O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Mavzu: Injektor forsunkasini tozalashni organish
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat korsatishni meyorlashtirish
Mavzu: Injektor forsunkasini tozalashni organish Ishdan maqsad. Injektor forsunkasini tozalashni organish. Ishning nazariy qismi: Forsunka dvigatel silindrini kiritish klapani tomoniga yonilg‘ini tozalash va changlatish uchun mo‘ljallangan. Forsunka ta’sir etuvchi elektromagnit ta’sirida harakatga keluvchi yonilg‘i chiqish teshigiga presslanib turuvchi gidravlik klapanga ega. Forsunkaning konstruktiv sxemasi ignasimon klapan va butun korpus bo‘ylab joylashgan elektromagnitdan iborat. G‘altak elektromagniti ishlamayotgan holda klapan prujinkalari bilan itarib klapan egariga jipslashgan bo‘ladi. G‘altakning uchlari korpus bilan elektr bog‘lanish bo‘lmasligi uchun izolyatsiyalangan holda tashqariga chiqarilgan yonilg‘i, yonilg‘i ramasidan kirish shtupseri orqali forsunka korpusi ichiga qo‘shimcha ko‘k filtr orqali kirib boradi. Forsunkani himoyalovchi qismi changlatuvchi va klapan teshiklari ifloslanishidan saqlaydi. Changlatishning tozalash qismi eni 0,075mmli halqasimon teshik ko‘rinishida bo‘ladi. Forsunkaning elektr iste’moli asosiy rele orqali tashqi tarmoqdan olinadi. Forsunkani ishga tushirish, boshqaruv blogining kuch kanali orqali chulg‘amni massaga qisqa tutashuv qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Magistraldagi doimiy bosim ostidagi yonilg‘i va elektromagnit iste’mol qilayotgan kuchlanish va dozalanuvchi yonilg‘i hamji, forsunkaning ulanishini boshqarayotgan impuls davomiyligiga proporsional. Purkash davomiyligi dvigatel ishga tushishiga 100 millisekunddan, salt yurish rejimida bir necha millisekundgacha cho‘ziladi. Salt yurish rejimida boshqaruv blogi forsunkani o‘chirib qo‘yadi, dvigatelga yonilg‘i uzatishni to‘xtatadi. Bu esa o‘z navbatida ko‘pincha yonilg‘i iqtisodini ta’minlaydi. 1. Konstruksiyaga binoan elektromexanizm quyidagi elementlardan tashkil topgan. 2. Elektromagnit chulg‘am va korpusining ostidagi ignasimon klapanini o‘z ichiga oluvchi, kiritish va chiqarish shtupseri mavjud bo‘lgan korpus. 3. Shtupserlar oxirida zichlantiruvchi rezinkali xalqa. 4. Ulanish uchun ikki kontektiv vilka korpusiga presslangan. Forsunka parametrlari
Statik ishlab chiqarish 2,576 g/s
Chulg‘amning aktiv qarshiligi 161 om
100 Gst chastotada chulg‘am induktivligi 12q/-2mGst
Elektr iste’mol kuchlanish 6-18 V
Klapanning harakat yo‘li 0,16mm
Klapanning ish vaqti 1,5m/s
Klapanning qo‘yib yuborish vaqti 13 m/s |
ma'muriyatiga murojaat qiling