O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Dyukerlar haqida umumiy ma‘lumotlar


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

 

5.2. Dyukerlar haqida umumiy ma‘lumotlar 

 

Kanal  trassasini  boshqa  suv  o’zani  kesib  o’tgan  sharoitlarda 

akveduklar  bilan  bir  qatorda  dyukerlarni  ham  qo’llash  mumkin. 

Ma‘lumki  dyukerlardan  foydalanish  birmuncha  katta  harajatlarni 

talab etadi. Shu sababli, dyukerning bahosi akvedukdan ancha arzon 

bo’lgandagina ularni qo’llash tavsiya etiladi.  

Dyukerning  asosiy  konstruktiv  qismlariga  quvur  (suv 

o’tkazuvchi qism), inshootga kirish va undan chiqish qismlari kiradi. 

Materialiga  ko’ra,  quvurlar  temirbetondan,  po’latdan  yoki  boshqa 

materiallardan  tayyorlangan  bo’lishlari  mumkin.  Meliorativ  tizimlar 

inshootlarida ko’proq temirbetonli quvurlar ishlatiladi.  

Barpo  etilishiga  ko’ra  temirbetonli  quvurlar  monolit  (bevosita 

qurilish  joyida  tayyorlanadigan)  yoki  yig’ma  (zavodda  tayyorlanib, 

qurilish  joyida  yig’iladigan)  bo’ladi.  Tarmoqlanishiga  ko’ra  bir  ko’zli 

yoki ko’p ko’zli bo’lishi mumkin. Yig’ma quvurlar doira yoki kvadrat 

kesimli  shakllarda  tayyorlanadi.  Ular  dyukerlarda  bosimli  rejimlarda 

ishlaydilar.  Ko’p  ko’zli  quvurli  dyukerlarda  quvurlarning  shakli 

odatda  to’g’ri  burchakli  holda  qabul  qilinadi.  Dyuker  quvurlari 

ko’zlarining o’lchamlari gidravlik hisoblar asosida qabul qilinadi.  



 

31 


Suv  o’tqazish  qobiliyatiga  ko’ra  katta  va  kichik  dyukerlar  bir-

biridan  farqlanadi.  Katta  dyukerlar  kanalni  yirik  suv  o’zanlari  yoki 

yirik  o’lchamli  boshqa  turdagi  to’siqlar  kesib  o’tganda  qo’llaniladi. 

Ularda  quvurlar  ko’pincha  siniq  chiziqli  holatda  joylashadi. 

Dyukerlarning  suv  o’tkazish  qobiliyati  ulardagi  quvur  ko’zining 

o’lchamlarini  to’g’ri  tayinlash  orqali  ta‘minlanadi.  Quvur  ko’zining 

o’lchamlari maxsus gidravlik hisoblar asosida aniqlanadi. 

Nov  tarmoqlarida  odatda  kichik  dyukerlar  qo’llaniladi.  Ular 

kirish  va  chiqish  quduqlaridan  hamda  gorizontal  joylashadigan 

quvurlardan tashkil topadi (5.2-rasm). Kirish va chiqish quduqlari va 

dyukerning  suv  o’tkazuvchi  qismini  barpo  etishda  odatda  zavodda 

tayyorlangan yig’ma temirbeton mahsulotlardan foydalaniladi.   

 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling