O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Chorvachilik xarajatlari va olingan mahsulotlarning
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
6.4.3. Chorvachilik xarajatlari va olingan mahsulotlarning
dastlabki, analitik va sintetik hisobi Chorvachilik tarmog‘ida xarajatlarva olingan mahsulotlarni hi- sobga olishda ko‘plab dastlabki hujjatlar qo‘llaniladi. Bular asosan xarajatlar va olingan mahsulotlar hisobga olinadigan dastlabki hujjat- larga bo‘linadi. Chorvachilikdagi xarajatlar mehnat buyumlari, mehnat 203 vositalari va chorva xodimlarining mehnat haqi xarajatlaridan iboratdir. Ushbu xarajatlar xususiyatlariga ko‘ra tegishli dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilib boriladi. Masalan, sarflangan yem-xashaklarning dast- labki hisobi yem-xashak sarflash qaydnomasi (94-shakl)da, yig‘ma hi- sobi esa ularni hisobga oladigan maxsus jurnal (35-shakl)da yuritiladi. Unda chorva mollarining har bir turi va guruhi uchun alohida betlar ajratilib sarflangan yem-xashak miqdori, ularning ozuqa birligiga va hazm bo‘luvchi proteinga aylantirilgan miqdori, shuningdek, ozuqa- kunlar soniga ko‘rsatiladi. Bu jurnalning jamlangan ma’lumotlariga asosan yem-xashak sarflarini hisobga olish yig‘ma qaydnomasi tuziladi. Chorvachilikda sarflangan boshqa moddiy boyliklar (dori-dar- monlar, biopreparatlar va boshqalar) belgilangan tartibda limit-zabor kartalari va nakladnoylar bilan rasmiylashtiriladi. Mehnat vositalari sarfi dehqonchilikdagi kabi amortizatsiya hisoblash hujjatlariga asosan rasmiylashtiriladi. Chorvachilik xodimlari mehnatiga haq to‘lash yetishtirilgan mahsulotlar miqdori va sifatiga qarab amalga oshiriladi. Shuning uchun chorvachilikdan olingan mahsulotlarni rasmiylashtiradigan hujjatlar (sut sog‘ishni hisobga olish jurnali, tug‘ilgan hayvon bolalarini kirimga olish dalolatnomasi, chorva mollarining vaznini o‘lchash qaydnomasi, chorva mollarini guruhdan-guruhga o‘tkazish dalolatnomasi va boshqalar) mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘ladi. Chorvachilik xodimlari ish- lagan vaqtining hisobi har kuni ish kuni ish vaqtini hisobga olish ta- beli(64-shakl)da yuritiladi. Ushbu hujjatlarga asosan chorvachilik xodimlariga mehnat haqi hi- sob-kitobi tuziladi. Chorvachilikdagi ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi chorva mollarining turlari, yoshi va jinsiga qarab ochiladigan analitik schotlarda quyidagi xarajat moddalari bo‘yicha yuritiladi: 1. Mehnat haqi xarajatlari ijtimoiy sug‘urta ajratmalari bilan birga, kishi-soati, so‘m; 2. Ozuqalar, ozuqa birligi, so‘m; 3. Chorva mollarini himoya qilish vositalari, so‘m; 4. Ishlar va xizmatlar, so‘m; 5. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari, so‘m; 6. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari, so‘m, 7. Sug‘urta to‘lovlari, so‘m; 8. Boshqa xarajatlar, so‘m; 204 9. Chorva mollarini yaroqsizga (brakka) chiqarish va ularning no- bud bo‘lishdan kelib chiqqan yo‘qotishlar, so‘m. 1. «Mehnat haqi xarajatlari (yagona ijtimoiy to‘lov fondiga ajrat- malar bilan)» moddasida muayyan chorva turi yoki guruhlariga qarovchi turli toifadagi ishlovchilarning ish haqi yagona ijtimoiy to‘lov fondiga ajratmalar bilan birga, ta’til vaqti uchun to‘lanadigan haqlar hamda mod- diy rag‘batlantirish fondidan ajratilgan to‘lovlar aks ettiriladi. 2. «Chorva mollarini himoyalash vositalari» moddasida xo‘jalikning o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olinib, sarflangan bioprepa- ratlar, dori-darmonlar va dezinfeksiyalovchi vositalar hamda ularni ish- latish bilan bog‘liq sarflar hisobga olinadi. Budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan sotib olinib, foydalanil- gan biopreparatlar, dori-darmonlar va dezinfeksiyalovchi vositalari bu moddaga yozilmaydi. 3. «Yem-xashak» moddasida xo‘jalikning o‘zida ishlab chiqarilgan va chetdan sotib olingan yem-xashaklarning chorva mollariga (ish hay- vonlarini ham qo‘shib), parrandalarga va boshqa turdagi chorva mol- lariga sarflanishi hisobga olinadi. Sotib olingan va xo‘jalikning o‘zida tayyorlangan yem-xashaklar sarflanishi «yem-xashak sarfi» jurnali (35- shakl)da alohida ularning turlari bo‘yicha hisobga olinganligi sababli analitik hisob registrida ushbu modda bo‘yicha birlashtirib hisobga oli- nadi. Yem-xashak tayyorlash sexlarining xarajatlari ham shu moddada alohida analitik schot ochilib, hisobga olinadi va tayyorlangan yem- xashak miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 4. «Ish va xizmatlar» moddasida mazkur chorvachilik tarmog‘i uchun korxonaning o‘z yordamchi ishlab chiqarish bajargan ish va ko‘rsatgan xizmatlarining qiymati hamda chet tashkilotlarning ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lanadigan haq hisobga olinadi. Ushbu xarajat moddasida yuk avtotransporti, ot-ulov transporti, traktorlarning transport ishlari, suv ta’minoti, elektr ta’minoti, ta’mirlash ustaxonasi xarajatlari hisobga olinadi. 5. «Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari» moddasida bevosita chorvachilikda foydalanilayotgan asosiy vositalarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hisobga olinadi. Inventar va xo‘jalik jihozlari hamda moslamalarni tiklash uchun qilingan xarajatlar ham shu moddada hi- sobga olinadi. 6. «Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari» mod- dasida ferma larda, tarmoqlarda ishlab chiqarishni tashkil etish va bosh- qarish xarajatlari aks ettiriladi. 205 7. «Sug‘urta to‘lovlari» moddasida ish hayvonlari, yosh va mahsuldor mollar, parrandalar, quyonlar, asalarichilik, shuningdek, chorvachilikda foydalanilayotgan binolar, inshootlar va asbob- uskunalarning majburiy sug‘urtasiga doir to‘lovlar aks ettiriladi. Mollar bo‘yicha hisoblangan sug‘urta to‘lovlari bevosita tegishli hisob guruhining xarajatlariga o‘tkaziladi. Chorvachilikda asosiy vosi- talar bo‘yicha hisoblangan sug‘urta to‘lovlari esa chorvachilikning hisob guruhlari o‘rtasida asosiy vositalarni saqlash xarajatlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 8.«Boshqa xarajatlar» moddasida mahsulot yetishtirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, lekin yuqoridagi xarajat moddalarida hisobga olinmagan sarflar aks ettiriladi. Bularga quyidagilar kiradi: ferma atroflarini o‘rash xarajatlari, dezinfeksiya g‘ovlarini qurish va boshqa xarajatlar; to‘shamalar; sut sog‘uvchilar, molboqarlar va boshqa xodimlarga berilgan maxsus kiyim va poyafzallar, chorva mollari uchun yozgi lagyerlar, bostirmalar va boshqa nokapital inshootlarni qurish xarajatlari. Shuningdek, oldin 3100-«Kelgusi davr xarajatlari»ni hisobga oladigan (3110, 3120, 3190) schotlarda hisobga olinib, keyinchalik ularning qoplanish davri davomida bir tekis usulda yoki ishlab chiqaril- gan mahsulot(bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat)lar hajmiga mu- tanosib ravishda taqsimlanadigan xarajatlarning chorvachilikka tegishli qismi ham ushbu modda bo‘yicha hisobga olinadi. 9. «Chorva mollarini yaroqsizga (brakka) chiqarish va ularning no- bud bo‘lishidan ko‘rilgan zararlar» moddasida boquvda turgan yosh va katta yoshdagi mollar, parrandalar, asalarilar, quyonlar va boshqa hay- vonlarning nobud bo‘lishidan ko‘rilgan zararlar aks ettiriladi. Nobud bo‘lgan chorva mollari uchun aybdor shaxslardan undirib olinadigan summa va tabiiy ofatdan ko‘rilgan zararlar bu xarajatlar moddasiga yozilmaydi. Chorvachilikdagi ayrim tarmoqlarning o‘ziga xosligini hisobga olib, ularda qo‘shimcha xarajat moddalari ham belgilanishi mumkin. Parrandachilikda – «Inkubasiyaga quyilgan tuxumlar qiymati», baliqchilikda – «Suv havzalariga quyilgan baliqchalar qiymati», ipak- chilikda – «Ipak qurti qiymati», qo‘ychilikda – «Jun qirqish punkti xarajatlari» mana shunday grafalar bo‘lishi mumkin. Bu grafalarning ko‘plari bo‘yicha xarajatlar oldindan alohida analitik schotlarda hisobga olinadi va belgilangan muddatlarda ko‘rsatilgan grafalar bo‘yicha man- subligiga ko‘ra xarajatlarni hisobga olish obyektlariga o‘tkaziladi. 206 Bundan tashqari, parrandachilakda, quyonchilikda, hay- vonotchilikda, asalarichilikda katta yoshdagi parrandalar, quyonlar, hay- vonlar o‘lati va nobud bo‘lgan asalari uyasi qiymatini (moddiy javobgar shaxslarning aybi bilan o‘lat tegishi va tabiiy ofatlar tufayli halok bo‘lishidan tashqari) aks ettirish uchun alohida grafalar belgilanadi. Chorvachilikdagi xarajatlarning analitik hisobi «Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hi- sobga olish» qaydnomasida yuritiladi. Unda ishlab chiqarish xarajatlari yuqoridagi moddalar bo‘yicha guruhlanib, analitik hisob obyektlari va tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha tuziladi hamda hujjatlar aylanish grafigiga muvofiq belgilangan muddatda markaziy buxgalteriyaga topshiriladi. Bu qaydnomada xarajatlarning miqdor va qiymat ko‘rsatkichlari yoziladi- gan qatorlar, hisob obyektlari va tarkibiy bo‘linmalarni yozish uchun esa tegishli grafalar ajratilgan. Ishlab chiqarish xarajatlari qaydnomaga ikki xil: yil boshidan hi- sobot oyigacha va hisobot oyida kabi ko‘rsatkichlar ko‘rinishida yozi- ladi. Bu esa xarajatlarni nazorat qilish va yil davomidagi hamda yillik buxgalteriya hisobotini tuzishda mahsulot tannarxini hisoblash imkonini yaratadi. Qaydnoma uch qismdan iborat bo‘lib, bir yilga ochiladi. Uning birinchi, «Chorvachilik mahsuloti yetishtirish xarajatlari» bo‘limida bar- cha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar (ishlangan kishi-soat, oziq-kunlar, sarflangan em-xashaklar) va boshqa xarajatlar chorvachilik hisob gu- ruhlari bo‘yicha bir tizimga keltirilgan. Bu bo‘limda oylik xarajatlar asosiy xarajat moddalar bo‘yicha guruhlanib aks ettiriladi. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, amortizatsiya ajratmalari, inventar va xo‘jalik jihozlari sarfi kabilar alohida ko‘rsatiladi. Xarajatlar to‘g‘risi- dagi jami ma’lumotlar bir oylik vayilboshidan o‘sib borish tartibida aks ettiriladi. Qaydnomaning ikkinchi «Chorvachilik mahsulotlar chiqishi» bo‘limida chorvachilikdan olingan asosiy va yordamchi mahsulotlar turlari, miqdori va reja tannarxi yoki shartnoma bahosi bo‘yicha aniqlangan qiymati, ya’ni 2012-«Chorvachilik ishlab chiqarishi» schotining krediti va boshqa korrespondensiyalanuvchi (1010-1090, 2010, 2810 va b.) schotlarning debetiga yoziladigan ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. Bu bo‘limda aks ettirilgan ma’lumotlar moddiy boyliklarning hara- kati to‘g‘risidagi hisobot (121-shakl), hayvon va parrandalarning hara- kati to‘g‘risidagi hisobot (102-shakl), hayvonlarning harakatini hisobga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling