Magmatik jinslarning kimyoviy tarkibi. Magmatik jinslarda u-yoki bu
miqdorda uchraydigan elementlarning ro‘yxati ancha uzun, amalda ularda barcha
kimyoviy elementlar uchraydi. Ularning orasida eng keng tarqalgani kislorod
bo‘lib, u magmatik jinslar tarkibining deyarli yarmisini tashkil etadi. Tog‘
jinslarining kimyoviy tarkibi SiO2, Al2O3, Fe2O3, FeO, MgO, SaO, Na20 va K20
oksidlari yordamida ifodalanadi.
Magmatik jinslar kimyoviy va mineral tarkibi bo‘yicha turli-tuman, ammo
ularning barchasida kislorod va kremniy mavjud bo‘ladi.
Magmatik tog‘ jinslarining tasnifi ularning kimyoviy tarkibini o‘rganishga
asoslangan. Magmatik jinslar SiO2 miqdori bo‘yicha o‘taasosli, asosli, o‘rta va
nordon turlarga bo‘linadi. O‘taasosli jinslarda kremnezyom SiO2 miqdori <44%
bo‘ladi. Asosli jinslarda bu ko‘rsatkich SiO2 = 44-53% ni, o‘rta jinslarda SiO2 =
53-64% ni, nordon jinslarda SiO2 = >64% ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |