O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


-rasm. Kichik tadbirkorlik subyektida buxgalteriya hisobini tashkil


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
3.6-rasm. Kichik tadbirkorlik subyektida buxgalteriya hisobini tashkil 
etish sxemasi (ikki yoqlama yozuv usuli asosida) 
BALANS va hisobotning boshqa shakllari 
Xo‘jalik muomalalarini hisobga olish daftari 
(К‐1 shakl) 
Hisob‐kitob schyotlari bo‘yicha hisob‐
kitoblarni hisobga olish qaydnomasi 
Dastlabki hujjatlar
Pul
 mablag‘lari
 va
 
qimmatli
 qog‘ozlarni
 
hisobga
 olis
h
 daftari
  
Asosiy
 vositalarni
 
hisobga
 olis
h
 daftari
 
Ishlab
 chiqarish
 
zaxirala
rinih
isobga
 olish
 
daftari
  
Ishlab
 chisarish
 
xarajat
larini
 va
 mahsulot
chiqishini
 hisobga
 olish
 
daftari
 
Yosh
 mol
 va
 
parrandalarni
 hisobga
 
olish
 daftari
 
Shartnomal
arni,
 
jo‘natiladigan
 va
 kelib
 
tushadigan
 hujjatlarni
 
ro‘yxatga
 o
lish
 daftari
 


 
 
114
Kichik tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tib, bankda schot 
ochib; soliq, sug‘urta, nafaqa fondi, bandlik xizmati va boshqa tegishli 
davlat organlari va nodavlat tashkilotlaridan ro‘yxatdan o‘tganidan 
so‘ng faoliyat boshlaydi. Bunda avvalo, mavjud mablag‘lari va 
mablag‘lar manbalarini umumlashtirib dastlabki balans tuziladi. 
Soddalashtirilgan buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan 
shakli, agar kichik tadbirkorlik subyektlarida mahsulot ishlab chiqarish 
yoki ish bajarish bilan shug‘ullanilmasa tashkil etiladi. Bunda quyidagi 
hisob qaydnoma foydalaniladi: 
a) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish qaydno-
masi; 
b) moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish qaydnomasi; 
v) kapital quyilmalarni hisobga olish qaydnomasi; 
g) tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish qaydnomasi; 
d) boquvdagi va o‘stirishdagi hayvonlarni hisobga olish qaydno-
masi; 
e) xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish 
qaydnomasi; 
j) boshqa debitorlik qarzlarni hisobga olish qaydnomasi; 
z) pul mablag‘larini hisobga olish qaydnomasi; 
i) mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hi-
sobga olish qaydnomasi; 
k) hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydno-
masi; 
l) mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish 
qaydnomasi; 
m) boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi; 
n) xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi; 
o) hisobot davri xarajat(sarf)larini hisobga olish qaydnomasi; 
p) dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va 
mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi; 
r) chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va 
mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi; 
s) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga 
olish qaydnomasi; 
t) sof foyda (zarar) ni hisoblash qaydnomasi; 
u) xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasi. 


 
 
115
Yuqorida sanab o‘tilgan qaydnomalarning har biri, qoidaga ko‘ra 
buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schotlarning bittasi bo‘yicha 
muomalalarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi.  
Buxgalteriya hisobning soddalashtirilgan shaklini qo‘llash sharo-
itida, xo‘jalik muomalasi shaxmat yozuvi ko‘rinishida bir marta yozi-
ladigan jurnal-orderdan farqli bo‘lib, har bir xo‘jalik muomalasi ikkita 
usul bilan rasmiylashtiriladi: bitta qaydnomada – schotning debeti 
bo‘yicha yozuv, kreditlanuvchi schotni ko‘rsatgan holda («korrespon-
densiyalanuvchi schot» grafasida), boshqasida esa korrespondensiya-
lanuvchi schotning krediti bo‘yicha bir vaqtning o‘zida debetlanuvchi 
schotni ko‘rsatilgan holda.  
Ushbu qaydnomalarning jami umumlashtiruvchi shaxmat qaydno-
masini jamlanma qaydnomasi to‘ldirish uchun asos bo‘lib, unda tegishli 
qaydnomada ko‘rsatilgan har bir schotning debeti va krediti bo‘yicha 
yozuvlar aks ettiriladi. Umumlashtiruvchi shaxmat qaydnomasining 
mazmuni gorizont bo‘yicha qaydnomalarning nomerlarini ularning o‘sib 
borish tartibida, vertikal bo‘yicha esa schotlar raqamlarining o‘sib borish 
tartibi va nomlaridan iborat. Yozuvlar qaydnomalardan tegishli schotlar 
bo‘yicha kredit oborotlarini «Korrespondensiyalanuvchi  schot» grafasi 
bo‘yicha ushbu oborotlarni tegishli schotlarning debetiga tarqatib yozish 
(raznoska) yo‘li bilan amalga oshiriladi.  
Shaxmat qaydnomasi qo‘llaniladigan schotlar bo‘yicha oylik 
umumlashtiruvchi registr hisoblanadi va nazorat ahamiyatiga ega. U 
nafaqat joriy oy uchun axborotlarni umumlashtirish maqsadida, balki 
buxgalteriya hisobi schotlari bo‘yicha amalga oshirilgan yozuvlarning 
to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish uchun ham xizmat qiladi. Xususan, bu 
tarqatib yozish vaqtida aniqlanib, uning natijasida har bir schot bo‘yicha 
jamlangan debet summasi mazkur schot bo‘yicha tegishli qaydnomada 
aks ettirilgan debet oboroti summasiga teng bo‘lishi lozim.  
Har bir schotning debeti bo‘yicha aniqlangan jami summalar 
qo‘shiladi. Aniqlangan natija schotlarning krediti bo‘yicha umumiy 
oborotlar summasiga teng bo‘lishi lozim. Har bir schot bo‘yicha debet 
va kredit oborotlari oborot qaydnomasiga o‘tkazilib, unda har bir schot 
bo‘yicha hisobot davridan keyingi oyning birinchi sanasiga qoldiq 
chiqariladi (3.7-rasm). 
 
 
 
 


 
 
116
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling