Har bir disketa bilan ishlashning boshlanishida uni formatlash kerak.
Disketani formatlash — bu uning yuzasiga ma’lumotlarni yozish strukturasini yaratishdir: yo’lkalarni, sektorlarni belgilash, markerlarni va boshqa ish ma’lumotlarini yozish.
Formatlashning mumkin bo’lgan varianti disketa tipiga bog’liqdir (uning konvertiga qo’yiladigan belgilar) :
— SS/SD — bir tomonlama (single sides), birlangan zichlikli (single density);
— SS/DD — bir tomonlama, ikkilangan zichlikli (double density);
— DS/SD — ikki tomonlama (double sides), birlangan zichlikli;
— DS/DD — ikki tomonlama, ikkilangan zichlikli;
—DS/HD — ikki tomonlama, еng katta sig’imni ta’minlaydigan yuqori zichlikli (high density).
Disketa bilan muomala qilishni aniq bir qoidalariga rioya qilish kerak, chunonchi:
— disketani еgmaslik kerak;
— diskning magnit qoplamiga qo’l bilan teginmaslik kerak;
— disketa magnit maydon ta’siriga uchramasligi kerak;
— disketani qog’oz konvertda musbat haroratda saqlash kerak;
— disketaga elimlangan yorliqqa yozuvlarni bosmasdan qalam bilan bajarish kerak;
— disketani faqat himoya konvertining bir burchagidan olish kerak;
— disketani yuvmaslik kerak;
— SHKni tok manbaidan uzmasdan oldin disketani diskovoddan chiqarib olish kerak;
— disketani diskovodga qo’yishni va undan chiqarishni faqat diskovodning ulanishi signal lampasi yonmaganda bajarish kerak.
Qattiq, magnit disklardagi yig’uvchilar
Vinchester nomi ostidagi qattiq magnit disklardagi yig’uvchilar (KMDY) S HKlarda keng tarqalishgan.
Vinchester atamasi sig’imi 16 Mbayt (IBM, 1973 yil) bo’lgan qattiq disk birinchi modelining jargonli nomidan kelib chiqqan bo’lib, u har biri 30ta sektordan iborat 30ta yo’lkaga еgadir, bu ma’lum bo’lgan «Vinchester» ov miltig’ini «30/30» kalibri bilan aynan mos keladi.
Bu yig’uvchilarda bitta yoki bir nechta qattiq disklar bo’lib, ular alyuminiy yoki keramika qotishmasidan tayyorlangan va ferrilok bilan qoplangan, germetik yopiq korpusga o’qish-yozish magnit kallagi bloki joylashtirilgandir. Bu yig’uvchilarning sirini olinmaydigan konstruktsiya hisobiga еrishiladigan o’ta yuqori yozish zichligi tufayli bir necha ming megabaytgacha etadi; ular tezkorliligi ham ЕMDYga nisbatan jiddiy darajada juda yuqoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |