8. NASOSLAR VA NASOS STANSIYALARI
8.1. Nasoslar va ularning ish xususiyatlari bo’yicha guruhlari
Suyuqliklarni haydash uchun xizmat qiladigan gidravlik
mashina nasos deb ataladi. Nasoslarda dvigatel yoki boshqa
qurilmaning mexanik energiyasi suyuqlikning gidravlik energiyasiga
aylantirilib beriladi. Nasoslar ish xususiyatlari bo’yicha dinamik va
hajmiy guruhlarga bo’linadi.
Dinamik nasoslarda suyuqlik nasosning kirish hamda chiqish
qismlari bilan doimiy bog’langan ish kamerasida hosil qilinadigan
kuchlar hisobiga harakatlanadi. Dinamik nasoslar kurakli va
ishqalanish hisobiga ishlaydigan turlarga bo’linadi.
Kurakli nasoslarda suyuqlik aylanadigan ishchi g’ildirak
kuraklari bilan o’zaro dinamik ta‘sirda bo’ladi va g’ildirakning
mexanik energiyasini o’ziga qabul qiladi.
Oqimning yo’nalishi bo’yicha ko’rakli nasoslar markazdan
Do'stlaringiz bilan baham: |