71
Yer, beton, temirbeton, pardozlash va h, hamda montaj ishlari
umumqurilish ishlari deb ataladi.
Texnologik, sanitar-texnik, elektrotexnik, gidrohimoyalash
ishlari va shunga o’xshashlar maxsus ishlar turkumiga mansubdir.
Inshoot va binolarni barpo etish bir - biri bilan o’zaro
bog’langan qurilish va montaj jarayonlarini amalga oshirish
natijasida yaratiladi.
Qurilish va montaj jarayonlari asosiy, yordamchi va transport
kabi turlarga bo’linadi.
Asosiy va yordamchi jarayonlar turli vaqtlarda, transport
jarayoni esa ko’pincha asosiy va yordamchi jarayonlar bilan bir
vaqtda olib boriladi.
Qurilish va montaj jarayonlari ketma - ket, parallel va uzluksiz
(potok) usullarda amalga oshiriladi.
Gidrotexnika qurilishining asosini yer va beton ishlari tashkil
etadi. Gidromeliorativ inshootlar qurilishi qiymatining 60-90% ini yer
ishlari tashkil etadi. Daryolarda quriladigan gidrotexnika inshootlari
va GES lar umumiy qiymatining 60-80% qismini beton va
temirbeton ishlari tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: