Tuproq ostidan sug’orishda suv tuproqning o’simlik ildizi
faoliyat ko’rsatadigan faol qatlamiga tuproq ichiga o’rnatiladigan
namlagichlar (masalan quvurlar) yordamida uzatiladi. Tuproqning
yuqori qatlamidagi nisbatan chuchuk sizot suvlarining sathini sun‘iy
usullar bilan ildiz qatlamigacha ko’tarish (subirrigatsiya) ham tuproq
ostidan sug’orish turlariga kiradi.
Tomchilatib sug’orish tuproq osti sug’orish usulining
turlaridan biri bo’lib, bunda suv quvurlar tarmog’idan maxsus
tomchilatkichlar yordamida tuproqning bevosita o’simlik ildizi
rivojlanadigan qatlamiga beriladi. Tomchilatib sug’orishda
o’simlikning butun rivojlanish davrida tuproq namligi eng maqbul
darajada ushlab turiladi. Shu sababli ushbu sug’orish usuli
qo’llanilganda hosildorlik 20-50 % ga oshadi. Bundan tashqari
ushbu usulni qo’llash suv sarfini 1,5 – 2 baravar tejash imkonini ham
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |