Laboratoriya mashgulotlar kurilmiari bilan jixozlangan auditoriyada bir akademik guruxga ikki Ukituvchi tomonidan Utkazilishi lozim. Mashgulotlar faol va interfak-giv usullar yordamida utilib, mos ravishda pedagogik va axborot texnologiyalar kullanilishi maksadga muvofik.
43.
|
V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Gidrogeologik mintaqalar va yerlarning meliorativ holatiga tabiiy sharoitlarning ta`siri.
Sug`oriladigan yerlarning meliorativ holatiga antropogen omillarning ta`siri.
Sug`oriladigan yerlarda tuzlarning paydo bo`lish manbalari va botqoqlanish sabablari.
Sug`oriladigan sho`r tuproqlar va ularning turlari hamda xususiyatlari.
Sho`r tuproqlarning klassifikatsiyalari.
Sizot suvlarning tiplari, rejimi va unga ta`sir qiladigan omillar.
Sizot sularning balansi va ularning maqul chuqurliklari.
Yer osti va sizot suvlarini ekinlarni sug`orishdan foydalanishi.
Tuzlarning o`simliklarga ta`siri.
Qishloq xo`jalik ekinlarni tuz ta`siriga chidamliligi.
yerlarni meliorativ holatini baholash usullari.
Sho`rlangan yerlarda qo`llaniladigan umumiy meliorativ tadbirlar.
Sho`rlangan yerlarda qo`llaniladigan suv xo`jalik tadbirlar.
Sho`rlangan yerlarda qo`llaniladigan agromeliorativ tadbirlar.
Kuchli sho`rlangan yerlarni sholi ekish usuli bilan melioratsiya qilish.
Melioratsiya jixatidan og`ir tuproqlarni melioratsiya qilish usullari.
Sho`r yuvish usullari, muddatlari va me`yorlari.
Fermer xo`jaliklarida sho`r yuvish rejasini tuzish.
Sug`oriladigan yerlarda qo`llaniladigan zovur turlari.
Suv istemolchilar uyushmalari va fermer xo`jaliklarida kollektor zovur tarmoqlarida samarali foydalanish yo`llari.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan loyiha ishi, esse, tezis yoki ilmiy maqola yozish, referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish, ilmiy maqola, tezislar tayyorlash, amaliyotdagi mavjud muammolarni echimini topish, fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha asosiy ilmiy adabiyo‘tlarga annotatsiya yozish kabi korinishdagi ishlarni bajarish tavsiya etiladi.
VI. Ta’lim natijalari (kasbiy shakllanadigan kompetensiyalari)
-O`zbekiston Respublikasida yangi agrar islohotlarni amalga oshirish va melioratsiyani rivojlantirish bo`yicha qabul qilingan qarorlar va qonunlar, respublikamizda mintaqalar bo`yicha tuproqlarning sho`rlanish turlari, xarakteri va darajasi, tuproqning tuz rejimi, sizot suvlari rejimi, balansi va uni boshqarish yo`llari, sho`rlangan yerlarda zovurlar, ularning turlari va vazifasi, er va suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, er tuzish tushunchasi, mazmuni va vazifasi, er tuzish jarayoni, harakati va turlari, ilmiy asoslangan meliorativ tadbirlar tizimini qo`llash haqida tasavvurga ega bo`lishi;
qishloq xo`jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning ma`no-mazmunini;
"Ta`lim to`g`risida"gi qonunlarni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini;
bibliografik bilimlar asosini bilishi va ulardan foydalana olishi;
tuproqlarning sho`rlanganlik darajasini o`lchovchi asbob-uskunalarni, sug`oriladigan yerlarni sho`rlanishi, botqoqlanishi va suv, shamol, irrigatsiya eroziyalarini oldini olish va qarshi kurash tadbirlarini, kollektor-zovur tarmog`i turlarini va ulardan samarali foydalanishni, yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish tamoyillarini, xo`jalik er tuzish loyihasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibini, xo`jaliklararo er tuzish maqsadi, vazifalari va tartibi;
“Ta`lim to`g`risida”gi qonun va ta`lim tizimi xuquqiy va me`yoriy o`quv hujjatlaridan bilim olish jarayonida foydalanish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;
tuproqning sho`rlanishi va botqoqlanishini hamda tuproq eroziyasini oldini olish va qarshi ko`rashda eng samarali tadbirlar, ilmiy asoslangan meliorativ tadbirlar, tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirib borish, qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori, sifatli, arzon mahsulotlar etishtirish, er maydonini kartada hisoblash va dalada o`lchash, asosiy geodezik asboblar bilan er maydonini s`yomka qilish malakaga ega bo`lishi kerak.
|