O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

2.5.
Turistik infratuzilmalar 
Turistik infratuzilmalar o‘z tarkibiga mehmonxonalar, ovqatlanish 
korxonalari, aloqa yo‘llari yig‘indisi (yo‘llar, shox yo‘llar, aeroportlar, kemalar 
to‘xtaydigan joylar h.k.), kommunikatsiyalar (suv quvurlari, elektr tarmoqlari, 
markaziy isitish korxonalari, oqova suv tarmoqlari, axlat to‘plovchi korxonalar, 
telefon, aloqa, (pochta bo‘limlari), huquqni himoya qilish, jamoat – tartibini 
saqlovchi idoralar, tibbiyot tashkilotlari, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, 
do‘konlar, sport inshoatlarini birlashtiradi va turistik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar 
bilan chambarchas holda bog‘langandir. 
Turistik infratuzilmalar turistik zaruriy shart-sharoitlarini, sayyohlarning 
xavfsizligi, sog‘lik-salomatligini ta’minlashga qaratilgan. Ma’lumki, sayyoh uchun 
qaysi bir joyda tinchlik osoyishtalik, maishiy qo‘laylik yaratilgan bo‘lsa, u o‘sha 


27 
joyga borishga intiladi. Turist avtomobildami, poyezddami, mehmonxonadami 
qisqasi qayerda bo‘lmasin u o‘zini xavf – xatarsiz holda sezishi, unga zarurat birinchi 
yordam ko‘rsatilishi zarur. Moboda zarurat tug‘ilsa, u yer kurrasining har qanday joyi 
bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lishi, yuqori darajada tibbiyot maslahatlari
zaruriy servis xizmati olish imkoniga ega bo‘ladi. Huquqni himoya qilish va turistlar 
xavfsizligini ta’minlovchi tashkilotlar sayyohlarni har qanday xavf-xatarlardan 
himoya etishi lozim. Ko‘pgina mamlakatlarda sayyohlarni quriqlovchi maxsus 
politsiyalar tashkil qilingan. Xalqaro turizmda yana muhim narsa shundan iboratki
turistlarni joylashtirish joylarida (mehmonxonalar, turbazalar, sanatoriyalar, kongress 
markazlari h.k.) xalqaro andozalarga mos kelgan holda sayyohlar uchun o‘zining 
jismoniy formasini saqlab turish uchun sport maydonchalari, suzish basseynlari, 
trenajerlar, yugurish yo‘lakchalari bo‘lishi talab etiladi. Undan tashqari xorijiy 
sayyohlar talab va takliflarini hisobga olgan holda axborot markazlarining bo‘lishi, 
unda xorijiy sayyohlarga o‘z ona tilida turli xil xizmat turlaridan foydalanishni talab 
etadi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling