O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Uchinchi  guruh-asstenik  tana  tuzilishi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Uchinchi  guruh-asstenik  tana  tuzilishi  –  bo`yi  uzun,  qo`l 

va oyoqlari uzun, tana ingichka, ko`krak va yelka kamari ingichka.  

Bunday  bolalar  uchun  sport  o`yinlarining  voleybol,  basketbol, 

tennis turlari bilan shug`ullanish tavsiya etilishi maqsadga muvofiq-

dir. 

47 


70 


  

O`qituvchi  (trener)  ning  bilimi  va  tajribasi  yuqori  darajada 

bo`lsa,    u  mashg`ulotning  4  ta  qismida  ham  mashqlarning  hajmini 

to`g`ri  rejalashtiradi,  ya`ni mashg`ulotning  1-2-3-qismlarida  mashq 

hajmi asta-sekin ko`paytirib boriladi, 4-nchi qismida kamaytiriladi. 

Shunga ko`ra, tomir urishining soni mashg`ulotning 1-2-nchi qism-

larida asta-sekin tezlashib boradi va mashg`ulotning 3-nchi qismida 

cho`qqisiga chiqadi. 

Mashg`ulotning yakunlovchi 4-nchi qismida esa mashq hajmi 

va tezligi kamaytiriladi, shuning uchun tomir urishi soni kamayadi, 

ya`ni u mashg`ulotning 2-nchi qismidagiga tenglashadi. 

 Mashqning  hajmi  va  tezligi  to`g`ri  rejalashtirilgan  bo`lsa, 

tomir  urishining  soni,  mashg`ulotning  1-2-nchi  qismida  asta-sekin 

tezlashib,  3-nchi  qismida  cho`qqisiga  chiqib,  tinch  holatdagiga 

nisbatan 2 baravar va undan ko`p (120-140 martagacha) tezlashishi 

kerak.  Agar  mashg`ulotning  asosiy,  ya`ni  3-nchi  qismida  tomir 

urishi  tinch  holatidagiga  nisbatan  bor-yo`g`i  40-60  foizgina  (ya`ni 

100-120  martagacha)  tezlashsa,  dars  (mashq)  ning  3-nchi,  ya`ni 

asosiy  qismida,    mashg`ulot  hajmi  va  tezligi  kam  rejalashtirilgan 

hisoblanadi. Bunday mashg`ulot shug`ullanuvchini chiniqtirmaydi. 

Yoki  mashg`ulotning  2-3-qismida  tomir  urishi  soni  bir  xil 

bo`lib,  uning  tezlashuvi  normaga  nisbatan  50  foizdan  ortmasa, 

bunda ham mashg`ulot hajmi kam hisoblanadi. Mashg`ulot uslubiy 

jihatdan noto`g`ri o`tkazilgan hisoblanadi.  

Yoki aksincha, mashg`ulotning 2-3-nchi qismida tomir urishi 

soni  bir  xil  bo`lib,  u  normaga  nisbatan  2-2,5  baravar  tezlashsa, 

shug`ullanuvchi  mashg`ulotning  2-3-nchi  qismida  bir  xil  katta 

hajmda mashq bajarib, charchab qoladi. Buning natijasida mashg`u-

lotning  4-nchi  qismida  ham  tomir  urishi  3-nchi  qismdagidek 

tezlashgan bo`ladi, ya`ni sekinlashmaydi. 

Chunki,  mashg`ulotning  2-3-nchi  qismlarida  bir  xil  katta 

mashq  bajargani  uchun  yurakka  katta  yuk  tushib,  tomir  urishi  soni 

2-2,5  baravar  tezlashadi,  yurak  zo`riqadi.  Natijada  mashqning  4-

nchi  qismida  garchi  mashq  hajmi  kamaygan  bo`lsada,  yurak 

funksiyasi  tiklanib  ulgurmaydi  va  tomir  urishi  tezlashganicha  

qoladi. Demak, mashq o`tkazish uslubi noto`g`ri deb baholanadi. 




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling