O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Kongress – ko‘rgazma geografiyasi


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Kongress – ko‘rgazma geografiyasi. Ish yuzasidan sayohatlar bozori dinamik 
segmentida kongress – ko‘rgazma turizmi ko‘proqdir. Dunyoda simpoziumlar
konferensiyalar, kengashlar, seminarlar va shuningdek ko‘rgazma va yarmarkalarga 
qiziqish ortib bormoqda. Biznesmenlar va olimlar eng yangi axborotlar olish, 
hamkasblari bilan uchrashish, fikr almashinish, muzokoralar olib borish, odatiy 
vaziyatdan biroz, bo‘lsada dam olish va taklif qilinayotgan madaniy dasturlar bilan 
tanishish uchun forumlarda ishtirok etadilar. 
Agar XX asrning 30 – yillarida har yili 200 ga yaqin xalqaro konferensiyalar 
o‘tkazilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarga oxiriga kelib kongressli tadbirlar yiliga 8 mingdan 
oshib ketdi. Ularning asosiy qismi – 80 % G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika 
mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Xalqaro simpozumlar va kengashlar soni bo‘yicha 
birinchi uch o‘rinni AQSH, Fransiya, Buyukbritaniya mustahkam egallab turibdi. 
To‘rtinchi o‘rindagi Germaniya o‘zining ko‘rgazma va yarmarkalari bilan mashhur. 
Ularning mashhurligi ushbu bu mamlakatlar ko‘pchilik sanoat tarmoqlarida qulay 
kon’yunktura, investitsion tovarlarga talab kattaligi va infratuzilma taraqqiy etganligi 
bilan izohlanadi.
Germaniya keyingi ikkinchi ming yillik yakuni – Butunjahon ko‘rgazmasini 
o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. «Ekspo - 2000» 2000 yil 1 iyunda mashhur 
kongresslar va ko‘rgazmalar va ko‘rgazmalar markazi – Gannoverda ochildi. Unda 
189 mamlakat ishtirok etdi. Ular namoyish qilgan eksponatlar 53 pavilonda 170 
gektar maydonni egallaydi. «Ekspo» an’anaviy tushunchadagi ko‘rgazma emas. 
Uning tashkilotchilari fikrlariga ko‘ra, bu ochiq osmon ostidagi ulkan teatrdir. 
Maydonning asosiy qismini «Insoniyat – tabiat - texnologiya» mavzusidagi 
ekskursiyalar egallaydi. Uning ishtirokchilari fantaziyasi va ijodkorliklari tufayli 
tashrif buyuruvchilar zamon va makonga sayohat qiladilar, xayolat dunyosiga sayr 
qiladilar. «Ekspo - 2000» o‘tkazilgan kunlar madaniy va sport voqealariga boy bo‘ldi.


152 
Kongresslar – yarmarkalar faoliyatida yirik markazlar bo‘lib Yevropa va 
Amerikada Amsterdam, Barselona, Bryussel, Vashington, Vena, Jeneva, 
Kopengagen, London, Madrid shuningdek Parij va Strasburg hisoblanadilar. Har yili 
davlatlar boshliqlari va ishbilarmon doiralar vakillari Davos (Shveysariya)ga tashrif 
buyuradilar. Bu yerda jahon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha muhim masalalar 
muhokama 
qilinadigan 
forum 
o‘tkaziladi. 
Mazkur 
shaharlar 
xorijiy 
mehmonxonalarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yetarli moddiy – texnik 
bazaga, katta imkoniyatlarga ega. Konferensiyalar kongress markazlarda, 
mehmonxonalar, teatr va konsert zallarida universitetlar va boshqa o‘quv 
muassasalarida o‘tadi. Keyingi yillarda xalqaro tadbirlar tez-tez tarixiy ahamiyatga 
molik binolarda, va noan’anaviy inshootlarda o‘tkazilmoqda. Kongresslarni 
kemalarda o‘tkazish ham mashhur bo‘lib bormoqda. 
Ixtisoslashgan turistik ko‘rgazmalar va birjalar ham alohida ko‘rib chiqishga 
arziydi. Ular 30 yildan buyon o‘tkazib kelinadi va turistik mahsulotlar harakati uchun 
alohida ahamiyatga ega. Ularning soni tobora oshib borayapti. Faqat Yevropada har 
yili 200 dan ortiq xalqaro turistik ko‘rgazmalar va birjalar tashkil etilmoqda. Xalqaro 
turistik birja (Internatonal Tourismus Borse, ITB) eng yirigi hisoblanadi va Berlinda 
o‘tkaziladi. 1998 y. unda jahonning 188 mamlakatidan 7 mingdan ko‘proq 
eksponentlar ishtirok etishdi. «Mecce - Berlin» ko‘rgazma kompleksida yangi 
ishtirokchilar – Armaniston, Tojikiston, Turmanistonning kamtarona stendlari va 
jahon turizm bozori yetakchilari – Germaniya, AQSH, Fransiya, Ispaniya pavilonlari 
joylashtirildi. Birjaning besh ish kuni mobaynida 55 ming turizm industriyasi 
mutaxassislari va ko‘psonli sayohat ishqibozlari kelib ko‘rdilar. 
Har yili yanvar oxirida – fevral oyi boshida Madridda Xalqaro turistik 
ko‘rgazma – birja FITYUR (FITUR) o‘tkaziladi. Madrid birjasi xalqaro turistik 
voqealar kalendarida alohida o‘rin egallaydi. Yil boshida o‘tib u yangi mavsum 
turizm bozori uchun narxlarni va boshqa tendensiyalarni aniqlaydi. Shu bo‘yicha 
qanday mutaxassislar va tashrif buyuruvchilar turli mamlakatlar ekspozitsiyalariga 
qanday munosabat bildirishlarni, turistik oqimlar qayta taqsimlanishi, turizmning u 
yoki bu markazlari taraqqiyoti haqida bilib olish mumkin. FITYUR – eng avvalo 
ispan va lotin amerika turistik mahsulotlari ko‘rigidir. Ispaniya barcha oblastlari 
birjada juda rang-barang aks ettirilgan. Ko‘rgazma maydonining chorak qismini 
Markaziy va Janubiy Amerika (Braziliya, Dominakan Respublikasi, Venesuela, 
Grenada, Yamayka, Gonduras va boshq.) mamlakatlari stendlari egallagan. Ispaniya 
va Lotin Amerikasi mamlakatlari o‘rtasidagi an’anaviy aloqalar hisobga olinib, 
FITYUR «Yevropa va Amerika o‘rtasidagi ko‘prik» deb nomlanadi. Ko‘rgazmada 
shuningdek Shimoliy, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan, aholi 
tomonidan Ispaniyada dam olishga talab katta bo‘lgan AQSH va Kanadadan turistik 
firmalar ishtirok etishadi.
2000 yil ko‘rgazma o‘zining 20 yillik yubileyini nishonladi. Ko‘p sonli 
konferensiyalar va seminarlar shu kunga mo‘ljallandi. Ishga aloqador turizm
bo‘yicha forum, kongresslar, konferensiyalar va insentiv turizm anjumanlari 
o‘tkazildi. BTT turizmi bo‘yicha vazirlar va SIMET – 2000 tadbirkorlarining Lotin 
Amerikasi konferensiyasini tashkil etdi. Bu shubhasiz xalqaro turizm taraqqiyoti 
uchun ulkan ahamiyatga ega edi. 


153 
Har yili noyabr o‘rtalarida butun dunyo jamoatchiligi va turistik industriya 
diqqati Londonga qaratiladi. Bu yerda Butunjahon turistik ko‘rgazmasi (Word Travil 
Market, WTM) o‘tkaziladi. 
Bu nufuzli, haqiqiy professional ko‘rgazma turli mamlakatlar mutaxassislari 
o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Uning 
ishida dunyodagi eng yirik professional turistik klub – «Meridian» a’zolari ishtirok 
etdilar. London ko‘rgazma yarmarkasi juda omadli kechdi. Tuzilgan bitim va 
shartnomalar soni barcha rekordlarni ortda qoldirdi. Yarmarka ish kunlari uning 
tashkilotchilari ko‘plab xayriya tadbirlarni uyushtirdilar. Ulardan biri ichimlik suv 
resurslarini muhofaza qilishga qaratildi. Britaniya Qizil Xoch fondida aksiya 
doirasida yig‘ilgan xayriya badallari summasi 40 ming funt – sterlinga yaqinni tashkil 
etdi. 
Milandagi xalqaro turistik birja Italiyadan tashqari uzoq-uzoqlarda ham 
ma’lum. Ishtirokchilar soni bo‘yicha u Madrid va London birjalari bilan bemalol 
raqobatlashadi. Stendlar maydoni bo‘yicha esa faqat Berlin yarmarkasidan keyin 
turadi. Yevropaning eng katta ko‘rgazma majmualaridan biri Milanni «Fiyera» si 
hisoblanadi. Milan birjasiga dunyoning hamma burchaklaridan turistik biznes 
vakillari tashrif byuurishadi. Eng keng ekspozitsiya, odatda bir necha pavilonlarni 
egallagan ko‘rgazma Italiyaga bag‘ishlangan. Doimgidek ko‘rgazmada eng ko‘zga 
ko‘rinarli o‘rinni Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Avstriya va AQSH egallagan. Ular 
qatorida boshqa milliy mamlakat stendlarini uchratish ham mumkin. Ishda London va 
Berlin birjalari kam ishtirok etishadi. Misol uchun, Milanda Kuba katta va qiziqarli 
ekspozitsiya namoyish etdi. Mazkur ko‘rgazma doirasida har yili turli tematik 
dasturlar tashkil etiladi. Ularda yangi loyihalar va turistik mahsulotlarni namoyish 
qilinadi. Turizmda yangi texnologiyalari taqdimoti uyushtiriladi. Milan birjasi 
shuhrati orttib borayapti. Shuni aytish kifoyaki, ko‘rgazma maydonlarini band etish 
(bronlash) bir yil oldin, oldingi yarmarka paytida boshlanadi.
Eng yirik turistik yarmarkalar beshligiga yaqinda Moskva xalqaro ko‘rgazmasi 
– Turizm va Sayohat» (MITT) ham kirdi. 2000 yilda u yettinchi marta o‘tkazildi. 
Ko‘rgazma harakati butun dunyoda kuchayib borayapti. Ko‘rgazma va yarmarkalar 
soni ko‘paymoqda, uning ishtirokchilari va doirasi kengayayapti. Tobora ko‘proq 
xilma-xil yo‘nalishlar paydo bo‘layapti. Hozirgi vaqtda restoran xo‘jaligi va 
mehmonxona ixtisoslashgan ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda. Kongress turizmi va 
bilish, ekologiya, sport, turistik yarmarka va sport jihozlari namoyish qilinayapti. 
Qisqa muddatda bu turistik bozor segmenti eng yirik va barqaror vositaga aylandi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling