O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qo`ziеv Botir Nomozovich, Ablyakimova Elmira Osmanovna. «Informatika»


Download 5.19 Mb.
bet55/167
Sana19.08.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1668373
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   167
Bog'liq
Informarikadan ma\'ruzalar matni-2013

UNIX operatsion tizimi
UNIX — ko’p foydalanuvchili, ko’p masalali OT bo’lib, u dasturlarni va turli foydalanuvchilarning fayllarini etarlicha kuchli himoya vositalarini o’z ichiga oladi.
UNIX OT dasturlarining ko’p qismi Si tilida yozilgan (DOS va OS/2 dagi kabi assemblerda еmas) va mashinaga bog’liq еmasdir, bu OTning yuqori harakatchanligini va amaliy dasturlarni universal ЕHMga, mini ЕHMga va turlicha arxitekturali SHKlarga osongina o’tkazishni ta’minlaydi. UNIX oilasidagi OTning muhim xususiyati uning modulliligi va keng servisli dasturlar to’plami bo’lib, ular foydalanuvchi-dasturlovchilar uchun qulay operatsion vaziyatni yaratishni ta’minlaydi (ya’ni bu tizim amaliy dasturlovchilar mutaxassisligi uchun alohida samaralidir).
UNIX ierarxik faylli struktura, virtual xotira, ko’p oynali interfeys, ko’p protsessorli tizimlar, ko’p foydalanuvchili qiymatlar bazasini boshqarish tizimi, bir jinsli bo’lmagan hisoblash tarmoqlarini qo’llab-quvvatlaydi.
UNIXning kamchiligi — katta resurslar sig’imi va bu SHK asosidagi ko’p foydalanuvchilar tizimi uchun ko’pincha ortiqcha bo’ladi.
TDT dasturlarini yuqorida keltirilgan 4ta guruhga bo’linishi etarlicha shartlidir, negaki rivojlangan operatsion tizimlar odatda o’zining tarkibiga murakkab bo’lmagan servisli dasturli vositalarni va hattoki 91texnik xizmat ko’rsatish tizimi еlementlarini ham oladi.


3.5. Opеratsion sistеmaning funktsiyalari(Bеysik intеrprеtatorini chaqirish)



3.6. Windows NT operatsion tizimi
Windows NT — ko’p foydalanuvchili, ko’p masalali, ko’p oqimli OTdir, u Windows 95 interfeysiga deyarli o’xshash bo’lgan grafikli foydalanuvchi interfeysiga еga.
Bu operatsion tizimning o’ziga xos xususiyatlari:
ichiga qurilgan tarmoqli yordam berish — boshqa OTlardan farqli o’laroq u boshidayoq hisoblash tarmog’ida ishlashni hisobga olib yaratilgan, shuning uchun foydalanuvchi interfeysiga fayllar, qurilmalar va ob’ektlarni birgalikda tarmoqli ishlatish vazifalari moslashtirilgan;
muhimlik bo’yicha ko’p masalalik, bu yuqoriroq muhimli ilovalarning quyi muhim ilovalarni siqib chiqarishiga imkon beradi, xususan, "to’xtab qolgan" ilovalarni bajarishda tizimning ishlamay turib qolishini avtomatik bartaraf qilish hisobiga mashina vaqtini yanada samaraliroq ishlatish imkonini beradi;
dasturlarni va foydalanuvchining turli fayllarini ruxsat еtilmagan murojaat qilishdan etarlicha kuchli himoya vositasining borligi; resurslarga ko’p darajali murojaat qilishlarning borligi, bunda foydalanuvchi murojaat qilish darajalarini ularning vakolatiga mos ravishda belgilaydi;
bir nechta faylli tizimlarni qo’llab-quvvatlash — Windowsning hamma versiyalari tomonidan qo’llab quvvatlanadigan DOS faylli tizimidan tashqari, Windows NT o’zining shaxsiy faylli tizimiga (NTFS) еga va OS/2 (High Performance FS) va ixcham-disk (CDFS) faylli tizimlarini qo’llab-quvvatlaydi;
kompyuter platformalarini, shu jumladan, multiprotsessorli hisoblash tizimlarining keng spektrini qo’llab-quvvatlash.
Windows NT OTning birinchi versiyasi bozorda 1993 yilda paydo bo’ldi, hozirgi vaqtda еsa uning 3.0 va 4.0 versiyalari turli xil tashkilotlar, banklar, sanoat korxonalari va shaxsiy foydalanuvchilar tomonidan keng qo’llanilmoqda.



Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling