v) haqiqiy vaqt rejimi (foydalanuvchining yoki tashqi terminalning har bir murojaatiga kafolatli xizmat ko’rsatish vaqti bilan);
• virtual mashinalarni shakllantirish rejimi (har bir foydalanuvchiga asosiy SHK doirasida kamroq unumli go’yoki alohida mashina, balki o’zining operatsion tizimi bilan, ajratiladi);
• bitta protsessorli, ko’p protsessorli, ko’p mashinali, shu jumladan tarmoqli hisoblash tizimlarida ishlash.
SHK OTning xarakterli xususiyati shundaki, ular "do’stona" foydalanuvchi interfeysini — foydalanuvchining SHK bilan o’zaro ishini ta’minlaydi.
OTning "do’stonaligi" quyidagini bildiradi, u foydalanuvchiga amaliy dasturlarni bajarish jarayonida kerakli servisni ta’minlaydi va dasturlovchiga dasturlarni ishlab chiqish va sozlash uchun hamda ma’lumotlarni saqlash, o’zgartirish, aks еttirish va nusxalash uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Kompyutеrlar tеxnikaviy holatiga ko’ra ularda opеratsion sistеma turlicha bo`ladi. Dasturli ta'minot tashqi qurilmalarni apparatli asos sifatida ishlatsa, opеratsion sistеma esa dasturli ta'minot amallarini dasturlarni asos qilib ishlatiladi. Qanday vazifalarni bajarishdan qat’iy nazar opеratsion sistеma quyidagi sifatlarga ega bo`lishi shart:
1. Ishonchlilik;
2. Himoyalash;
3. Samaradorlik;
4. Oldindan aniqlash xususiyati;
5. Qulaylilik;
SHKlar uchun quyidagi OT turlari keng tarqalgan:
• MS DOS - IBM PC AT va XT SHKlari uchun;
• OS/2 - IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MPli PC AT SHKlari uchun;
• UNIX — 32 razryadli IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MPli IBM PC AT SHKlari uchun;
• Windows 95 — 32 razryadli, 80386 va undan yuqori MPli IBM PC AT SHKlari uchun;
• Windows NT — 32 razryadli, 80486 va undan yuqori MPli IBM PC AT SHKlari uchun.
MS DOS va Windows 95 operatsion tizimlari to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar keyingi bobda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |