi inshootlarning asosiy konstruktiv qismi – darvoza va 

suv  o’tqazuvchi  qismlardir.  Darvoza  qism  odatda  yassi,  sigmentli 

yoki  boshqa  turdagi  zatvorlar  bilan  ta‘minlanadi.  Suv  o’tqazuvchi 



qism  ochiq  va  diafragmali  rostlagichlarda  to’g’ri  burchakli  quti 

shaklida  loyihalanadi  va  bu  qism  odatda  temirbetondan  barpo 

etiladi. Kichik inshootlarda suv o’tqazuvchi qism quvurlardan tashkil 

topishi mumkin.  

Darvoza  zonasida  zatvorlar  yordamida  suv  oqimining  kinetik 

energiyasi  oshiriladi  va  natijada  darvozadan  keyin  joylashgan 




 

28 


ma‘lum  masofada  suv  oqimi  tezligining  oshishi  va  siqilib,  inshoot 

tubi  va  devorlariga  urilishi  sodir  bo’ladi.  Shu  sababli  darvozadan 

keyingi ma‘lum uzunlikdagi qism suv urilma deb ham nomlanadi.  

Inshootlarga kirish suv oqimining tekis oqib kirishini ta‘minlashi 

(uyurmalar hosil bo’lishiga yo’l qo’ymasligi) lozim. Darvozaga kirish 

qismi  sho’ng’uvchi  devorli,  teskari  devorli,  qiyshiq  qiyalikli  yoki 

boshqa konstruktiv shakllarda qabul qilinadi.  

Rostlovchi  inshootlarning  darvoza  va  suv  o’tqazuvchi  qism 

o’lchamlari  gidravlik  hisoblar  asosida  qabul  qilinadi.  Bunda  asosiy 

sarf  sifatida  ketuvchi  kanalning  normal  suv  sarfi  qabul  qilinadi. 

Jadallashgan  va  minimal  suv  sarflari  bo’yicha  inshootning  gidravlik 

rejimi tekshirib ko’riladi.  

Inshootlarning quyi b‘efi risberma (deformatsiyalanadigan yoki 

deformatsiyalanmaydigan) yoki suv urilma quduq (ko’pincha quvurli 

rostlagichlarda  qo’llaniladi)  bilan  mustahkamlanadi.  Risberma 

mahalliy toshlardan yoki betondan barpo etiladi. Suv urilma quduq 

ko’pincha betondan, ba‘zan temirbetondan quriladi.  

Suv o’tqazuvchi qism bilan quyi b‘efni tutashtirish sho’ng’uvchi 

devorli, teskari devorli yoki boshqa tipda bo’lshi mumkin.  

Yer  o’zanda  o’tadigan  kanallarda  quriladigan  inshootlarda 

shuningdek, xarsang toshli tishlar ham qo’llaniladi. Ular inshootning 

kirish va chiqish qismlarini suv ta‘siridagi yuvilishlardan himoyalaydi.  

Inshoot  konstruktiv  qismlarining  poydevori  flyubet  deyiladi. 

Flyutbet  qismlarining  qalinliklari  filtratsion  bosim  bo’yicha  hisob 

asosida  tanlanadi.  Ochiq  va  diafragmali  inshootlar  tarkibida 

shuningdek,  ko’prik  qism  ham  bo’lishi  mumkin.  Ko’prik  temirbeton 

plitalar bilan yopiladi. Ko’prik o’tish qismining kengligi odatda 5 yoki 

6 m miqdorida qabul qilinadi.  




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling