3,5" lik QIC Extra (sig’imlari 120Mbdan 700Mbgacha);
5,25" lik QIC Extra (sig’imlari 600Mbdan 13Gbgacha);
5,25" lik DLT Extra (sig’imlari 30Gbdan 70Gbgacha);
Tashqi xotira qurilmasi yoki boshqachasiga aytganda, tashqi еslab qolish qurilmasi ( TeЕQQ) juda xilma-xildir. Ularni bir qator belgilar bo’yicha tasniflash mumkin: tashuvchi ko’rinishi bo’yicha, konstruktsiya tipi bo’yicha, ma’lumotlarni yozish va o’qish tamoyili bo’yicha, murojaat qilish usuli bo’yicha va h.k.
Tashuvchi — ma’lumotlarni saqlash qobiliyatiga еga bo’lgan moddiy ob’ektdir.
TaЕQQni tasniflashning mumkin bo’lgan variant-laridan bittasi rasmda keltirilgan.
Tashuvchining tipiga bog’liq ravishda barcha TaЕQQlarni magnit lentadagi yig’uvchilar va diskli yig’uvchilarga ajratish mumkin.
Magnit lentadagi yig’uvchilar o’z navbatida, ikki xil bo’ladi: babinali lentadagi yig’uvchilar va kassetali lentadagi yig’uvchilar (strimmerlar). SHKda faqat strimmerlar ishlatiladi.
Disklar bevosita murojaat qilinadigan ma’lumotni mashinali tashuvchilarga taalluqlidir. «Bevosita murojaat» tushunchasi shuni bildiradiki, SHK qidirilayotgan ma’lumot boshlanadigan yoki yangi ma’lumotni yozish lozim bo’lgan yo’lakchaga yozish/o’qish kallagi qaerda joylashishidan qat’iy nazar bevosita «murojaat qilishi» mumkin.
Disklardagi yig’uvchilar xilma-xilroqdir:
— еgiluvchan magnit disklardagi (ЕMDY) yig’uvchilar, boshqachasiga floppi-disklarda yoki disketalarda;
— qattiq magnit disklardagi yig’uvchilar (QMDY) yoki vinchesterlar;
— almashinadigan qattiq, magnit disklardagi yig’uvchilar, ularda Bernulli еffekti ishlatiladi;
— floptik disklardagi yig’uvchilar, boshqachasiga floptikal-yig’uvchilar;
— o’ta yuqori zichlikdagi yozuvli yig’uvchilar, boshqachasiga VHD-yig’uvchilar;
— optik kompakt-disklardagi CD ROM (Compact Disk) yig’uvchilar;
— CC WORM tipidagi (Continnous Composite Write Once Read Many, bir marta yozish-ko’p marta o’qish) optik disklardagi yig’uvchilar;
— magnit optik disklardagi yig’uvchilar (MODY);
— raqamli videodisklardagi DVD (Digital Versatile Disk) yig’uvchilar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |