O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qo`ziеv Botir Nomozovich, Ablyakimova Elmira Osmanovna. «Informatika»


Foydalanuvchining internet bilan muloqot variantlari


Download 5.19 Mb.
bet156/167
Sana19.08.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1668373
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   167
Bog'liq
Informarikadan ma\'ruzalar matni-2013

7.3. Foydalanuvchining internet bilan muloqot variantlari
Foydalanuvchining Internet tarmog’i bilan muloqati ikki variantda bo’lishi mumkin:
off-line — kechiktirilgan javobli muloqot rejimi;
on-line — aktiv muloqot rejimi.
Off-line rejimida abonent tarmoqqa u yoki bu so’rovlarni yoki axborotlarni jo’natishi mumkin (masalan, еlektron pochta bo’yicha), lekin so’rov bilan unga tarmoqning javobi o’rtasida ancha-muncha vaqt o’tishi mumkin.
On-line rejimida (bu rejim yana bevosita murojaat qilish rejimi deb ham ataladi) tarmoq abonentining so’roviga ma’lumot deyarli kechikmasdan qaytib keladi.
Birinchi variant foydalanuvchiga arzonroq tushadi (oyiga o’rtacha 10—20 dollar atrofida), lekin unga imkoniyatlar ham kam beriladi. Bu rejimda quyidagilar bo’lishi mumkin:
tarmoqda punktlar adresini olish, еlektron pochta bo’yicha xatlarni va boshqa istalgan maktublarni o’zining do’stlariga va biznes bo’yicha sheriklariga jo’natish va ulardan olish ham mumkin;
o’zining reklama varaqasini davriy ravishda, masalan, commerce (tijorat) guruhining telekonferentsiyasiga yuborish;
sizni qiziqtirgan fayllarni tarmoqdan o’zingizning kompyuteringizga olib o’tkazish uchun FTP—FTP-mail dasturlaridan foydalanish;
tarmoqda еrkin aylanib yuradigan ma’lumotlarni, masalan news-guruhni o’qish.
Ikkinchi variant Internet tarmog’iga haqiqiy vaqt oralig’ida bevosita aktiv chiqishni ta’minlaydi. Bu holatda foydalanuvchining kompyuteri o’zining yagona adresiga, barcha telekommunikatsiya tarmoqlariga to’laqonli murojaat qilish va tarmoqda ko’zda tutilgan butun xizmatlar majmuiga еga bo’ladi: bu birinchi navbatda World Wide Web bo’yicha sayohat, brauzerlar yoki maxsus qidirish serverlari yordamida tarmoqning barcha Web-uzellarini ko’rib chiqish va u erdan sizni qiziqtirgan hamma ma’lumotlarni olish, tarmoq foydalanuvchilari uchun tegishli bo’lgan shaxsiy ma’lumotli Web-sahifa va Web-serverlarni yaratish, boshqa foydalanuvchilar bilan interaktiv muloqat qilish.



Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling