Ma'lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyat turi o'yin hisoblanadi. Bu davrda bola shaxsidagi asosiy psixologik o'zgarishlar aynan o'yin faoliyati yordamida sodir bo'ladi. - Ma'lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyat turi o'yin hisoblanadi. Bu davrda bola shaxsidagi asosiy psixologik o'zgarishlar aynan o'yin faoliyati yordamida sodir bo'ladi.
- Psixologiya va pedagogikada ular quyidagi sifatlarda talqin etiladi.
- Shaxsning atrof-muhitga munosabati.
- Bolaning sub'yektiv faoliyati sifatida o'zgaradigan va avj oladigan alohida faoliyati.
- Bolaga ijtimoiy berilgan va u tomonidan o'zlashtirilgan faoliyat turi.
- O'zlashtirishning alohida mazmuni.
- Bola ruhiyatining rivojlanishida ro'y beradigan faoliyat turi.
- Butun bolalar hayoti va “Bolalar jamoasi”ni tashkil etishning alohida ijtimoiy-pedagogik shakli.
- Garchand ta'limiy o'yin texnologiyasini ishlab chiqish ancha mehnat talab qilsa-da, lekin ular bir qancha afzalliklarga ega:
- birinchidan, ta'limiy o'yinlarning maqsad va vazifalari maksimal darajada sodda va qulay holda ishlab chiqiladi va tashkil etiladi;
- ikkinchidan, bir marta tayyorlangan yaxshi namunaviy ta'limiy o'yin texnologiyasidan bir necha yillar davomida samarali foydalanish mumkin;
- uchinchidan, tarbiya berishning ta'limiy o'yin metodlaridan foydalanish tarbiyalanuvchi bilimlarni mustaqil o'zlashtirishda juda qo'l keladi;
- to'rtinchidan, turli vaziyatlarda mas'uliyatli qaror qabul qilish ko'nikmasini oshiradi;
- beshinchidan, ta'limiy o'yinlarda tadqoqotchilik qobiliyatini namoyish qilish imkonini beradi;
- oltinchidan, ta'limiy o'yinlar natijasida guruh a'zolarida birgalikda fikrlash qobiliyati rivojlanadi;
- yettinchidan, ta'limiy o'yinlar orqali boshqaruvning yangi shakl va qoidalari, tuzilmasi, me'yori va metodikasi sinovdan o'tkaziladi va hamda ularni o'zlashtirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |