O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Tibbiy yordam. Sportchi shifoxonaning gemotologiya bo`li-

miga yuboriladi. 



O`tkir zo`riqishning oldini olish. 

1.  Sport  trenirovkasi  mashqlariga  va  musobaqalarga  faqat 

sog`lom sportchilar qatnashishi kerak. 

2.  Trenirovka  mashqida  va  musobaqada  sportchi  o`z 

organizmining  funksional  holatini  hisobga  olgan  holda,  harakat 

yuklamasini bajarishi kerak. 

3. Sportchi jismoniy tarbiya gigiyenasi talablari va qoidalari-

ga  rioya  qilishi  lozim:  kun  tartibi,  uyqu  va  dam  olish,  to`g`ri 

ovqatlanish,  maxsus  reja  asosida  mashq  bajarish,  organizmning 

funksional  holatidan  ortiq  yuklamani  bajarmaslik  kabi  qoida  va 

talablarga rioya qilishi lozim. 

4.  Gripp,  angina,  me`da  -  ichak  va  boshqa  kasalliklar  bilan 

xastalangan  sportchi,  to`liq  tuzalgandan  keyingina,  trenirovka  va 

musobaqaga qatnashishi mumkin. 

5. Sportchi muntazam ravishda tibbiy nazoratdan o`tib turishi 

zarur. Unda yashirin kechayotgan biror surunkali kasallik aniqlansa, 

davolanib  tuzalgandan  keyingina  trenirovka  va  musobaqaga  qatna-

shishi mumkin. 

6.  Har  bir  musobaqadan  keyin  sportchi  yetarli  dam  olishi, 

kuch-quvvatini tiklashga qaratilgan tadbirlarni to`liq bajarishi kerak. 

7.  Miya  insulti,  o`tkir  yurak  yetishmovchiligi,  yurak  musku-

liga qon quyilishi, miokard infarkti kabi og`ir kasalliklardan keyin, 

sport  bilan  shug`ullanish  to`xtatiladi.  Buning  oldini  olish  trener  va 

sportchining doimiy e`tiborida bo`lishi shart. 

8. Sportchining sog`lig`i trener tomonidan muntazam nazorat 

qilinishi  lozim.  Trener  sportchida  biror  kasallik  belgilarini  sezishi 

bilanoq, uni shifokorga yuborishi yoki o`zi olib borishi kerak. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling