O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo'qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti kurs ishi Mavzu: Turkistonda Rossiya imperiyasining mustamlaka idora usulining joriy etilishi Bajardi: Abdurahimov Asadbek


II BOB. Turkistonda Rossiya imperiyasining mustamlaka idora usuli va ijtimoiy-siyosiy vaziyat


Download 41.43 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi41.43 Kb.
#1528495
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi. Asadbek

II BOB. Turkistonda Rossiya imperiyasining mustamlaka idora usuli va ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
2.1 Rossiyaning Turkistonda yer-suv masalalariga doir siyosati va qishloq boshqaruvi
Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatidan ko’zlagan asosiy va bosh maqsadi o’lkani Rossiya manfaatlari uchun hizmat qiluvchi xom-ashyo bazasiga aylantirish va eng serhosil yerlar joylashgan hududlarga rus dexqonlarini keltirib o’rnashtirish edi. SHuningdek, Rossiya imperiyasi yer suv munosabatlari O’rta Osiyoda o’z hukmronligini mustahkamlash va uning imkoniyatlaridan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishni ko’zda tutgan edi. 1886 yilgi nizomga ko’ra, rus dexqonlaring O’rta Osiyoga ko’chib kelishlari uchun katta imtiyozlar berildi. SHuningdek, bu nizomga ko’ra, «bo’sh yotgan davlat yerlariga» birinchi navbatda harbiy hizmatdan bo’shatilgan harbiy xizmatchilarni qo’yish ko’zda tutildi. Imperiyaning Turkistondagi yer suv masalalariga doir siyosatida quyidagi siyosat amalga oshirildi:
1. Turkistonda barcha yerlar davlat mulki deb e’lon qilindi, o’troq mahalliy aholiga yer merosi yakka jamoa ekanligi tariqasida, ko’chmanchi aholiga esa azaliy dehqonchilik odatlariga rioya etilgan holda, muddati cheklanmagan holda jamoa bo’lib foydalanish uchun topshirildi;
2. O’troq aholi yashaydigan joylarda yer, undan amalda foydalanganga biriktirib qo’yildi;
3. Dastlab vaqf yerlariga soliq joriy etilgan bo’lsa, keyinroq bu mulklar butunlay tugatilib yuborildi;
4. Shahar tashqarisida mahsus ko’chiruv fondlaridan tashqari rus aholisiga yer ajratish ta’qiqlandi;
5. Evropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholi yerlarini sotib olish mutlaqo ta’qiqlab qo’yildi va bu qonun 90-yillarning oxirigacha saqlanib qolindi.
Bular bilan birga soliqlar ham imperiya manfaatlari nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqildi va kuchaytirib yuborildi. Asosiy e’tibor paxta yetishtirishga qaratildi va yangi yerlar sug’orish tarmoqlarini kengaytirish ko’zda tutildi. O‘rta Osiyo iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rin tutgan. Rossiya imperiyasi agrar hudud hisoblangan Turkiston o‘lkasida yer-suvdan foydalanishni to‘liq o‘z nazoratiga olish va ulardan olinadigan soliqlarning o‘z vaqtida to‘planishidan manfaatdor edi. Jumladan, yerga egalik qilish va undan foydalanish tartiblariga e'tibor qaratilgan. Agrar masala nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy ahamiyatga ham ega bo‘lgan. Yerga egalik qilish tartiblarini nazorat qilish podsho hukumatiga aholi ustidan hukmronligini ta'minlashda juda muhim edi. Mahalliy aholining asosiy tirikchilik manbayi yer bo‘lgani bois unga egalik qilish zarur edi. 1886-yildagi «Nizom»ning «Turkiston o‘lkasining yer tuzilishi» degan bo‘limida o‘lkada tarixan shakllanib kelgan an'anaviy yerga egalik qilish munosabatlari o‘zgartirib yuborildi. Unga ko‘ra Turkiston yerlari, o‘rmonlari va yerosti qazilma boyliklari davlat mulki deb e'lon qilindi. Bu bilan ular Rossiya imperiyasi mulkiga aylandi. Nizom bo‘yicha o‘lkada yirik yer egaligi ham tugatildi. Vaqf yerlari (masjid, madrasa va boshqa diniy muassasalarga tegishli yerlar) ayni vaqtda yashab va yerga ishlov berayotgan kishilarga ijaraga berilar edi. Yangi vaqfhujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan bu yerlarni davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilgan. Masjid tasarrufidan tashqarida, xususiy shaxs ixtiyorida bo‘lgan yerlar ham davlat solig‘iga tortiladigan bo‘ldi. Vaqf hujjatlarini e'tirof etish, vaqf daromadlarining to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish va ularni taftish qilish huquqi viloyat ma'muriyati ixtiyoriga o‘tkazildi. Bu vaqtgacha vaqfmulkidan olingan daromadlar maktablar,madrasalar va masjid binolarini ta'mirlashga, xodimlarini moddiy ta'minlashga, diniy marosimlarni bajarishga, kerakli buyumlar olishga (gilam, joynamoz, diniy kitob) va boshqa tadbirlarga sarflanar edi. Vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi hukumat vakillari qo‘liga o‘tishi bilan masjidlar va maktablarning moddiy ahvoli yomonlashdi. Mustamlakachi hukumat bu bilan mahalliy din peshvolari, ulamolar va diniy muassasalarga zarba berishga harakat qildi. Shaharlar hamma tarixiy davrlarda bo’lganidek, XIX asr ikkinchi yarmida ham siyosiy harbiy, iqtisodiy va madaniy markazlar vazifalarini bajarganlar. Turkiston general gubernatorligiga qarashli Toshkent, Samarqand, Qo’qon, Marg’ilon, Andijon, Namangan, Ashxobod yirik shaharlardan sanalsa, mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan CHimkent, Turkiston, Xo’jand, Jizzax, Kattaqo’rg’on kabi shaharlar ham o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan shaharlardan hisoblangan. Bosqinchilarning O’rta Osiyoni mustamlakaga aylantirishi barobarida Kazalinsk, Petro-Aleksandrovsk, Skobelev, Chernyayevka kabi shaharlar va aholi turar joylari barpo etildi. Bosib olingan shaharlarda ruslar yashaydigan alohida turar-joylar barpo etildi va shaharlar yangi hamda eski shaharlar qismlarga ajratildi. Eski shahar aholisining yangi shaharlar hududlariga o’tishlari mat’iyan ta’qiqlab qo’yildi. Bu ham milliy kamsitishning bir ko’rinishi edi. Yangi shaharlarda aholining yashashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. SHaharlarda rus millatiga mansub fuqarolarning savdo-sotiq qilishlari uchun katta imtiyozlar berildi. Aksincha, musulmon fuqarolarining iqtisodiy jihatdan kuchayib ketmasliklari uchun turli-tuman choralar ko’rilib turildi. Turkiston o’lkasida shaharlar boshqaruviga mahsus e’tibor XIX asrning 70 yillaridan boshlab kuchaydi. «SHaharlar Nizomini qo’llash» bo’yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasi 1872-yilda Sirdaryo viloyati boshqarmasida ko’rib chiqildi va 1877-yildan boshlab bu Nizomni qo’llash haqida qaror qilindi. Bu Nizom bosib olingan shaharlardan faqatgina Toshkent va Olmaata shaharlariga nisbatan qo’llanildi.Toshkent o’zining harbiy, strategik va iqtisodiy jihatdan tutgan o’rni va joylashuviga asosan Turkiston o’lkasi shaharlari orasida alohida ahamiyatga ega edi. SHuning uchun ham Toshkent shahri general gubernatorlikning markazi etib belgilangan edi. 1877-yilda mahsus muvaqqat komissiya tuzilib, Toshkent shahri dumasi saylovlari uchun mahsus tartiblarni belgilab chiqdi. Bunga ko’ra, Dumaga saylovchilar mol-mulklariga asosan uch toifaga ajratildi. yetarli miqdorda mulk bo’lmaganlar saylov huquqidan mahrum etildi. 2400 saylovchi ishtirokida bo’lib o’tgan saylovda shahar Dumasi va boshqarmasi saylandi. Bunda rus noiblari uchun uchdan ikki qismi o’rni ajratildi. Shahar boshqaruv faoliyatini nazorat qiluvchi harbiy gubernatori boshchiligidagi viloyat idorasi tuzildi. 1888 yilda imperator tomonidan Toshkent shahrini boshqaruv ishi ma’qullandi va shu bilan birga uni nazorat qilish general gubernatorga yuklatildi. Ichki ishlar vaziri huquqi harbiy okrug qo’mondoni zimmasiga yuklatildi. Duma oqsoqoli harbiy vazir tomonidan tayinlangan va 1877-1907 yillarda bu vazifani hokim to’raning o’zi bajargan. SHahar ma’muriy politsiya tartiblari asosida boshqarilgan.


Download 41.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling