yoki mumkin emasligi haqida tibbiy xulosa berish;
4. Sport bilan shug`ullanuvchilarning mashq hajmini (yukla-
masini) belgilash bo`yicha jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trenerga
maslahat berish;
5. Musobaqa oldidan sportchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish
va musobaqaga qatnashish uchun xulosa berish;
6. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlari, trenirovka va musobaqa
o`tkaziladigan sport inshoatlarini sanitariya-gigiyena nazoratidan
o`tkazish;
7. Sport musobaqasi davrida sportchilarning ovqatlanishi, kun
tartibi, mashg`ulot o`tkaziladigan va turar joylarini sanitariya-
gigiyena nazoratidan o`tkazish.
8. Kasallangan, shikastlangan sportchilarga birinchi tibbiy
yordam ko`rsatadi, zarur bo`lsa shifoxonaga yuborishni hal qiladi.
9. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchi, kasalligi
yoki shikastlanishi sababli davolanishdan qaytgach, uning sog`liq
va chiniqqanlik holatini e`tiborga olgan holda, jismoniy mashg`ulot
yoki sport trenirovkasiga qatnashishiga ruxsat etadi va mashq
hajmini belgilash bo`yicha o`qituvchi - trenerga maslahat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: