O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti
O`zbekiston Respublikasi Hukumatining inson sog`lig`i
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
sport tibbiyoti
O`zbekiston Respublikasi Hukumatining inson sog`lig`i,
jumladan, yosh avlod sog`lig`i haqida g`amxo`rligi O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi sharofati bilan xalq sog`lig`i, birinchi navbatda ona va bola hamda yoshlar sog`lig`ini muhofaza qilishga e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deyilgan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil, 15-fevraldagi 46-sonli qaroriga muvofiq «Sog`lom avlod» Davlat dasturi tasdiqlandi. U 2000-yildan boshlab ko`p yillar davom etadi- gan tadbirlarni o`z ichiga oladi. Uning mazmuni mamlakatimiz aholisi, ayniqsa bolalar, o`smirlar va tug`ish yoshidagi ayollar sog`lig`ini muhofaza qilish, ularda sog`lom turmush tarzini shakl- lantirish, shuningdek, tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini yanada yaxshilash va muntazam ravishda takomillashtirishdan iboratdir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-fevraldagi «Ona va bola» Davlat dasturi to`g`risidagi qarori «Sog`lom avlod» Davlat dasturining mantiqiy davomi hisoblanadi. Ushbu dasturda ona va bola sog`lig`ini mustahkamlash, sog`lom oilani shakllantirish, sog`lom bola tug`ilishi, bolani jismoniy va ma`naviy rivojlantirishda oilaning mas`uliyatini oshirishga asosiy e`tibor qaratilgan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil, 25-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan «Sihat–salomatlik yili» Davlat dasturida quyidagi maqsadli vazifalarni amalga oshirish; – odamlarda bebaho boylik bo`lgan o`z sog`lig`ini saqlashga mas`uliyatli munosabatda bo`lish; Massaj ta`sirida zahira kapillyarlar ishga tushib, organizmda qonning qaytadan taqsimlanishi, yurak ishining yaxshilanishi kuzatiladi. Bu o`z navbatida tana haroratini oshiradi, to`qimalar qizib mayinlashadi, fizik va kimyoviy holatlar o`zgaradi, Natijada har xil shikastlanish, jarohatlanishlarning oldi olinadi. Sog`lom odamlarning qon bosimi massaj ta`sirida deyarli o`zgarmaydi, qon bosimi oshgan kishilarda esa massajning reflektor ta`siri tufayli kapillyarlar kengayib, muskullar bo`shashadi va qon bosimi pasayadi. Kuchli va shiddatli massaj usullari yurak urishini tezlashtira- di, tinchlantiruvchi (silash, tebratish, silkitish) usullar yurak urishini pasaytiradi, venoz qon oqimi tezlashib, yurak muskullarining ishi yengillashadi. Massaj harakatlari limfa oqimi tomon yo`naltiriladi. Bu esa a`zolar va to`qimalardagi limfa oqimining yurakka tomon harakat- lanishini kuchaytiradi va limfa suyuqligii limfa tomirlaridan limfa tugunlariga quyiladi. Limfa tugunlari qon hosil qilish bilan bir vaqtda kasallik qo`zg`atuvchi mikroblar, ularning toksinlari, umuman, zaharli moddalar uchun to`siq vazifasini bajaradi. Limfa tugunchalari immuno-biologik jarayonlarni va limfa harakatini tartibga solib turadi. Limfa tugunlari massaj qilinmaydi. Massaj ta`sirida qon va limfa oqimi tezlashgani sababli, a`zolar kislorod, oziq moddalar bilan ta`minlanishini faollashtiradi hamda hujayradagi parchalanish reaksiyalarining oxirgi mahsulot- arini organizmdan chiqishini tezlashtiradi. Qon va limfa oqimining tezlashishi bo`g`imlarda, qorin va boshqa bo`shliqlarda ularning dimlanishini kamaytiradi. Massaj mahalliy limfa oqimiga ta`sir etish bilan bir qatorda limfa tizimiga reflektor yo`l bilan ta`sir etadi, bu holda limfa tomir- larining tonusi, harakati yaxshilanadi. Massaj qilishda massajchi qo`lining harakat yo`nalishi limfa oqimi bo`ylab eng yaqin joylash- gan limfa tuguni tomonga qaratilishi lozim. Qoida bo`yicha limfa tuguni joylashgan qismlar massaj qilinmaydi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling