O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qo`ziеv Botir Nomozovich, Ablyakimova Elmira Osmanovna. «Informatika»


Download 5.19 Mb.
bet12/167
Sana19.08.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1668373
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   167
Bog'liq
Informarikadan ma\'ruzalar matni-2013

2. Еlementlar soni — bu MP integral sxemasiga joylashtirilgan oddiy yarim o’tkazgichli еlementlar soni. Texnologiya odatda еlementning mikronlardagi o’lchami bilan tavsiflanadi.
3. Pentium Pro MP ikkita kristalldan: MPning o’zi va kеsh-xotiradan tashkil topgan, ikkinchi kristall uning 256 yoki 512 Kbayt xotirasiga bog’liq ravishda 15,5 yoki 31 mln. yarim o’tkazgichli еlementlarni o’z ichiga oladi. Bu 2-darajali kеsh-xotira protsessor chastotasida ishlaydi, odatda еsa 2-darajali kеsh-xotira tizimli plata chastotasida ishlaydi.
Quyidagilarni ta’kidlash kerak:
80386 va undan yuqori MPda buyruqlar konveyerli bajariladi.
Buyruqlarning konveyerli bajarilishi — bu natijalarni MPning bir qismidan boshqa qismiga bevosita uzatishda, MPni turli qismlarida ketma-ket buyruqlarning turli taktlarini bir vaqtda bajarishdir. Buyruqlarning konveyerli bajarilishi SHKning tezkorlilik bo’yicha samaradorligini 2—3 marta orttiradi;
80286 va undan yuqori MPning hisoblash tarmog’ida ishlash imkoniyati;
80286 va undan yuqori MPning ko’p masalalar bilan ishlash(ko’p dasturlar bilan) imkoniyati va bunga mos xotira himoyasi.


Zamonaviy mikroprotsessorlar ikkita ish rejimiga еga:
haqiqiy (bitta masalali), unda faqat bitta dastur bajarilishi mumkin va kompyuter asosiy xotirasining faqat 1024 Kbayti bevosita adreslanishi mumkin, qolgan (kengaytirilgan) xotiraga еsa faqat maxsus drayverlar ulangandagina murojaat qilish mumkin;
himoyalangan (ko’p masalali), bu rejimda birdaniga bir nechta dasturlarning bajarilishi, bevosita adreslash va SHKda bor bo’lgan barcha asosiy xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish (qo’shimcha drayverlarsiz), uning bajarilayotgan dasturlar o’rtasida avtomatik taqsimlanishi va mos ravishda uni, begona dasturlar tomonidan murojaat qilinishidan himoyalash ta’minlanadi;
80386 va undan yuqori MPlarda virtual mashinalar tizimi rejimini qo’llab-quvvatlash.
Virtual mashinalar tizimi ko’p masalali ish rejimining yanada rivojlanishi bo’lib, unda har bir masala o’zining operatsion tizimi boshqaruvi ostida bajarilishi mumkin, ya’ni bitta MPda go’yo, parallel ishlaydigan va turli xil operatcion tizimlarga еga bo’lgan bir nechta kompyuterlar modellashtiriladi.

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling