O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Turoperatorlik sektori. Operatorlik sektorida takliflar xususiyatlarini havo 
transportidan foydalanib turistik safarlar tashkil etuvchi firma misolida ko‘rib 
chiqamiz. Ular Yevropada 1950-yillar boshida paydo bo‘lgandi. Bu davrda ko‘pchilik 
aviakompaniyalar mashina parklarini urushdan qolgan uchuvchi texnika hisobiga 
kengaytirib, o‘tkaziladigan o‘rindiqlarni to‘ldiraolmaslik muammosiga duch 
kelishgandi. Yangi sharoitda turoperatorlar aviatashish bozoriga ulgurjichilar sifatida 
chiqishdi. To‘lmay qolgan o‘rinlarni butun bloklari bilan chegirma asosida sotib 
oldilar. Ularning narxi e’lon qilingan aviatariflardan ancha past edi va 
aviakompaniyalar chiqimlari o‘zgarishida past darajagacha tushishi mumkin edi, 
qaysikim umumiy hajmda ma’lumki, chiqim kam. Har bir aniq vaziyatda so‘nggi 
qat’iy narx turoperatorni avikompaniya vakili bilan savdolashgan muzokarasidan 
keyin e’lon qilinardi. Sotish bozorini saqalsh maqsadida qaysikim aviabilet to‘liq 
narxda realizatsiya qilinadi, aviakompaniya o‘rinlarni vositachilarga qayta sotish 
shartini qo‘yaboshladi. O‘sha shartlardan ayrimlari hozirgi kungacha ham amal 
qilayapti. Muhimi shundaki, aviatashish xizmatlar paketiga qo‘shilgan bo‘lishi kerak 
va uning ajralmas qismi sifatida joylashtirish, ovqatlanish, sayr-tomosha va boshqalar 
bilan birga sotilishi lozim. Bu turoperatorlarni pekidj-turlar tashkil qilish bilan 
shug‘ullanishga majbur qildi. Ularni amalga oshirishning barcha tijoriy qaltisliklarini 
turoperatorlar o‘z zimmalariga oldilar. 


138 
Xizmatlar paketini shakllantirishda turoperatorlar joylashtirish korxonasi bilan 
tijoriy aloqalarni yo‘lga qo‘yadilar. Ular bilan ishlash tashuvchilar bilan ishlash 
singari shartnoma prinsiplariga quriladi. Shartnomaning bir necha tiplari mavjud: 
 30-80 % kafolat bilan to‘ldiriladigan o‘rinlar kvotasi haqida shartnoma. 
Bunga ko‘ra firma oteldan ma’lum o‘ringa kvota oladi. Kelishilgan 
muddatda ularning ajratilgan soniga to‘ldirilganidan qat’iy nazar 30 % dan 
80 % gacha to‘lash majburiyatini oladi. Qolgan kvotalar bo‘sh qolgan 
hollarda bekor qilinishi mumkin. O‘z navbatida otel firma uchun turistlarni 
joylashtirishga imtiyozli narxlar belgilaydi; 
 o‘rin kvotalari kafolatsiz to‘ldirilgani haqida shartnoma, yuqorida ko‘rib 
chiqilganidan farqli ravishda bu shartnoma otel va turistik firma o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlarni yumshoqroq shaklda mutahkamlaydi. U uni taqdim 
etilgan o‘rinlarni to‘ldirish majburiyatidan ozod etadi deb, zarurat tug‘ilsa 
ularni bekor qiladi, lekin otel bilan odatdagi tariflarda hisob-kitob qiladi; 
 o‘rinni to‘liq to‘lagan holda qat’iy ajratilgan o‘rinlar kvotasi uchun otelga 
to‘liq 
to‘lovni kafolatlaydi, hatto ulardan foydalanilmasa ham, 
joylashtirishning narxini pasaytirish uchun savdolashadi.
Tomonlar narxlarni muhokama qilish va kelishuv chog‘ida shuningdek 
mavsumiylik omillarini (mavsumiy va nomavsumiy narxlar o‘rtasidagi farq 20-25 % 
ga yetadi), otel yuklanish darajasi, operatsiyalar umumiy hajmi, aloqalar harakteri 
(bir martali yoki uzoq muddatli hamkorlik) va boshqalarni ham hisobga oladilar. 
Amalda turistik xizmatlarni amalga oshirish, ayniqsa pekidj turlarni, turistik 
firmalar o‘rtasidagi shartnomalarni istiqbolli ko‘rinish olish ahamiyatiga ega. 
Qaysikim, tashabbuskorlik (yo‘naltiruvchi) va resiptivli (qabul qiluvchi) ga bo‘linadi. 
Qabul qiluvchi mamlakatlarning turoperator bilan hamkorligi ko‘pincha turistik 
korxonalar bilan bevosita aloqalarga qaraganda qulayroq bo‘lib chiqadi. Ichki 
bozorda ishlash tajribasiga ega jiddiy mahalliy firma o‘z mamlakatida turstik xizmat 
ko‘rsatish kompleksiga juda jalb etuvchi narxlar taklif etishi mumkin, shuningdek 
vizaviy qo‘llab-quvvatlanishi ta’minlaydi. Pekidj-turni uzil-kesil rasmiylashtirishda 
jo‘natuvchi turtashkilotchiga faqat u sotib olgan xalqaro tashish xizmatlarini 
to‘ldirishgina qoladi. Shartnoma teroperator ishini sezilarli soddalashtiradi va uni 
daromadliroq qiladi. 
Muntazam reyslarga o‘rinlar blokini sotib olishni boshlar ekan, turoperator 
asta-sekin xususiy charter dasturini amalga oshirish uchun butun samolyotlarni 
ijaraga olishga o‘tdi. Transport vositalarini ijaraga olish haqida shartnoma tuzar ekan, 
ulgurjichilar aviakompaniyalardan xalqaro tashishlarga sezilarli chegirma olishga 
intiladilar. Aviatarifni kamaytirish, ba’zan safar qiymatining 2/3 yetadi, ularga 
raqobatbardosh narxga ega bo‘lish imkonini beradi. 
Shunga qaramay, aviacharter operatsiyalari yuqori darajada qaltislikka ham 
ega. Har bir turistik firma, hamma vaqt ham samolyotni to‘liq yo‘lovchi bilan 
ta’minlay olmaydi, bu esa uning uchun moliyaviy yo‘qotish demakdir. Buning uchun 
keng va barqaror bozor zarur, qaysikim bunga yirik ulgurjichilargina egadir. Ammo 
biroq kichik va o‘rta turoperatorlar ham ma’lum shartlar bilan aviacharterlardan 
foydalanishi mumkin. Ijaraga olingan samolyotning egasi tez-tez mavjud o‘rinlarning 


139 
bir qismini pudrat shartnomasi asosida boshqa turistik firmalarga beradi. Bunda 
tashish bahosi oshsada, baribir pudratga oluvchi uchun foydalidir. 
Muvaffaqiyatli charter dasturlari juda ko‘p turoperatorlarga, ayniqsa 
Buyukbritaniya, Skandinaviya mamlakatlari va Germaniyada samolyotlar sotib olish 
va dasturlarni xususiy aviatransportlarda davom ettirish imkonini berdi. Yirik 
turopeatorlar shuningdek avtobuslariga ham ega bo‘lishdi, ular sayr-tomosha 
ob’ektlari, ba’zan joylashtirish vositalariga ham egalik qilishadi. 
Turistik xizmatlar paketiga narxlar kalkulyatsiyasi masalasi alohida ko‘rib 
chiqishga loyiq. Amalda turoperatorlar narx shakllanishining uch usulidan 
foydalanishadi: chiqim mo‘ljali bilan, talabga va raqobatga qarab. Birinchi usul 
bo‘yicha narx to‘liq summa sifatida hisoblanadi, turistik mahsulot ishlab chiqarish 
chiqimli va daromad chiqimdan ziyod foiz sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi usul 
narxni belgilash va talabni baholash va o‘rganishga asoslangan. Bu konkret maqsadli 
bozor uchun ma’quldir. Narxlarni mo‘ljal bilan kalkulyatsiyalashda raqobatga kirish 
o‘xshash turlarga narx darajasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday yondoshuv juda jalb 
qiluvchi va o‘sha turoperatorlar uchun qulaydir. Chunki ular o‘z xususiy marketing 
tadqiqotlarini o‘tkazish imkoniga ega emaslar. Har uchala usul ham oqilona 
qo‘llanganda raqobatga dosh beradigan narx belgilashga yordam beradi, iste’mol 
talablarini rag‘batlantiradi va sayohat tashkilotchisiga daromadni ta’minlaydi. 
Turistik mahsulotga narx belgilash bir qator qiyinchiliklar bilan kechadi, bu 
noaniqlik omillaridan kelib chiqadi va iste’molchiga ma’lum qilinadi, qaysikim uning 
hamma jihatlari ham ma’lum emas. Shuning uchun turoperator taxminiy 
baholashlarga tayanadi. U oldindan turistlar tashish va joylashish vositalariga 
yuklanish foizini hisoblab chiqishi, valyuta kursini aniqlashi lozim. Valyuta kursi 
xorijiy sheriklar bilan hisob-kitob qilishda e’lon qilinadi va bozordagi narx bilan 
muvofiqlashtiriladi. Yo‘l qo‘yilgan noaniqliklar bevosita firma moliyaviy 
ko‘rsatkichlarida aks etadi. Zararga yo‘l qo‘ymaslik uchun turoperator boriladigan 
mamlakat pul birligida narx belgilashi mumkin, qonunchilikda ruxsat berilgan bo‘lsa, 
muddatga valyuta sotib oladi, yoki boshlanishda sotish narxi uzil-kesil emasligini 
ko‘rsatadi. Yuklanish koeffitsiyentini aniqlash bilan bog‘liq qaltisliklar qisman narx 
ustiga qo‘yiladi. 
Avia uchishlar bilan safarlarga ixtisoslashgan bir klassik operator xo‘jalik 
faoliyati natijalarini ko‘rib chiqamiz. Aviatashish va joylashtirish harajatlarning 
asosiy statiyasi hisoblanadi. Chiqimning xuddi shu turi turoperator taklifini aniqlaydi. 
Turoperator pekiej turni iste’molchi uchun maqbul keladigan narx belgilabgina 
amalga oshirishi mumkin. Agar turistik xizmatlarni butun paketini sotib olish uning 
tarkibiga kiruvchi alohida xizmatlarni sotib olishdan ma’qulroq bo‘lsa, oldi-sotdi 
dalolatnomasi tuziladi. Amalda yutuq 15-40 % ga yetadi, ba’zan esa undanda ko‘proq 
bo‘ladi.
Pekidj – tur raqobatbardoshligi yetkazib boruvchilar taqdim etadigan 
xizmatlarga ulgurji chegirmalar tufayli ta’minlanadi. Ammo vaqti-vaqti bilan, 
ayniqsa nomavsumda aviakompaniyalar va joylashtirish vositalari belvosita 
kanallardan foydalanish rad etishadi. O‘z xizmatlarini to‘liq narxda bevosita 
iste’molchilarga sotishni ma’qul ko‘rishadi. Tegishli ravishda bozorda turoperator 
xulqi o‘zgaradi. 


140 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling