birinchidan, matematika ta’limotining ta’lim olish bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik to‘liq ta’minlash;
ikkinchidan, umumta’lim maktablarida matematika darsliklari o‘quvchilarning yoshiga nisbatan fanni o‘zlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakkab masalalardan iborat va boshqa fanlarda o‘tiladigan mavzular bilan uyg‘unlashtirish;
uchinchidan, matematikaga qiziquvchan, olimpiadalar g‘oliblari tayyorlash, ularning kelgusi rivojlanishi uchun oliy ta’lim va ilm-fan sohasida izlanishga yo‘naltirish;
to‘rtinchidan, matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog‘liqligini asoslash, matematikani turmush bilan bog‘lash va uni mustahkamlash;
beshinchidan, ilg‘or xorijiy tajriba asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish;
shuningdek, Zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, turli xil texnik vositalar yordamida turli xil muammolarni hal qilish, tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. Bu talabalarning matematik bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, ijodkorlik va tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi; o‘rganish va hayot o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash.
Ushbu kurs zamonaviy matematik texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga olganligi sababli matematikani o‘qitishda ijobiy motivattsiyani kuchaytiradi.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Ma’ruza mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
I modul. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikadan foydalanishning umumiy masalalari.
1-mavzu. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikadan foydalanishning maqsadi va vazifalari.
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikani tashkil etishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati.
II modul. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikadan foydalanishning xususiy masalalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |