O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti


IV. Mustaqil ta’lim bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar


Download 137.5 Kb.
bet4/6
Sana13.04.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1351379
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qiziqarli matematika

IV. Mustaqil ta’lim bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
IV.I. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1-mavzu. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikaning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati.
2-mavzu. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikani tashkil etishning doimiy va mavsumiy turlari.
3-mavzu. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikaning maqsad va vazifalariga ko‘ra tahlil qilish.
4-mavzu. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash.
5-mavzu. To‘garak mashg‘ulotlarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash.
6-mavzu. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikadan to‘garak mashg‘ulotlari uchun ta’limiy vositalarni tayyorlash.
7-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan adabiy kechalarni tashkil qilish.
8-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda ekskursiya rejasini ishlab chiqish.
9-mavzu. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikada ta’limiy o‘yinlardan foydalanish.
10-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda turli bayram tadbirlari rejasini tuzish.
11-mavzu. Boshlang‘ich sinfning iqtidorli o‘quvchilar uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqish.
12-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan bilimlar bellashuvini tahlil qilish.
13-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan ko‘rik tanlovlar stsenariysini tuzish.
14-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan didaktik o‘yinlardan foydalanish.
15-mavzu. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikada rebuslarni tuzishni o‘rganish.



3.

V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
- Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikani tashkil etishda matematik to‘garak, matematik o‘n minutliklar, matematik o‘yinlar, konkurs, bellashuvlar va olimpiadalarni tayyorlash hamda ularni o‘tkazish, matematika fanining bo‘limlarini, ilmiy asoslarini, tamoyillarini, o‘zaro bog‘liq fanlarni, matematikadan qiziqarli matematikani tashkil etish metodlarini, eng qulay foydali shakllari, usullari va vositalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi; (bilim)
- Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikani tashkil etishda o‘quvchilarda ilmga qiziqish uyg‘otish, matematik tafakkurini aqliy sifatlarini rivojlantirish, darsdan tashqari ishlarni mustaqil rejalashtirish kabi bilishi va ulardan foydalana olishi; (ko‘nikma).
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qiziqarli matematikadan matematika bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini o‘rganish va baholash, o‘quvchilarning matematika xatolarni keltirib chiqish sabablarini aniqlash hamda xatolarning oldini olish va bartaraf qilish usullari ustida ishlash kabi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak (malaka)


Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling