O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


  VI Bob. XALQARO TURIZM GEOGRAFIYASI


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

 


141 
VI Bob. XALQARO TURIZM GEOGRAFIYASI 
6.1. Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadidagi turizm. 
6.2. Ishga aloqador turizm.
6.3. Diniy turizm.
6.4. Davolash – sog‘lomlashtirish turizmi. 
6.1. Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadidagi turizm 
Rekratsion turizm (dam olish va davolanish) bir qator davlatlarda ko‘proq 
ommaviy shakllardan hisoblanadi. Sayyohlar Ispaniya, Italiya, Fransiya, Avstraliyaga 
safar qilishar ekan, avvalo dam olish va davolanishni ko‘zda tutadilar. Turizmning bu 
turiga xos harakter sayyohatning davomiyligidir. Yo‘nalishga kiruvchi shaharlar 
sonining kamligi turistning bir joyda uzoq muddatda bo‘lishga imkon yaratadi. 
Ommaviy safarning boshqa xususiyati esa dam olish safariga borganda, sayyohning 
joylashishida xonaga bo‘lgan talabidadir. 
Ma’lumki, ko‘ngilochish turizmi butun jahonda mashhurdir. Turizmning bu 
turi rang-barangligiga qaramay, uning turlari davomiyligi uncha kata emas, boru-
yo‘g‘i 3-4 kun hisoblanadi. Yevropada mamlakatlarida rojdestvo bayrami - turlari 
keng tarqalgan. Bu turlar dasturi asosan ko‘ngilochish (bayram tadbirlariga, 
restoranlar, konsertlar va boshqalarga tashrif buyurish) tadbirlaridan iborat. 
Ko‘ngilochish va dam olish maqsadidagi turizm xususiyatlari. Ko‘ngil 
ochish va dam olish maqsadidagi turistik oqimlar ko‘proq ommaviylik kasb etadi va 
butun xalqaro turizm tarkibini belgilaydi. Turizmning ushbu yo‘nalishi Yevropa, 
Shimoliy Amerika, Osiyo – Tinch okeani mamlakatlari hududida tarkib topgan. 
Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadidagi turizmning muhim jihatlari shundaki, unda 
ichki hududiy safarlar, asosiy tarzda qo‘shni mamlakatlarda, hududlararo safarlardan 
ustun turadi. 90-yillar davomida chiqish turistik oqimida ularning nisbati o‘zgargani 
yo‘q va 82:18 ni tashkil etgan. Yevropada ichki hudud turistik oqimlarga hamma 
jo‘nab ketishlarning 90 % to‘g‘ri keladi. Amerika va Osiyoda chiqish turizmi 
tarkibida hududlararo safarlar o‘z o‘rnini mustahkam saqlab turibdi. BTT prognozlari 
bo‘yicha, uchinchi ming yillik boshlarida jahonda ichki va hududlararo turistik 
oqimlar biroz o‘zgaradi, hududlararo turistik almashishuv ichki hududga nisbatan 
jadal rivojlanadi. Osiyo-Tinch okeani hududidan Amerika va Yevropaga jo‘nab 
ketuvchi turistlar soni nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi kutilmoqda. Bu ko‘p 
jihatdan umumiy manzarani belgilab beradi. Natijada 2020 yilga borib, hududlararo 
turistik safarlar ulushi 24 % ortadi, ichki hududiy safarlar tegishli ravishda 76 % 
gacha kamayadi. Ichki hududiy almashinuvlarning mustahkamlik rolidan tashqari 
ko‘ngil ochish va dam olish maqsadiga xalqaro turizmning yana ikki xususiyatini 
ajratish lozim. Ulardan biri turistik oqimlarni merdional yo‘nalishda ekanligidan 
iborat. Shimoliy mamlakatlarda turistlar iliq dengiz qirg‘oqlarida dam olishni xush 
ko‘radilar. Amerikaliklar va kanadaliklar Karib xududi mamlakatlari kurortlarining 
asosiy tashrif buyuruvchilari hisoblanishadi. Yevropada turizmning cho‘milish – 
plyajlari turi O‘rta yer dengizi tqirg‘oqlarida to‘plangan. Bu yerda asosan 
norvegiyaliklar, daniyaliklar, finlar, shvedlar, irlandlar o‘z ta’tillarini o‘tkazadilar. 


142 
Keyingi vaqtlarda qarma-qarshi turistik oqimlarni janubdan shimolga kengayishi 
kuzatilmoqda. Turistik yo‘nalish sifatida Shimoliy Yevropaning jozibadorligi ko‘p 
jihatdan Skandinaviya va bir qator davlatlarda valyuta devolvatsiyasi bilan 
izohlanadi. Shuningdek, ularda xavfsizlik, tabiiy muhitning yaxshi saqlanib 
qolganligi ham turistlarni jalb etadi. 
Nihoyat, birinchisining qat’iy o‘rni saqlanib qolgan holda sobiq metropoliya 
va ularning mustamlakalari o‘rtasida turistlar almashinuvi rivojlanmoqda. An’anaviy 
aloqalarning mustahkamlanishi va til to‘siqlarining yo‘qligi, eng avvalo iqtisodiy va 
madaniy sohalarda ular o‘rtasida turistik munosabatlar kengayishidan dalolat 
beruvchi muhim belgilardan hisoblanadi. Mahalliy madaniyatning o‘ziga xos 
betakrorligi, yevropaliklarni jalb etayotgan xususiyatlardir. Inglizlar va niderlandlar, 
ispanlar va portugallarni tarixiy o‘tmishga va hozirgi sobiq mustamlakalarga qiziqish 
safarga chorlamoqda. 
Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadidagi turizmning eng yirik bozori 
Yevropada hosil bo‘lgan. Uning asosan ikki qismi G‘arbiy va Janubiy subregioni 
alohida ajralib turadi. Hududga keluvchi barcha turistlarning 60% ularga to‘g‘ri 
keladi. Bu yerda Yevropa turistik oqimining asosi shakllanadi. BTT ma’lumotlariga 
ko‘ra, Yevropada kirish turistik oqimida ichki hududiy safarlar ulushi chiqishga 
nisbatan ancha kam. Bu ulushlar kattaligi boshqa turistik hududlarda ham mos 
kelmaydi. 
Yevropada ichki hududiy turizm harakteri jahoning boshqa hududlariga 
qaraganda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Maydoni hududiga nisbatan kichik qo‘shni 
bo‘lib zich joylashgan juda ko‘p davlatlar o‘rtasida mustahkam iqtisodiy, madaniy, 
etnik aloqalar, ajoyib yer usti transport kommunikatsiyalari, turistik bordi-keldilarda 
ortiqcha rasmiyatchiliklarning yo‘qligi, turistik infratuzilmaning rivojlanganligi, 
diqqatga sazovar joylarning ko‘pligi ichki Yevropa turistik almashinuvlarga katta 
imkoniyatlar yaratadi. Yevropaga barcha kelishlarning 4/5 uning hissasiga to‘g‘ri 
keladi. 
Dunyo miqyosi bo‘yicha hududlararo turistik almashinuv zaif rivojlangan. 
Unda Amerika qit’asi, ayniqsa AQSH muhim rol o‘ynaydi va Yevropaga kelishlar 
soni bo‘yicha o‘nlikka kiruvchi yevropalik bo‘lmagan yagona mamlakat 
hisoboblanadi. Yevropa va dunyoda eng ko‘p turistlar tashrif buyuruvchi mamlakat-
Fransiya hisoblanadi. U asosan YEI mamlakatlaridan va ko‘hna dunyoda dam 
oluvchi har beshinchi turistni qabul qiladi. Nisbatan jadal turistik almashinuv 
Germaniya, Buyukbritaniya va Benilyuks mamlakatlarida mavdud. 
Keyingi vaqtda chiqish turizmining fransuz bozorida yangi tendensiyasi 
paydo bo‘ldi. Shengen bitimi qabul qilingandan va birlashgan Yevropa mamlakatlari 
o‘rtasida viza rejimi bekor qilingandan so‘ng Fransiyada qisqa muddatli safarlar 
ulushi o‘smoqda. Uzoq muddatli safarlar salmog‘i esa kamayapti. Fransiya hamon 
dunyoda eng ommaviy turistik yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Ammo uzoq muddatli dam 
olish joyi sifatida jozibasini yo‘qotmoqda va turistlar asosiy ta’tillarini boshqa 
mamlakatlarda o‘tkazishmoqda.
Fransiyadan tashqari Ispaniya xorijlik turistlarni qabul qiluvchi bosh Yevropa 
mamlakatlari bo‘lib hisoblanmoqda. Bu ikki mamlakatda har yili 80 mln. dan ziyod 
cho‘milish – plyaj va dam olishiga keluvchilarni qayd etilmoqda. Asosiy turistlar 


143 
oqimi G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Ispaniyada har beshinchi dam 
oluvchi Germaniya yoki Buyukbritaniya fuqarosidir. Italiyada sobiq Yugoslaviya 
respublikasi, Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Avstriya fuqarolari ta’tillarini 
o‘tkazishadi. 
Bugun Fransiya, Ispaniya va Italiyada ichki turistik almashinuv kuchli 
kechayapti. BTT prognozlariga ko‘ra, 2020 yilga borib ularning turistik birinchiligi 
o‘rniga yevropaliklarning O‘rta yer dengizi Yevropa qismi turisttik markazlariga 
sayohat qilishi egallaydi. Asta-sekin turizmning olis bozorlari, xususan Yaponiya, 
Osiyoning yangi industrial mamlakatlari, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerika 
birinchi o‘ringa intila boshlaydilar. Turistlarni jalb qilish uchun ular turistik 
mahsulotlarni yangilashga intilishadi. O‘zlarining savdo markazlarini almashtiradilar, 
istiqbolli kambag‘al bozorlarni izlashni faollashtiradilar. Ularning ayrimlari 
hozirdanoq tegishli chora-tadbirlarni ko‘rmoqdalar. Uchinchi ming yillik arafasida 
Ispaniya turizm sohasida o‘z davlat siyosatini ko‘rib chiqdi. Bu unga jahon turizm 
bozorida mavqeini ancha mustahkamlashga imkon yaratdi. Yevropada chiqish 
turizmi geografiyasida Amerika ulushi kamayadi va tashqaridagi hududlar – Afrika, 
Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda ulushi ortadi. 
Chiqish turizmining eng yirik bozori Germaniyada shakllandi. So‘nggi 
yillarda nemislar 80 mln.ga yaqin xorijiy safarni amalga oshirishdi. Ularning soni 
yiliga o‘rtacha 5 % ga ko‘payayapti. BTT prognozlari bo‘yicha 2020 yilga borib 
Germaniyada chiqish turizmi 2 martadan ko‘proqqa ortadi va 163,5 mln. safarni 
tashkil qiladi. Jahonda har o‘n safardan biri nemis fuqarolari ulushiga to‘g‘ri keladi 
va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Germaniya o‘zining yetakchiligini saqlab qoladi. 
Chiqish turizmining nemis bozorida avj olishi harakterlidir. 90 % dan ortiq 
safarlar Yevropa hududi doirasida amalga oshiriladi. BTT ma’lumotlarga ko‘ra, eng 
yirik o‘nta turistik oqimlarning beshtasi Germaniyada tashkil qilinadi. 
Nemislar o‘z ta’tillarini G‘arbiy va Janubiy Yevropada: Ispaniya, Italiya, 
Avstriya, Fransiya, Gresiya, Niderlandiya, Shveysariyada o‘tkazishni ma’qul 
ko‘rishadi. Keyingi vaqtlarda turistlar uchun Markaziy va Sharqiy Yevropa – Polsha, 
Chexiya, Vengriya ommaviy turizmda mashhur bo‘lib bormoqda. Turstik yo‘nalish 
sifatida bu mamlakatlar bosh ustunliklaridan biri ularning nisbatan arzonligidir. Misol 
uchun, chegara rayonlarida yashovchi ko‘pchilik nemislar tushlik paytida ovqatlanish 
uchun Chexiyaga borishadi. 
Demokratlashtirish jarayonlari turistik talablar geografiyasiga sezilarli 
o‘zgartirishlar kiritdi. Ular bir tomondan G‘arbiy Yevropa, ikkinchi tomondan 
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlar o‘rtasida ichki hududiy almashinuv 
ulushining ortishiga imkon yaratdi. Totalitor rejimning qulashi va «Temir 
pardalar»ning olib tashlanishi sobiq sotsialistik mamlakatlar fuqarolariga g‘arb 
qadriyatlari bilan yaqinroq tanishishga sharoit yaratdi. Shuningdek shopping 
maqsadlar bilan sayohat qilishga imkon berdi. Chexiya aholisining turistik faolligi 
keskin oshdi, chiqish turizmi hajmi bo‘yicha Fransiya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya 
va boshqa Yevropa mamlakatlarini quvib o‘tdi. Chexiya Respublikasi statistik xizmat 
mahkamasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yili chex fuqarolari xorijga 40 mln. ga 
yaqin turistik safar uyushtirishgan. Turistik bozor Polsha, Vengriya, Ruminiya, 
Slovaniya va boshqa davlatlarda taraqqiy etmoqda.


144 
Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadida turizm Amerikada ham keng 
rivojlanib bormoqda. Kelishlar bo‘yicha Yevropadan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan 
Amerika hududi butun jahondan turistlarni jalb etadi. Kirish turistik oqimi to‘rt 
subregion o‘rtasida taqsimlanadi: Shimoliy Amerikaning Karib hududi, orol 
davlatlari, Janubiy Amerika va Markaziy Amerika. Har o‘n turistik kelishlarning 
yettitasi g‘arbiy yarim sharda Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri keladi. Uning ulushi asta-
sekin kamayib borayotganiga qaramay, hamon yetakchi bo‘lib qolmoqda. Ayni 
vaqtda Karib havzasi mamlakatlari, Markaziy va ayniqsa Janubiy Amerika salmog‘i 
ko‘payapti. 
Janubiy Amerika jadal sur’atda turistik kelishlar sonini oshirmoqda. U noyob 
tabiiy ob’ektlarga va tarixiy – madaniy yodgorliklarga boy. Shuning uchun ham 
Janubiy Amerika yo‘nalishi tobora ko‘proq Amerika va Yevropa turistlari o‘rtasida 
mashhur bo‘lib bormoqda. 
Bu qit’ada sayyoramizdagi eng baland Anxel sharsharasi bor (Venesuela). 
Dunyodagi eng sersuv daryo – Amazonka (Braziliya) ham shu yerda oqadi. Baland 
And tog‘larining ulug‘vor cho‘qqilari, Amazoniya yomg‘irli o‘rmonlari ham 
turistlarni maftun qiladi. Diqqatga sazovar madaniy yodgorliklar orasida bizgacha 
yetib kelgan qadimiy inklar sivilizatsiyasi, qadimiy Machu – Pikchu va Kusko 
shaharlari harobalari, Naska past-tekisligi, mustamlaka davri shaharlari bor. Ammo 
bu materialning ulkan turistik potensialidan juda sust foydalanilmoqda. Uning turistik 
oborotga jalb etilishi hududga xalqaro kelishlarda Janubiy Amerika ulushini 
ko‘paytiradi. Amerikada, Yevropadagi singari turistik oqimlarning kattagina qismi 
hudud ichida jamlangan. Ayniqsa Shimoliy Amerikaning uch davlati – AQSH, 
Kanada va Meksika o‘rtasida turistik almashinuvlar jadal yo‘lga qo‘yilgan. BTT 
ma’lumotlariga ko‘ra, AQShdan Meksikaga boradigan turistik oqimlar jahonda eng 
yirik hisoblanadi. Turistlar AQShga geyzerlar vodiysida bo‘lish, Yellouston milliy 
parkida «tirik geologiya» paydo bo‘lishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun tashrif 
buyuradilar. Ulkan stalagatlar osilib turgan Karl Sbad g‘orini tomosha qiladilar 
Prezident Teodor Ruzvelt «Amerikaning buyuk diqqatga sazovar joyi» deb 
ta’riflagan grand-Kan’on beqiyos panoramasiga mahliyo bo‘ladilar. Kaliforniyaning 
qo‘mloq plyajlarida cho‘milib, dam olib huzur qiladilar. Ammo tashrif 
buyuruvchilarni faqat boy tabiat go‘zalliklarigina maftun etib qolmaydi. Xorijiy 
mehmonlarni AQSH poytaxti Vashington va Nyu-York Monxettenning betonli 
osmon o‘par binolari, Kolumbiya universiteti, banklar ko‘chasi Uoll – strit, mashhur 
Bruklin ko‘prigi, Metropoliten – opera maskanlari ham jalb etadi. Turistlarni boshqa 
Amerika shaharlari va shtatlari masalan Gollivud kinostudiyasi va «Disneylend» 
quvnoq parki joylashgan, Los-Anjelles shahri ham befarq qoldirmaydi.
Bu 
diqqatga 
sazovar 
joylar 
xorijiy 
turistlar 
bilan 
bir 
qatorda 
amerikaliklarning o‘zlarini ham jalb etadi. Har yili amerikalik fuqarolar (ichki va 
xalqaro) 1 mlrd. dan ko‘proq safar qiladilar. Bunda dam olish, sog‘lomlashish, 
ko‘ngilxushlik, tabiat, tarixiy – madaniy yodgorliklar bilan tanishish, tanishuvlar, 
qarindosh-urug‘lar bilan uchrashuv asosiy o‘rin egallaydi. Ularning ko‘pchilik 
yo‘nalishlari mamlakat ichkarisida, xorijda esa yuqorida ta’kidlaganidek, qo‘shni 
Meksika va Kanadadan o‘tadi. Hududlararo turlarga amerikaliklarda talab kam. Uzoq 
yillar davomida hududlararo turistik almashinuvda birinchilikni qo‘ldan bermaslikka 


145 
qaratilgan yo‘nalish Yevropada saqlanib turibdi. AQShdan Buyukbritaniyadan 
xorijga safarning har to‘rtinchisi Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi, ammo 
ko‘hna dunyoga jo‘nab ketishdagi ularning ulushi qisqarmoqda.
90-yillar boshida Yevropa turistik komissiyasi «Ameriken Ekspress», «Nyu-
York tayms», SAS (Skandinaviya aviayo‘nalishi) va Daniya, Fransiya, Finlyandiya, 
Ispaniya va Buyukbritaniya bilan hamkorlikda AQSH turistik chiqish bozorida 
maxsus tadqiqot o‘tkazdilar. Bundan maqsad amerikaliklarning Yevropaga safarini 
nega orqaga surishayotgani sababini aniqlashdan iborat edi. So‘rovda 2000 kishi 
qatnashdi, ulardan 200 kishi ko‘hna dunyoga sayohat qilgan. 46 % so‘raluvchi bosh 
ushlab turuvchi iqtisodiy omil sifatida ajratildi, ular Yevropaga dam olish uchun 
borish juda qimmatga tushishini ta’kidlashdi. Ularni ayniqsa mehmonxonalarda 
yashash, transport va ovqatlanish narxlarining balandligi tashvishlantiradi. Amerika 
va Yevropa o‘rtasida intensiv turistik almashinuvlarga to‘sqinlik qilayotgan boshqa 
muhim omillar qatorida, yetarli bo‘sh vaqtning yo‘qligi tilga olinadi.
Odatda amerikaliklarning okean ortiga safari uzoq muddatli va bir yo‘la bir 
necha Yevropa davlatlariga tashrif buyurish hisobga olinib uyushtiriladi. 6 % 
so‘raluvchilar bosh sabab qilib terroristik aktlar xavfini ko‘rsatdilar. Xalqaro turizm 
taraqqiyoti boshlanishida ana shunday muammolar mavjudligiga qaramay, 
amerikaliklarning Yevropaga qiziqishlari ortmoqda. So‘ralganlarning faqat 5% (1988 
y. 11 % qarshi) bunday qiziqishlari yo‘qligini bildirishdi.
AQShda shakllanayotgan boshqa turistik oqimlar yo‘nalishlari orasida Osiyo-
Tinch okeani hududi ajralib turadi. Bu hudud Amerikaliklarda xuddi 
yevropaliklardagi singari ommaviy e’tibor qozongan. Lekin Amerikadan kelayotgan 
turistlarni mamlakatlar (hududlar) bo‘yicha taqsimlanishi biroz boshqacharoq. 
Amerikalik turistlar ko‘proq Xitoyga tashrif buyurishadi, bunga Syangan (Gonkong) 
Yaponiya, shuningdek Koreya Respublikasi, Singapur ham qo‘shildi. Sharqiy Osiyo, 
Janubi-Sharqiy Osiyoga nisbatan amerikaliklar uchun ko‘proq jozibali. Jahonning 
boshqa qolgan turistik hududlari – Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo 
amerikaliklar tomonidan juda sust o‘zlashtirilgan. AQShdan kelayotgan turistlarning 
maqul ko‘radigan hududlari G‘arbiy yarim shardagi chiqish turizmi manzarasini 
belgilab beradi. Boshqa mamlakatlarda chiqish birinchiligiga intilgan hudud 
o‘zgacharoq bo‘lishi mumkin. Masalan, kanadaliklar orasida amerikaliklarga 
qaraganda ko‘p darajada ichki hududiy turizm mashhurroq. Janubiy Osiyoning olis 
yo‘nalishlari ichida esa Hindiston alohida ajralib turadi.
BTT prognozlari bo‘yicha 2020 yilga borib, jahonning boshqa hududlari bilan 
Amerika o‘rtasida turistlar almashinuvi jadalligi ortadi. Amerika bozorida kirish 
turizmida Yevropa, Osiyo-Tinch okeani hududi va Yaqin Sharq yaxshi istiqbollarga 
ega.
Dam olish va ko‘ngil ochish maqsadidagi Osiyo-Tinch okeani hududi turizmi, 
xalqaro turizmda nisbatan yoshroq hodisa – 80 yillarda shakllana boshlagan. Bu vaqt 
ichida hududda keyingi 20 yilda o‘z aktualligini saqlab qolgan kirish turizmi vujudga 
keldi. Osiyo –Tinch okeani hududlararo turistlar kelishining katta ulushi (18 %) 
Yevropa va Amerkaga to‘g‘ri keladi. Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyodan 
kelishlarning umumiy ulushi 3% dan oshmaydi. Ular Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo, 
Okeaniya bo‘ylab nisbatan bir tekis taqsimlanadi. Asosiy turistik oqimlar Sharqiy 


146 
Osiyoga qarab yo‘naladi. Barcha kelishlarning yarimidan ko‘pi shu subregionga 
to‘g‘ri keladi. Ahamiyati jihatdan ikkinchi subregion – Janubi-Sharqiy Osiyodir. Bu 
hududga 90 % turistik kelishlar qayd etildi. Avstraliya va Okeaniya unchalik sezilarli 
bo‘lmagan ulushga egadir.
Osiyo – Tinch okeani hududida turistik kelishlar tarkibi keng miqyosi va 
sezilarli me’yori Xitoyning xalqaro turizm bozori ahvoliga bog‘liq. Hududda barcha 
kelishlarning uch qismi uning ulushiga to‘g‘ri keladi, agar Syangan (Gonkong) va 
Tayvan hududini qo‘shsak – 50 % dan ziyodrog‘i to‘g‘ri keladi. 
Xitoyda turizm to‘liq parvozlar va qulashlardan iborat. 1923 yil tijoriy 
banklaridan birida turizm bo‘limi ochiladi. Keyinchalik u mustaqil korxona – Xitoy 
turistik byurosi sifatida ajralib chiqadi. U Xitoyning yirik shaharlarida 20 dan ortiq 
bo‘limlar ochdi. Shuningdek, ayrim Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarda uning 
filallari mavjud edi. Ammo bo‘lajak iqtisodiy qoloq mamlakat, buning ustiga 
fuqarolar urushi holatida bo‘lgan Xitoy turistik yo‘nalishlarda jalb etuvchi davlat 
bo‘lolmasdi. 
Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilinganidan (1949 yil) so‘ng Xitoy turizmi 
tarixida yangi davr boshlandi. Xitoyliklarning xorijdan qaytish oqimi jadal o‘sdi, ular 
asosan Gonkong va Makaodan qaytib kela boshlashdi. Ular XXRga qarindoshlari 
bilan uchrashish, ekskursiyaga va mamlakatdagi vaziyat bilan tanishish maqsadida 
kelishardi. Bundan tashqari sobiq SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan 
turizm sohasida hamkorlik kengaydi. Fransiya turistik tashkilotlari, ayrim g‘arbiy 
mamlakatlar bilan ishchanlik aloqalari o‘rnatildi. 1956-1958 yillarda XXRga 10 
mingdan ortiq turistlar tashrif buyurdilar. 60-yillar Xitoy uchun siyosat va 
iqtisodiyotda o‘sish, xalqaro maydonda ijobiy o‘zgarishlar davri bo‘ldi. 1964 yil 
XXR davlat kengashi boshlig‘i Chjou Enlay Yevropa, Osiyo, Afrika bo‘ylab 14 
mamlakatga safar uyushtirdi. Xitoy va Fransiya diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 
Xitoyni Pokiston bilan bog‘lovchi avialiniya ochildi. Bularning barchasi turistik 
kelishlar o‘sishiga imkon berdi. 1965 yil Xitoyda bo‘lgan xorijiy turistlar soni rekord 
darajasiga – 13 ming kishiga yetdi. 
«Madaniy inqilob» (1966 yil) turistik almashinuvlarning qisqarishiga olib 
keldi. Faqat 1971 yilda Xitoy Ruminiya va Yugoslaviya bilan turizm sohasidagi 
hamkorlikni qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Xuddi o‘sha yili Xitoyga birinchi 
Amerika turistlari – bor – yo‘g‘i 30 kishi tashrif buyurdi.
Xitoy turizmining haqiqiy uyg‘onish davri 70-yillar bo‘ldi. Xitoy ochiqlik va 
islohatlar sari qadam qo‘ydi. Mamlakat jahon turistik bozoriga chiqdi. Avval boshda 
Milliy turistik ma’muriyat keng reklama kompanisi olib borgani yo‘q. Shunga 
qarmasdan, Xitoyga tashrif buyurishni xohlovchilar juda ko‘p bo‘lib chiqdi.
1979-1988 y.y. Xitoyga yo‘naltirilgan asosiy turistik oqim AQSH va 
Yaponiyada shakllanadi. Tashrif buyuruvchilarning har uchinchi yapon, har 
beshinchisi amerikalik edi. Xitoyga turistik kelishlarning barchasining yarimini 
ularning ulushi tashkil qilardi. Keyinchalik ular qatoridan G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlari – Fransiya, Buyukbritaniya, GFR va Janubiy-Sharqiy Osiyoda – 
Tailand, Singapur va Filippin joy oldi. Ulardan keyin Avstraliya va Kanada keladi. 
1989 yil Xitoyga kelishlar soni keskin kamaydi. Bir vaqtning o‘zida turistlarning 
kirish oqimi tarkibida o‘zagarishlar ko‘zga tashlandi. Ikki yil o‘tib turistik 


147 
almashinuv yangilandi. Xitoyga turistik oqimlarni ta’minlab turgan mamlakatlar 
qatoriga Malayziya, Koreya Respublikasi, Mo‘g‘iliston va MDH mamlakatlari 
qo‘shildi. 
Xitoy asta-sekin ichki hududiy turizm ustunligiga erishishni mo‘ljallab bordi. 
Bu tendensiya 90-yillar oxirida ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘shanda 
mamlakatga tevarak-atrofdan kirish turistik oqim 60 % ni tashkil etdi. 
O‘zgarishlar nafaqat XXP dagi turizm geografiyasida, balki xorijiy turistlar 
talablarida ham ro‘y berdi. Agar ilgari amerikaliklar va yevropaliklar Pekin - 
Shanxay – Sian – Gumlin yo‘nalishida sayohat qilishgan bo‘lsalar, XXR sarhadlarini 
tark etgan ba’zilari Syangan (Gonkong) orqali yana Guanjouga ham tashrif 
buyurdilar. Keyingi yillarda Pekindan boshqa bu shaharlarga qiziqish sezilarli 
pasaydi. Ammo Xitoy yovvoyi tabiatdan bahra olish, mamlakatda o‘tkazilayotgan 
islohatlar bilan tanishish, xitoyliklar turmush tarzi bilan tanishishini istovchilar 
safarlari ko‘paymoqda. Xitoyning mashhurligi, turizm industriyasini har qanday 
tashrif buyuruvchining xilma-xil istak – xohishlarini qondira olishi tufayli keluvchilar 
soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Agar Xitoy 1990 yil turistik kelishlari bo‘yicha 
dunyoda 12-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 1995 yilda 8-o‘ringa chiqdi, 1999 yilda esa 
birinchi beshlikka kirdi. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda 1999 yili 14 mln. kelish 
qayd etildi. Syangan (Gonkong) qo‘shib hisoblanganda esa – 21 mln. ni tashkil qildi. 
Hozirgi paytda Xitoy bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Osiyo mamlakatlari ruyxati boshida 
turibdi. Uchinchi ming yillik boshida nafaqat Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, balki 
butun dunyoda yetakchilik qilish sari qadam tashlayapti. BTT prognozlari bo‘yicha, 
2020 yilga borib Xitoyda kirish oqimi (Syanganni qo‘shib hisoblanganda) 196 mln. 
ga yetadi, bu AQShga va Fransiyaga nisbatan 2 marta, Ispaniyaga qaraganda 3 marta, 
Italiya va Buyukbritaniyaga nisbatan 4 marta ko‘pdir. 
Xitoydan tashqari Osiyo-Tinch okeani hududida Osiyo yangi industrial 
mamlakatlari Syangan (Gonkong), Malayziya, Singapur, Tailand, Koreya 
respublikasi, Indoneziya va Tayvan mamlakatlari mashhur turistik yo‘nalishlarga 
aylanayapti. 
Ularning 
iqtisodiy 
yuksalishi 
keyingi 
paytlarda 
mintaqaga 
ishbilarmonlik yuzasidan tashrif buyuruvchilarning keskin ko‘payishiga imkon 
bermoqda. Xuddi ana shu ish yuzasidan turizm sohasi kengayishi mehmonxonalar va 
ko‘ngil ochar industriyaning taraqqiy etishiga turtki berdi. 
Bugungi kunda bu mamlakatlar (hududlar) eng avvalo o‘zining ekzotik tabiati, 
cho‘milish – plyajda dam olish imkoniyatlari bilan turistlarni jalb etmoqda. Bundan 
tashqari, Syangan va Sigapur a’lo shopping taklif qilmoqda. Tayland eng gavjum 
turistik yo‘nalish bo‘lib qoldi. Ayniqsa, mamlakat shimolida ommaviy-madaniy 
safarlar tashkil etilishi va janubiy qirg‘oq buylarida yangi plyajlar zonasi 
o‘zlashtirilishi tobora ko‘proq sayyohlarni chorlamoqda. Koreya Respublikasi, 
Tailand va Tayvanda ko‘ngilochar turizm yaxshi rivojlangan. 
Tashrif buyuruvchilar bo‘yicha Yaponiya hududning o‘nlik mamlakatlari 
qatoriga kiradi. U turli maqsadlarda kelayotgan turistlar oqimini dam olish va 
ko‘ngilxushliklar uchun keluvchilarni ham Yaponiya ko‘ngil ochish industriyasi 
dunyoda Amerikadan keyin ikkinchi deb tan olingan. Shuni ta’kidlash kerakki, 
hududda turistik biznes rivojlangan va industrial mamlakatlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan 


148 
hamda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayapti. Vetnam, Laos, Kambodja, Mug‘iliston 
barcha urinishlariga qaramay juda kam bozor ulushiga ega. 
Osiyo – Tinch okeani mintaqasida turizmning chiqish va kirish bozori ba’zi 
to‘xtalishlar bilan yetakchilar ro‘yxatida o‘rnini boy bergan mamlakatlarda 
shakllanmoqda. Turistlar jo‘nab ketishi soni bo‘yicha birinchi o‘rinni uzoq vaqtdan 
buyon Yaponiya egallab kelmoqda. Osiyo – Tinch okeani mintaqasidan va 
chiqishlarning uch qismi uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Har yili yaponlar xorijga 30 
mln. safar uyushtirishayapti. Jumladan, turli baholashlar bo‘yicha, 60 % dan 80 % 
gacha ko‘ngilxushlik – harid, tabiat qo‘ynida dam olish, tarixiy – madaniy, diqqatga 
sazovar joylar bilan tanishish, madaniy – tomosha tadbirlari, sport bilan shug‘ullanish 
uchun safarga chiqilayapti. 
Dam olish va ko‘ngil ochish ehtiyojlarini qondirishni yaponlar mamlakatni tark 
etmasdan amalga oshirishayapti yoki yaqin msofada Xitoy, Syangan, Koreya 
respublikasi, Singapurda sayohat bilan o‘tkazishapti. Bir vaqtning o‘zida 
Yaponiyaning hududlararo turistik aloqalari mustahkamlanayapti. Yaponiyadan 
AQShga qit’alararo turistik oqim eng intensiv hisoblanadi. Ammo biroq, umumiy 
olganda uzoq safar, ayniqsa Yaqin Sharq mamlakatlari, Afrika yoki Janubiy Osiyoga 
borish aholi o‘rtasida unchalik mashhur emas. BTT ma’lumotlariga qaraganda, 
Osiyo-Tinch okeani hududida ichki yo‘nalishdagi o‘nlikka kiruvchi Yaponiyadan 
turistik oqimlar kattaroq qismni tashkil qiladi. 
Aholi o‘rtasida muntazam o‘tkazilayotgan so‘rovlar Yaponiyada uzoq 
turizmning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash imkonini beradi. 
Amerikaliklar singari kunchiqar mamlakat aholisi uzoqqa safar qilishga pul 
mablag‘lari yetarli emasligi, shaxsiy xavfsizligiga tahdid mavjudligini sabab qilib 
ko‘rsatadilar. Ammo yaponlarda sayohat yo‘nalishini tanlashda milliy pazandalikdagi 
farq va mavjud til to‘siqlari ko‘proq tashvish uyg‘otadi. So‘rovlar chog‘ida 37 va 36 
% so‘raluvchilar ana shuni bosh to‘siq sifatida vaj qilib ko‘rsatishgan. 
Hududdagi ayrim mamlakatlarda aholining yaqin joylarga safarni ma’qul 
ko‘rishlari Yaponiyaga qaraganda yanada yorqinroq aks etgan. 90-yillar oxirida 
Malayziya chiqish turistik bozorining 90 % safarini qo‘shni Singapurga borish tashkil 
etgan. Keyingi 15-20 yillar davomida Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo va Okeaniya 
ichki hududiy turistik oqimi mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy-madaniy aloqalarning 
mustahkamlanishi natijasida og‘ishmay kengayib borayotir. 
XX asr oxirida har o‘n safarning yettitasi hudud ichida amalga oshirilgan va 
faqat uchtasi – undan tashqariga, asosan Yevropa va Amerikaga uyushtirilgan.
1997-1998 yillar Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun juda og‘ir davr bo‘ldi. 
Jahon moliyaviy inqirozi – krizisining asosiy zarbasi Osiyo mamlakatlari boshiga 
tushdi. Turizm sohasida ichki hududda turistik almashinuvda faol ishtirok etgan 
mamlakatlar ayniqsa kuchli jabr ko‘rdilar. Singapur, Syangan, Avstraliya, 
Indoneziya, Yangi Zelandiya, Yaponiyada kelishlar soni qisqardi. 
Shu bilan birga olis xorijdan turistlar qabul qilishni mo‘ljallangan mamlakatlar 
yangi sharoitlarga oson ko‘nikdilar. Turistik paketlarga maxsus narx belgilashib, ular 
Yevropa va Shimoliy Amerikadan ko‘proq turistlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lindi. 
Janubiy Koreya esa milliy valyuta devalvatsiyasidan keyin shop-turistlar uchun 
haqiqiy savdo jannatiga aylandi. Tailandda hukumat darajasida o‘ylangan va qo‘llab-


149 
quvvatlangan global reklama aksiyasi yaxshi natijalar berdi. Osiyo – Tinch okeani 
hududida xalqaro turizm bozorining bir tekis rivojlanmaganligi uning holatini 
prognoz qilishni qiyinlashtiradi. Shunga qaramasdan, BTT ekspertlari ichki va 
hududlararo turistik almashinuvlarning jonlanishiga umid bildirmoqdalar. Ular 
uchinchi ming yillikning birinchi o‘n yilligida Sharqiy va Janubiy – Sharqiy Osiyo va 
Okeaniya jahonda eng tez o‘sayotgan turistik hudud sifatida o‘z o‘rnini saqlab qoladi 
deb hisoblamoqdalar. 
 
Xalqaro turizm tarkibida eng jiddiy o‘zgarish keyingi 10 yilda Afrika qit’asida 
ro‘y berdi. 80-yillarda mustahkam aloqa o‘rnatilgan hududlardan, avvalo Yevropadan 
tashrif buyurayotgan turistlar kelishi ichki hududiy safarlar ulushidan yuqori 
bo‘lgandi. 90-yillarda Afrikada ichki hududiy almashinuv Yevropa bilan mustahkam 
yaqinlik asosida ustunlikda davom etdi. 2000 yilda Afrikaga kelishlar soni 25 mln.ni, 
shu jumladan, Afrikaning o‘zidan 10,5 mln., Yevropadan 9 mln. va jahonning boshqa 
hududlaridan 5,5 mln. ni tashkil etdi. 
Xalqaro turizm bozoriga Shimoliy-Sharqiy va Janubiy Afrika – Misr, Tunis va 
Marakko mamlakatlari jalb etildi. Bunda cho‘milish – plyaj va olamni bilish turizmi 
qo‘l keldi. Zimbabve va Keniya ko‘p sonli milliy parklarga, qo‘riqxonalar, ov 
rezervatlariga va Janubiy Afrika respublikasiga safarlar uyushtirdi. Irqchilik rejimi 
qulagach, «qora qit’a» turistik yo‘nalishlarga aylandi. 
Uning yumshoq tropik va subtropik iqlimi, quyoshning mo‘lligi hayratomuz 
go‘zal manzaralari hech kimni befarq qoldirmaydi. Ayrim ma’lumotlar bo‘yicha 
JARning tugab borayotgan oltin zahiralari, qazilma boyliklari sanoati keltirayotgan 
daromadning o‘rnini mamlakatga turizmdan kelayotgan valyuta oqimi to‘ldiradi. 
Afrika boy tabiati va madaniy potensiali bilan xalqaro turizmning bundan 
keyin ham rivojlanishiga katta umid bog‘layapti. Ammo xalqaro turistik 
almashinuvda o‘z ishtirokini kengaytirishni istagan mamlakatlar tomonidan 
infratuzilmada turistik xizmat ko‘rsatishdagi qoloqliklarni bartaraf etishlariga, 
terrorizm xavfiga, jinoyatchilik darajasini kamaytirishga qaratilgan choralar ko‘rilishi 
kerak. 
Yaqin Sharq dam olish va ko‘ngil ochish turizmi bozorida ikkinchi darajali rol 
o‘ynaydi. Keyingi vaqtlarda turistik kelishlar tez o‘sayotganiga qaramay, uning 
rivojlanish istiqbollari noaniqligicha qolmoqda. Bu ko‘p jihatdan arab-isroil 
nizolarining tinch yo‘l bilan hal etilishiga va xududda siyosiy barqarorlikka 
erishilishiga bog‘liq. 
Janubiy Osiyo uchun prognozlarni ham unchalik umidbaxsh deb bo‘lmaydi. 
2020 yilgacha bu yerda mavjud qoloqlikni bartaraf qilib bo‘lmaydi. BTT ekspertlari 
Janubiy Osiyo mamlakatlariga hududlararo Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo – 
Tinch okeani hududi yirik chiqish turizmi tajribalari asosida uzoq safarlar 
marketingini kuchaytirishga e’tibor berishni tavsiya etadi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling