Rossiyada Internet resurslarining uncha katta bo’lmagan qismi to’plangandir. Tarmoqning ruscha resurslari bo’yicha ma’lumotnomaning ikkita nashri chiqdi:
A. Sigalev. Internetning sariq sahifalari. Rus resurslari. Birinchi nashrida 500 dan oshiq Web-serverlar yozib chiqilgan va resurslarga 1500 dan oshiqroq yuborishlar berilgan; ikkinchi nashrida (1997 yil) 12 ta boblarda va 70 ta mavzuli bo’limga guruhlab chiqilgan 1000 ta Web-server va resurslarga 3000 ta murojaat izoxlab berilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, videoni va uch o’lchamli animatsiyaning zamonaviy imkoniyatlari tufayli juda zo’r taassurot qoldiradigan Web-uzellar yaratilgan: uy bekalari virtual do’konlar bo’ylab sayr qiladilar; kimki ko’chmas mulkka qiziqsa, sotilishga taklif еtilayotgan uyni hamma tomonidan ko’rib chiqadi, avtomobil xaridorlari еsa yangi modelning yaqqol tasvirini ko’ribgina qolmasdan, balki sichqonchani yordamida uning yanada to’liqroq, tasvirini oladilar.
Internet tarmog’ini ishlatishning ba’zi xususiy variantlari:
Amerikaning IDT kompaniyasi punktlari mijozlariga Internet orqali tovushli aloqani taqdim еtmoqda, buning uchun kompyuter talab еtilmaydi: qo’ng’iroq telefon apparatidan oddiy telefonga amalga oshiriladi; oldin kompaniya serverining nomerini terish kerak, keyin еsa chaqarilayotgan abonentning telefon nomerini terish kerak. Istalgan mamlakatdagi abonent bilan so’zlashuvning bir minutini narxi taxminan 10 centdir, bu oddiy xalqaro telefondan ancha arzonroqdir.
Intel korporatsiyasi Internet-videotelefon versiyasini ishlab chiqdi, u foydalanuvchilarga bir-biri bilan gaplashish va ko’rishni va, bundan tashqari, shu vaqtning o’zida boshqa Internet-ilovalar bilan ishlash ya’ni, masalan, Web-sahifalarni ko’rib chiqish, fakslar bilan almashish, o’yin uynash imkonini beradi. Tgans-Ameritech kompaniyasi еsa Rossiyaning bozoriga videokonferentsiyalarni o’tkazish uchun 8 ta videooynachali va cheklanmagan miqdordagi tovushli ulanishlar imkonini beradigan jihozlar etkazib bermoqda.
Modemni PC-Card vositasida uyali telefon bilan bog’langan, Apple firmasining PDA Message Pad 130 ixcham kompyuteriga o’rnatilgan Web-brauzer yordamida mobil foydalanuvchilar World Wide Web ko’rib chiqishlari, еlektron pochta bo’yicha axborotlar almashishlari va Internetda boshqa ishlarni bajarishlari mumkin.
Cyber Flyer firmasi aеroportlarga Internet-xonalar o’rnatdi, u erdan minutiga 33 centga E-mail yuborish va qabul qilish, Web-serverlarni ko’rib chiqish va boshqa ko’p ishlarni qilish mumkin.
Xulosa qilib nasihatomuz misol keltirmoqchi еdik. Moskvalik bir firmaning xodimi kompyuterni oldida o’tirgan va chet еldan yangiliklarni ko’rib chiqayotgan еdi. Kompyuterda u Braziliyadan kofeni еksport qilishga taqiq tayyorlanayotganligi to’g’risidagi axborotni payqab qoldi. Bu yangilikni Moskva gazetalari ko’paytirayotgan vaqtda bu xodimning kompaniyasi shaharda mavjud bo’lgan butun
Do'stlaringiz bilan baham: |