15
Kimyoviy ohaktoshlar mikrozarrali va pelitomorfli, oolitli va psevdooolitli
turlardan iborat. Pelitomorf ohaktoshlar diametri > 0,005 mm bo‘lgan kalsit
zarralaridan tashkil topgan bo‘ladi. Pelitomorf ohaktoshlarning mikroskopik
namunalari zich, chig‘anoqsimon sinishli, oqishdan qoramtirgacha o‘zgaruvchi
rangda bo‘ladi.
Dolomitlar. Dolomitlar dolomit mineralidan tashkil topgan bo‘ladi. Ularda
odatda kalsit, ba’zan pirit, xalsedon, kvars va organik qo‘shimchalar kuzatiladi.
Ba’zi dolomitlarda angidrit, gips, qo‘rg‘oshin va rux sulfidlarining kristallari
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: