O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 413.17 Kb.
Pdf просмотр
bet1/5
Sana26.09.2019
Hajmi413.17 Kb.
  1   2   3   4   5

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

 OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

QARSHI  DAVLAT  UNIVERSITETI 

 

PEDAGOGIKA - PSIXOLOGIYA FAKULTETI 

O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI  METODIKASI KAFEDRASI 

 

5141600-“Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” yo’nalishi 

 4-kurs 403 – guruh talabasi 

 

BEGIMOVA QIZLARXONning  

 

“Ona  tili darslarida nutq o’stirish va noan’anaviy dars o’tish 

tamoyillari” mavzusidagi bakalavr  

darajasini olish uchun yozilgan 

 

 

BITIRUV  MALAKAVIY  ISHI  

 

 

 

Ilmiy rahbar:   

 

 

dots. Sh.Bobojonov 

 

 

 

“Himoyaga tavsiya etilsin”  

Pedagogika – psixologiya fakulteti 

dekani __________ dots. T.Rasulov.  

“_____” _____________ 2012 – yil  

 

 

 

 

Qarshi -2012 yil 

M U N D A R I J A  

 

 

Kirish ……………………………………………………………………….3  



 

B I R I N C H I   B O B  

I. Ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari  

I.1. Ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari haqida ………. 

I.2. Olmosh  so’z turkumini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish ……  

I.3.  Yordamchi so’zlarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish….   

I.4.  So’zlarning aloqa – munosabat shakllarini o’rgatish jarayonida nutq   

      o’stirish………….  

Birinchi bob yuzasidan xulosa………………………….  

 

I K K I N C H I    B O B  



II.Fe’l so’z turkumini va so’z - gaplarni  o’rgatishda nutq o’stirish 

va interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo’llash 

II.1.  Fe’l mayllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish……… 

II.2.  Zamon shakllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish ……. 

II.3.   So’z gaplarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish………… 

II.4. O’quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik  

        texnologiyalarni qo’llash 

Ikkinchi bob yuzasidan xulosa………………………… 

Umumiy xulosalar …………………………………… 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati ……………………………… 

 

 

 

 

 


K I R I S H 

 

Kirish (Ishning umumiy tavsifnomasi) Mavzuning dolzarbligi.  

“Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida 

ko’rsatilganidek  yosh  avlodni  jismonan  sog’lom,  ma’naviy  yetuk,  yuksak 

ma’naviyatli barkamol avlod etib tarbiyalashda barcha ta’lim sohalari  kabi ona 

tili  va  boshlang’ich  ta’limning  ham  muhim  ahamiyati  bor.  Chunki 

o’quvchilarning  ma’naviy kamol topishi ana shu davrdan e’tiboran shakllanadi. 

Shunday  ekan,  o’quvchilar  tafakkurini  shakllantirishda  ta’lim  va  tarbiyaning 

o’rni 


muhimdir. 

Zero, 


Prezidentimiz 

I.A.Karimov 

ta’kidlaganidek: 

“Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim omil  – 

bu ta’lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqdir.  

Ma’lumki,  ota-bobolarimiz  qadimdan  bebaho  boylik  bo’lmish  ilmu-

ma’rifat, ta’lim va tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti 

va    garovi  deb  bilgan”

1

  -  deganida  ham  ta’lim  va  tarbiyaning  inson 



ma’naviyatidagi  o’rniga  to’xtalgan  desak  mubolag’a  bo’lmaydi.  Ayniqsa, 

umumta’lim maktablari o’quvchilarining ma’naviyat kamolotini o’stirish, ularni 

mustaqil  fikrlashga  o’rgatishda,  nutq  o’stirish  va  noannanaviy  dars  o’tishning 

o’rni  beqiyosdir.  Badiiy  asarlarni,  she’riyatni,  hikoya,  roman  va  maqolalarni 

hamda  matnlardagi  so’zlarni  tahlil  qilish,  shu  asosda  matndagi  so’zlarning  o’z 

o’rnida  qo’llanishini  aniqlash  va  belgilab  borish  o’qituvchidan  katta  bilim  va 

salohiyatni    talab  etadi.  Ishni  tahlil  qilish  jarayonida  biz  darsliklardagi,    badiiy 

asarlardagi,  gazeta  va  jurnallardagi  hamda  she’riyatdagi  matnlarni  tahlil  qilib, 

ularga  ma’no  va  mazmun  bag’ishlagan  narsa  so’zlar  ekanligini  ko’rsatishga 

harakat  qildik.  Biz  ko’pgina  misollarda  so’zlardan  va  interfaol  uslublar  va 

pedagogik  texnologiyalardan    foydalanishni  ham  nazariy  ham  amaliy  jihatdan 

yoritdik. Chunki har bir inson, ayniqsa, talaba va o’quvchilar shaxsning ismini, 

predmetning  nomini  (ot  so’z  turkumi  orqali),  rangini  va  sifatini  (sifat  so’z 

turkumi),  sonini  va  sanog’ini  (son  so’z  turkumi  orqali),  harakarini  va  holatini 

                                                

1

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat 60- bet.  



(fe’l  so’z  turkumi  orqali)  aniqlaydi.  Shuningdek,  gapda  ravish,  olmosh  hamda 

yordamchi  so’z  turkumlarining  o’z  va  muhim  o’rni  bor.  Bular  esa  nutq 

o’stirishda bevosita ishtirok etadi. Bu esa ishimizning dolzarbligini belgilaydi.  

Ishning  maqsad  va  vazifalari.  Leksikologiya  so’zlarni  o’rganuvchi 

alohida bo’limdir. So’zlar va ularning ma’nolari imlo va izohli lo’g’atlarda aks 

etadi.  So’zlarni  yaxshi  bilgan  o’quvchi  o’z  nutqida  undan  keng  va  samarali 

foydalanadi.  Morfologiya  so’zlarning  grammatik  ma’nolarini  ifodalovchi 

grammatik  shakllarni  o’rganuvchi  bo’limdir.  Morfologiya  atamasi  grekcha 

morfe  (shakl)  va  logos  (so’z,  fan)  so’zlaridan  paydo  bo’lgan.  Hozirgi  o’zbek 

adabiy tilini  mustaqil  va yordamchi so’z turkumlarisiz tasavvur qilish mumkin 

emas: so’z turkumlari  milliy tilning tarkibi va uzviy qismi hisoblanadi. Ot so’z 

turkumi  narsa-buyum,  shaxslarni  yoki  joy  nomlarini  bildiradigan  so’zlardan 

iborat bo’lsa, sifat so’z turkumi predmetning belgisini bildiradi. Sonning nomini, 

narsa-buyumning  son-sanog’ini,  tartibini  son  so’z  turkumi  bildirsa,  gap  ichida 

ot,  sifat,  son,  ravish,  ba’zan  so’z  birikmasi  gap  o’rnida  qo’llana  oladigan,  aniq 

lug’aviy ma’noga ega bo’lmagan so’zlar olmosh orqali ifodalansa, predmetning 

harakatini fe’l orqali bilib olinsa, ish-harakat va holatning belgisini ravish orqali 

aniqlanadi. Shuningdek, gaplarni, badiiy asarni hamda she’rlarni yordamchi so’z 

turkumlari:  ko’makchi,  bog’lovchi  va  yuklamasiz  tasavvur  etib  bo’lmaydi. 

Ishimizda  olmosh  so’z  turkumi  yordamchi  so’zlar,  fe’l  so’z  turkumi  va  so’z 

gaplarni  o’rganish  jarayonida  o’quvchilar  nutqini  o’stirishga  alohida  e’tibor 

qaratdik.  Matnlarni  izohlab, so’zlarning o’z o’rnida ishlatilishini  o’quvchilarga 

tushuntirish,  tahlil  qilish  va  shu  asosida  o’quvchilarni  fikrlash  qobiliyatini  va 

nutqini  o’stirish  ishimizning  bosh  maqsadini  belgilaydi.  Ishning  maqsadidan 

kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgiladik:  

              -    ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari haqida;  

              -    olmosh  so’z turkumini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish; 

              -    yordamchi so’zlarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish;   

              -   so’zlarning aloqa – munosabat shakllarini o’rgatish jarayonida nutq   

                   o’stirish;  


           -   fe’l mayllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish; 

          -    zamon shakllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish; 

          -    so’z gaplarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish; 

-  mustaqil va yordamchi so’z turkumlari haqida tushuncha berish; 

-  so’z turkumlarida so’z yasalishi haqida tushuncha berish; 

-  so’z turkumlarining asar matni tahlilidagi o’rnini izohlash; 

-  matn  tarkibida  va  gapdagi  so’z  turkumlarini  tahlil  qilish  orqali 

o’quvchilarning  so’z  qo’llash,  so’zdan  o’rnli  foydalanish  ya’ni  nutq 

o’stirish malakalarini shakllantirish asoslarini ko’rsatish;  

-  o’quvchilarda badiiy asar va she’riyatga bo’lgan qiziqishni hamda so’z 

turkumlarini  bir-biridan  farqlashni kuchaytirish  va  ulardan o’z o’rnida 

foydalanishni o’rgatish kabi xususiyatlarni ochib berish  



 

Mavzuning  o’rganilish  darajasi va ilmiy yangiligi. So’zlar  va ularning 

ishlatilishi  yuzasidan  olib  borilgan  tadqiqot  ishlarida  turli  -  tuman  fikr 

mulohazalar  bayon  etilgan.  O’zbek  tilida  so’zlarning  nutq  o’stirish  jarayonida 

ishlatilishi  va  qo’llanishi  borasida  tadqiqot  ishlari  qilingan  bo’lsada,  biz  uni 

yanada  chuqurroq  tadqiq  etishga  harakat  qildik.  Shu  boisdan  ham  biz  ushbu 

mavzuni  tanladik  va  bilimimiz  doirasida  uni  tahlil  qilishga  harakat  qildik. 

Mavzuni  tahlil  qilish  jaryonida  Sh.Shoabduraxmonov,  G’.Abduraxmonov, 

U.Tursunov,  Sh.Rahmatullayev,  M.Asqarova,  A.G’ulomov,  H.Ne’matov, 

N.Mahmudov,  B.Mengliyev,  O.Bozorov,  M.Qurbonova,  G’.Sayfullayeva,    M. 

Abduraimova,  M.  A’lamova,  Sh.  Baqaxonova,  X.  Muxiddinova    kabi  tilshunos 

olimlarning ilmiy nazariy fikrlari va tadqiqotlariga tayandik.  

Badiiy  asar  matnlarida  gazeta  va  jurnaldagi  maqolalarda  va  she’riyatda 

so’zlarning  o’rinli  qo’llanilganligi,  ularning  asar  badiiyligini  shakllantirishdagi 

o’rni hamda o’quvchilarning so’z qo’llash va so’zdan foydalanish mahoratlarini 

va  nutq  o’stirish  qobiliyatini  oshirish  va  ko’rsatish  tahlil  qilish  ishning 

yangiligini belgilaydi.  



Mavzuning  metod  va  metodologik  asoslari.  Ishimizning  metodologik 

asoslarini  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  adabiyot,  falsafa,  tarix  va  ta’lim  –

tarbiyaning  yosh  avlod  taffakurini  shakllantirishdagi  ko’rsatmalari,  fikr 

mulohazalari 

belgilaydi. 

Shuningdek, 

yuqorida 

ko’rsatib 

o’tilgan 

olimlarimizning ilmiy nazariy qarashlari ham asos qilib olindi.  

Ishni tahlil qilish jaroyonida tarixiy – qiyosiy metoddan foydalandik.  

Ishning  amaliy  ahamiyati.  Badiiy  asarlar,  gazeta  va  jurnallardagi  maqolalar, 

ilmiy  maqolalar,  o’quv  adabiyotlari  va  qo’llanmalari  hamda  she’riyatda  barcha 

(so’z  turkumlari  ishtirok  etgan  va  aniq  misollar  bilan  ko’rsatilgan)  matnlar  

o’quvchilarning (kitobxonlarning) yosh pedagogik – psixologik xususiyatlaridan 

kelib  chiqqan  holda  tanlangan.  Matnning  tahlil  jarayoni  ham  bevosita  ana 

shunday  xususiyatlarni  nazarda  tutgan  holda  olib  boriladi.  Ishni  tahlil  qilish  va 

so’z  turkumlarini,  so’z  gaplarni    o’rganish  va  ulardan  foydalanishni  yanada 

yuqoriroq  darajaga  ko’tarish  jarayonida  biz  bir  qancha    badiiy    asarlar, 

maqolalar,  she’rlar  haqida  fikr  mulohazalar  bildirdik.  Bu  esa  o’quvchilarning 

nutq o’stirishini yanada yuqori pog’onada chiqarishga zamin yaratadi.  Shunday 

ekan,  ishdan  va  uning tahlil usullaridan  umumta’lim  maktablarining ona tili  va 

boshlang’ich  sinflari  o’quvchilari  o’qish,  yozuv  va  ona  tili  darslarida  mavzuni 

tahlil qilish jarayonlarida foydalanishi mumkin. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



B I R I N C H I   B O B 

I. Ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari 

I.1. Ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari haqida 

Maktab  o’quvchilarining  nutqini  o’stirishga  alohida  ahamiyat  berib 

kelinmoqda.  Ona  tili  darslarida  o’quvchilarning  og`zaki  va  yozma  nutqini 

o’stirishda  kichik-kichik  parchalarni  o’qish,  ifodali  o’qish,  maznunini 

o’zlashtirish,  hikoya qildirish va yozma ish turlari: diktant, bayon va inshodan 

foydalaniladi. 

 Maktablarda  o’quvchilarning  savodxonligini  aniqlash  uchun  tekshiruv 

diktant, tekshiruv bayon va tekshiruv insho, og’zaki va yozma nutqini o’stirish, 

tafakkurini rivojlantirish uchun dars jarayonida o’tkaziladigan har xil   mashqlar 

bilan birga, ta`limiy diktantlar, shuningdek,  maxsus darslar  – ta`limiy bayon  va 

ta`limiy insho darslari ham o’rkazilib kelinmoqda.  

“O’zbek  tili    nutq  madaniyatiga    oid    masalalar”  [20]  nomli  to’plam 

o’zbek  tili  nutq  madaniyatiga  bag`ishlangan  birinchi  respublika  tilshunoslik 

konferesiyasi  materiallarini  qamrab  oladi.  Konferensiya    1990-  yil  27-29  may 

kunlari  Toshkentda  O’zbekiston    fanlar  akademiyasida  bo’lib  o’tdi.  To’plamga 

konferensiyada  tinglangan  ma’ruzalar    va  so’zga  chiqqan  o’rtoqlarning  

materiallari kiritilgan. 

 1991-yilning 12-13-aprelida Samarqand shahrida “O’zbek tilini o’rganish 

va o’qitishni qayta qurish hamda takomillashtirishning dolzarb masalari”, 1993-

yilning  8-9-aprelida  Qarshi  sharida  “Ta`lim  bo’g`inlarida  ona  tili  o’qitish 

mazmunini  yangilash  asoslari”,  1995-yilning  7-8  aprelida  Jizzax  shahrida 

“Ta`lim  jarayonida  so’z  boyligini  oshirishning  asosiy  omillari”,  1997-yilning 

11-12-  aprelida  Toshkent  shahrida  “Ta`lim  jaroyonida  matn  ustida  ishlashning 

asosiy  omillari”ga  bag`ishlangan  o’zbek  tili  doimiy  anjumanining  to’rtinchi 

yig`ini  bo’lib,  unda  193  maruza  o’qilgan.  Bundan  tashqari  1999,  2001,  2003, 

2005,  2007,  2009,  2011  yillarda  ham  o’zbek  tili  doimiy  anjumani  yig’ilishlari 

bo’lib  o’tgan.  Ulardagi  mingdan  ortiq  ma’ruzalar  ona  tilimizni  rivojlantirishga 

bag’ishlangan.  



O’zbek  tili  doimiy  anjumaning  IV  yig`inida  o’qilgan  ma`ruzalar  haqida 

1998-yilda  nashr  etilgan.  “Ona  tili  darslarida  nutq  o’stirish”  [12]  nomli 

metodik  qo’llanmada  ma`lumot  berilgan.    1999-yilning  29-30-aprelida  Buxoro 

shahrida 



“Ta`lim  jarayonida  nutq  madaniyatini  takomillashtirish 

masalalari” ga bag’ishlangan o’zbek tili doimiy anjumanining B. Qosimova “5 

sinfda  sinov  dasturi  asosida  o’qiyotgan  o’quvchilar  nutqini  iboralar  bilan 

boyitish”,  A. G’ulomov “Ona tili  mashg’ulotlariga  o’quvchilarning  og’zaki 

nutqini  rivojlantirish  imkoniyatlari”,  Sh.  Shokirova,  D.  Boysunova  ona  tili 

“sinov  darsliklarida  nutq  o’stirish  tamoyillari”,  R.  Boborahmatova,  G. 

Matnazarova  “5-sinfda  “Fonetika”ni  o’rganishda  o’quvchilarning  og’zaki 

nutqi ustida ishlash”, S. Xo’jayeva “Ona tili darslarida xalq maqollari orqali 

o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish”,  Z. Matqulieva “Ona tilidan sinov 

darsliklari  asosida  ishlash  jarayonida  o’quvchilar  nutqini  rivojlantirish”, 

D.  Ortiqova  “Ona  tili  darslarida  o’quvchilar  nutqini  o’stirish  usullari”,  G. 

Xudoyberganova  “Ona  tili  darslarida  o’quvchilarning  og’zaki  nutqini 

o’stirish  usullari”,  X.  Qambarov,  D.  Shodmonova  “O’quvchilar  nutqidagi 

sheva va kasb- hunarga xos so’zlar ustida ishlash usullari”, D. Yo’ldosheva, 

M.  Baqoxo’jayeva  “O’quvchilar  nutqini  o’stirishda  talaffuzi  yaqin 



so’zlardan foydalanish”, X. Abdullayev “Ona tili darslarida o’quvchilarning 

og’zaki  nutqini  o’stirish  usullari’,  F.  Rahmatova  “Leksikalogiya  bo’limini 

o’rganishda  o’quvchilar  nutqi  ustida  ishlash  omillari”,  S.  Safarova 

“Fe’lning ma’noviy guruhlari” mavzusini o’rganishda o’quvchilar nutqi ustida 

ishlash,  A.  Sayfullayeva  “Ona  tili  darslarida  o’quvchilar  nutqini 



o’stirishning  metodik  asoslari”,  Sh.  Safarova  “Matn  –nutqni  rivojlantirish 

vositasi”,  Z.  Yunusova  “Ona  tili  darslarida  o’quvchilar  nutqini  o’stirish” 

mavzularida ma’ruza qilganlar.  

Maktab  o’quvchilarning  og’zaki  va  yozma  nutqini  o’stirish,  tafakkurini 

rivojlantirishga  bag’ishlanib  chop  etilgan  asarlar,  metodik  qo’llanmalar, 

broshyuralar, maqolalar va tezislarga qisqa to’xtalishni lozim topdik. 


“Memодика  изучения  местоимений  в  узбекской  школе”  [1q.  ad

nomli aftoreferat kirish, uch bob va xulosadan iborat bo’lib kirishda mavzuning 

dolzarbligi,  maqsad  va  vazifalari  bayon  qilinadi.  Birinchi  bobda  o’zbek 

maktablarida olmoshning o’qitilish ahvoli, dastur va darsliklar haqida ma’lumot 

berilib,  mavzuga doir  lingvistik  va  metodik adabiyotlarga   munosabat bildiradi. 

Ikkinchi bobda olmoshni o’rganish jarayonida o’quvchilar  nutqida  uchraydigan 

xatolar va ularni tuzatish yo’llari o’z ifodasini topgan. Uchinchi bobda maktabda 

“Olmosh”  mavzuni  o’rganish  metodlari bayon qilinadi,  ularning turlari har  xil 

usullar bilan mustahkamlanadi.  

 “Методика  изучения  служебных  слов  в  6  классе  узбекской 

школе”[3q.  ad]  nomli  avtoreferat  maktabda  yordamchi  so’zlar  ko’makchi, 

bog’lovchi,  yuklamani  o’rganishga  bag’ishlangan  bo’lib,  kirish  ikki  bob  va 

xulosadan iboratdir. Kirishda ishning maqsadi va mazmuni qisqa bayon qilinadi. 

Birinchi bob “O’zbek maktablarida yordamchi so’zlarni o’rganish tarixi” ga 

bag’ishlanadi.  Undan  o’zbek  tili  dastur  va  darsliklari,  lingvistik  va  metodik 

adabiyotlar  tahlil  qilinadi.  Ikkinchi  bob  “O’zbek  maktablarining  6-sinfida 



yordamchi  so’zlarni  o’rganish  metodikasi”  ga  bag’ishlangan  bo’lib,  unda  a\ 

ko’makchini  o’rganish:  b\  bog’lovchini  o’rganish;  v\  yuklamani  o’rganish 

metodikasi bayon qilinadi. Ish xulosalanadi. 

“Nutq o’stirish  mashg’ulotlari” [25] nomli metodik qo’llanma kirish, uch 

bob  xulosa  va  ilovalardan  iborat  bo’lib,  undan  o’quvchilar  nutqini  o’stirish 

muammolari,  ona  tilini  o’qitish  jarayonida  nutq  o’stirishning  asosiy 

yo’nalishlari,  til  sathlarini  o’rganishda  nutq  o’stirish  imkoniyatlari  kabi 

masalalar  atroflicha  bayon  qilinadi.  Uchinchi  bobning  “Morfologiyani 



o’rganishda  nutq  o’stirish”  qismida  so’zning  lug’aviy  manosi  otli,  fe’lli  va 

ravishli  birikmalari,  so’z  turkumlarining  ma’no  guruhlari  morfologik  uslubiy 

malakalar  ustida  ishlash.  “Ot  “,  “Sifat”,  “Son”  va  “Fe’l”  so’z  turkumlarini 

o’rganishda o’quvchilarni ot, sifat, son va fe’l uslubiyatiga doir bilim, malaka va 

ko’nikmalar bilan tanishtirish lozimligi ta’kidlanadi.  


“Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini ko’makchili birikmalar bilan 

boyitish”[1..]  nomli  qo’llanma  ko’makchili  birikmalarning  nutq  o’stirishdagi 

ahamiyatini  bayon  qilish  bilan  boshlanadi.  Metodik  qollanmada  4-sinfda 

o’quvchilar nutqini ko’makchili birikmalar bilan boyitish yo’llari misollar orqali 

atroflicha  bayon  qilinadi.  Shuningdek,  7-sinfda  so’z  birikmasi  va  gap 

bo’laklarini  o’rganish  jarayonida  o’quvchilar  nutqini  ko’makchili  birikmalar 

bilan  boyitish  usullari  yoritiladi  va  har  xil  ish  turlari-mashqlar  bilan 

mustahkamlanadi.  

“Maktabda  taqlidiy  so’zlarni  o’rganish  usullari  haqida”  [12q.ad] 

nomli tezisda “O’zbek tili” darsliklarida taqliqiy so’zlar uzoq vaqtlar undov va 

taqlidiy  so’zlar  nomi  bilan  berilganligi,  so’nggi  yillarda  undov  va  taqlidiy 

so’zlar nomi bilan berilganligi, aytiladi.  

Taqlidiy  so’zlar  leksik  xususiyatlariga  ko’ra  alohida  guruhlarni  tashkil 

etishi, bu so’zlar eshitish bilan, obrazga taqlid so’zlar ko’rish bilan aloqadordir. 

Taqlidiy  so’zlarning  mustaqil  so’zlar  kabi  gapda  aniqlovchi  va  kelishik 

qo’shimchalarini  olib,  gapda  ega,  kesim  va  to’ldiruvchi  bo’lib  kelishi  haqida 

ma’lumot berishi lozimligi aytiladi, misollar keltirilib tushuntiriladi.  

 “O’quvchilarning 



yozma  nutqini  rivojlantirishda  bayonning 

ahamiyati”  nomli tezisda yozish nuqtning og’zaki nutq asosida shakllanishi va  

rivojlanishi, bayon  nutqning  og’zaki  va  yozma shakllarining qo’shib birgalikda 

o’stiradigan  ish  turi  ekanligi  aytiladi.  Shuningdek,  ona  tili  darslarida  yangi 

materialni  mustahkamlash,  nazariy  qoidalarni  amalda  tadbiq  etishda  ta’limiy 

bayon turlarini vaqti-vaqti bilan o’tkazilib turish yaxshi samara berishi eslatiladi, 

6-7-8-sinflarda  o’tkaziladigan  qo’shimcha  topshiriqli  bayon  o’tkazish  tavsiya 

etiladi.  Shu  bilan  birga  turliy  mavzularda  kichik  bayon  o’tkazish,  o’quvchilar 

fikrlash qobiliyatini rivojlantirish  mumkinligi aytiladi.  



“Hodisalar,  hikmatli  so’zlar  va  o’yinlar  orqali  nutq  o’stirish  ”  [  4] 

nomli  tezisda  “Hikmat”,  “Hadis”  so’zlarning  ma’nosi  tushuntiriladi.  Muallif 

o’quvchilar  nutqni  o’stirishda  hadislar  va  hikmatli  so’zlardan  foydalanganligi, 

turli o’yinlar orqali  bolalar tafakkurni rivojlantirganligini bayon etadi.  



“So’z  yasalishi  darslarni  o’qitishda  o’quvchilarning  lug’at  boyligini 

oshirish”  nomli  tezisda  o’rta  maktabning  5-6  sinflarda  o’tkaziladigan  so’z 

yasalishiga doir darslar haqida fikr bildiradi. 

Muallif  5-sinfda  “So’z  tarkibini  ”  o’tkazish  o’zak  va  o’zakdosh  so’zlar, 

6-sinfda so’z “So’z yasashlishi yo’llari”ni o’tganda yasama so’zlarning tarkibi 

qaysi  tilga  mansubligi  va  undan  yasalgan  so’zlarning  o’zlanishganligi  haqida 

tushuncha berish, lozimligini eslatadi. Traktor-chi, maktabdosh, aql-li, burd-



siz so’zlarini keltirib, ruscha, arabcha, forscha asosdan yasalgan o’zbekcha so’z 

ekanligini tushuntiradi. Shuningdek, til-shunos, etikdo’z, do’ppi-furush, chizma-

kash,  bedanaboz  so’zlariga  o’zbekcha  asosga  forscha-tojikcha  so’z  yasovchi 

affikslar qo’shilib o’zbekcha so’z ekanligini aytadi.  




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling