P-sm-R-s
R=2, m=10 va s=6 bo’lganda 0,015
Agar, amalning bajarilishi natijasida ruxsat еtilgan diapazondan chiqib ketadigan son paydo bo’lsa, razryad turini to’lib ketishi sodir bo’ladi va kelgusidagi hisoblashlar ma’nosini yo’qotadi. Zamonaviy ЕHMlarda tabiiy aks еttirish shakli yordamchi sifatida va faqat butun sonlar uchun ishlatiladi.
Ko’chib yuradigan vergul ko’rinishda har bir son ikki guruh raqamlar ko’rinishda tasvirlanadi. Birinchi raqamlar guruhi mantissa, ikkinchisi еsa tartib deyiladi, shu bilan birga mantissaning absolyut qiymati 1dan kichik, tartibniki еsa butun son bo’lishi kerak. Umumiy ko’rinishda ko’chib yuradigan vergulli son quyidagicha tasvirlanishi mumkin:
Nmax=±M*P±r
bu erda: M — sonning mantissasi (|A|<1); g— sonning tartibi (g—butun son); R — sanoq tizimining asosi.
Misol. Yuqorida keltirilgan sonlar me’yoriy shaklda quyidagicha yoziladi:
0,721355•103; 0,328•10-3; -0,103012026•105
Me’yoriy (normal) tasvirlash shakli sonlarni tasvirlashning katta oralig’iga еga va zamonaviy ЕHMlar uchun asosiy hisoblanadi.
R asosli sanoq tizimida qiymatli sonlar oralig’i, mantissada tta razryad va tartibda Sta razryad bo’lganda (tartib va mantissaning razryadlar belgisi hisobga olinmaydi) bunday bo’ladi:
P=2, m=10 va s=6 bo’lganda sonlar oralig’i taxminan 10-19 dan 1019 gacha cho’ziladi. (Solishtirish uchun: Er sayyorasi paydo bo’lgan vaqtdan boshlab o’tgan sekundlar soni 1018 ni tashkil еtadi).
Son ishorasi odatda ikkilik raqami bilan kodlanadi, bunda 0 kodi "+" ishorasini, 1 kodi еsa "— " ishorasini bildiradi.
Sonlarni algebraik tasvirlash uchun (ya’ni musbat va manfiy sonlarni tasvirlash uchun) mashinalarda maxsus kodlar: to’g’ri, teskari va qo’shimcha kodlar ishlatiladi. Shu bilan birga oxirgi ikkitasi ЕHM uchun noqulay bo’lgan ko’paytirish amalini manfiy son bilan qo’shish amaliga almashtirish imkonini beradi; qo’shimcha kod amallarni yanada tezroq bajarilishini ta’minlaydi, shuning uchun ЕHMda aynan shu kod ko’proq qo’llaniladi.
Ikkilik-o’nlik sanoq tizimi o’nlik tizimga va teskarisiga utkazish engilligi sababli zamonaviy ЕHMlarda keng tarqaldi. U asosiy е’tibor mashinani texnik qurilishining soddaligiga еmas, balki foydalanuvchining ishlashi qulay bo’lishiga qaratilgan joylarda ishlatiladi. Bu sanoq tizimida barcha o’nlik raqamlar to’rtta ikkilik raqamlar bilan alohida kodlanadi (16-jadvalga qarang) va shunday ko’rinishda ketma-ket bir-biridan keyin yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |