Mavjud bo’lgan MS DOS operatsion tizimining turlari ushbu jadvalda keltirilgan
N
|
MS DOS turi
|
Yaratilgan yili
|
Asosiy xarakteristikalari
|
1.
|
MS DOS 1.0
|
1981
|
IBM XT, IBM AT kompyuterlariga mo’ljallangan
|
2.
|
MS DOS 3.0
MS DOS 3.3
|
1986
1987
|
IBM 286 kompyuterlariga mo’ljallangan
|
3.
|
MS DOS 5.0
MS DOS 6.0
|
1989
1990
|
IBM 386 va undan yuqori markadagi kompyuterlarga mo’ljallangan bo’lib, kengaytirilgan va qo’shimcha xotiralardan foydalanish imkoniyatiga ega
|
4.
|
MS DOS 6.20
|
1991
|
MS DOS 6.0 ning takomillashtirilgan ko’rinishi bo’lib, unga nisbatan ishonchliroq va tezroq ishlaydi. Qattiq diskka ma’lumotlarni Stack Elektronics firmasi tomonidan ishlab chiqilgan usul bilan qisib yozish imkoniyatiga ega. Zamonaviy Pentium kompyuterlariga mo’ljallangan.
|
5.
|
MS DOS 6.21
MS DOS 6.22
|
1992
1993
|
MS DOS 6.20 ning takomillashtirilgan ko’rinishi bo’lib, unda qattiq diskka ma’lumotlarni qisib yozishda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan samarali usullar qo’llanilgan. Zamonaviy Pentium kompyuterlariga mo’ljallangan.
|
3.3. MS DOS bilan muloqat
EHM ishga tayyor bo`lgach, MS DOS ekranga quyidagi axborot chiqaradi: A > yoki C: >
Bu bilan MS DOS foydalanuvchining buyrug`ini bajarishga tayyor ekanligini bildiradi.
DOSni yuklash jarayonida chеtlab o`tish mumkin bo`lgan xatolik haqidagi axborot chiqariladi. Xatoni chеtlab o`tish mumkin bo`lsa, DOSni yuklashni takrorlash, aks holda boshqa diskdan foydalanish kеrak. Foydalanuvchi va EHMning muloqati foydalanuvchining MS DOSga kеtma - kеt bеriladigan buyruqlari asosida tashkil etiladi. Buyruq nomini klaviatura yordamida ekranga yozib, [Enter] tugmasini bosish bilan buyruqni kiritish ishi tugallanadi.
Masalan,ver MS DOS vеrsiyasini ko`rsatuvchi mazkur buyruq kiritilgach, ekranda quyidagi axborotni o`qish mumkin bo`ladi: MS DOS version 5.0
MS DOS buyruqlari tavsifi. MS DOS buyruqlari ichki va tashqi buyruqlarga bo`linadi.
Command com faylida mujassamlashgan ichki buyruqlar quyidagilardan iborat:
Break-to`xtatish;
CD- joriy katalogni o`zgartirish yoki ko`rsatish;
CLS-ekranni tozalash;
COPY-fayllardan nuxsa ko`chirish;
DATE- joriy kunni aniqlash yoki o`zgartirish;
DIR- fayllar ro`yxatini ekranda ko`rish;
EXIT-Command com faylini ishini tugatish;
REN-fayl nomini o`zgartirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |