Asosiy qism
Tog‘ jinslari haqida umumiy ma’lumotlar
Tog‘ jinslarining tasnifi hosil bo‘lish sharoitlariga asoslangan. Ushbu
tasnifga muvofiq tog‘ jinslarining quyidagi turlari ajratiladi:
- magmaning sovishida hosil bo‘luvchi - magmatik;
- magmatik va metamorfik jinslarning mexanik nurashi va eritmalardan
moddalarning cho‘kishi natijasida hosil bo‘luvchi - cho‘kindi;
- cho‘kindi va magmatik jinslarning uzoq vaqt davomida yuqori bosim,
harorat va minerallashgan suv ta’sirida kechgan tabiiy-kimyoviy jarayonlar tufayli
hosil bo‘luvchi – metamorfik.
Do'stlaringiz bilan baham: |