O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

 
5.4. Turistik mashulot tushunchasi
 
Bozorda har qanday firmaning muvaffaqiyati birinchi navbatda u ishlab 
chiqarayotgan mahsulotni o‘ziga jalb qila olishiga bog‘liq. U mahsulot narxi, bozorda 
o‘tishi va tarqalishi singari bir qator elementlar bilan bog‘liq holda marketing 
kompleksining o‘zagini tashkil qiladi. Mahsulot iqtisodiy kategoriya sifatida keng 
mazmunga ega. Shuning uchun bo‘lsa kerak, hozirgacha uning umumiy qabul 
qilingan belgisi yo‘q. AQSH Shimoliy – G‘arb universiteti marketing professori, 
Amerika marketing assotsiatsiyasi faol a’zosi F.Kotler unga quyidagicha ta’rif beradi: 
«Mahsulot – xohishni yoki zaruratni qondiradi va bozorda sotib olish, foydalanish 
yoki iste’mol qilish maqsadida diqqatni o‘ziga jalb etadi. Jismoniy ob’ektlar, 
xizmatlar, g‘oyalar va boshqalar mahsulotlar hisoblanadi. 
Turizmda mahsulot ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, kompleks 
xizmat ko‘rsatish sifatida, ya’ni turistlarga bitta paketda sotiladigan xizmatlar 
to‘plami, turistik mahsulotning bunda qabul qilinishi birinchi navbatda 
iste’molchilarga xosdir. Bu ishlab chiquruvchi fikridan farq qiladi. Agar yetkazib 
beruvchi shaxslardan nima chiqarayotganini so‘rasangiz tashuvchi transport 
xizmatini, otellar – joylashtirish xizmatini, tematik parklar – sayr tomosha 


106 
xizmatlarini va boshqalarni aytishadi. Ular tomonidan taqdim etilayotgan 
xizmatlarning aniq turi mahsulot hisoblanadi. Bunday holda xizmatlar paketining 
tarkibiy qismi turistik mahsulotlar hisoblanadi. 
Turistik mahsulotlarni iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar turlicha qabul 
qilishlari turizm sohasida iqtisodiy tadqiqotlarni o‘ta murakkablashtiradi. Muammo 
shundan iboratki, bozorga olib chiqilayotgan mahsulotlar hamisha ham iste’molchilar 
talabiga mos kelavermaydi. Turistlar turistik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga 
qaraganda kengroq ekanligini tushinishadi. Bundan tashqari, kishilar safarlarni sotib 
olishar ekan, oddiy xizmatlar to‘plamini emas, balki amalda mutlaqo boshqa 
narsalarni qidirishadi. Birovlar ta’tilga chiqib, xordiq chaqrish, oftobda toblanish, 
sog‘liqni tiklash uchun kurortga putyovka olishadi, boshqalar ish doirasida 
muzokaralar olib borish, shartnomalar tuzish uchun safarga junaydilar. Bunday 
olganda turistlar oldi-sotdi savdosi sifatida klassik ma’nodagi mahsulotlarga emas
yangi taasurotlar, sarguzashtlar va biznesni kengaytirish imkoniyatlari va boshqalarga 
ehtiyoj sezishadi. 
Taniqli ingliz turizmshunosi V.Midlton fikriga ko‘ra, kompleks turistik 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling