O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistik industriya sektorlari bo‘yicha takliflar


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

 
5.7. Turistik industriya sektorlari bo‘yicha takliflar
xususiyatlari 
Oldingi tahlillar ko‘rsatadiki, turistik xizmatlar bozorida firmalar xulqining 
bosh xususiyatlari – mavjud quvvatlarni to‘liq yuklanishi darajasidagi takliflardir. 
Yuklanish foizli ko‘pchilik turistik korxonalar ishi muhim ko‘rsatkichlari 
hisoblanadi. Havo transportida yo‘lovchilar o‘rindiqlari bandligi hisoblab chiqiladi, 
mehmonxona xo‘jaligida nomer fondi yuklanish koeffitsiyenti mavjud. Tematik 
parklar va golf o‘yin maydonlari uchun tashrif byuuruvchilar sonlari ob’ektning 
maksimal o‘tkazish qobiliyati bilan taqqoslanadi. Turistik kompaniyalar 100 foizlik 
yuklanishga erishishga intiladilar. Shu bilan birga aviatashuvchilar takliflari 
turagentlarnikidan farq qiladi, turoperatorlar esa bozorda o‘zlarini otellardan 
boshqacharoq tutishadi. Turistik industriyaning uch yetakchi sektorlari bo‘yicha 
takliflar va chiqimlarni ko‘rib chiqamiz: transport, joylashtirish va turoperatorlik 
faoliyat. 
Aviatashish. Yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi aviakompaniyalarda 
umumiy chiqim harajatlarning to‘rt kategoriyasini o‘z ichiga oladi:


131 
Birinchi guruhda – doimiy chiqimga – ma’muriy boshqaruv harajatlari
marketing va bronlashtirish harajatlari kiradi. Bular tashishga bevosita aloqador 
emas, lekin ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llab turish uchun zarur. 
Ikkinchi guruh harajatlar aniq aloqa yo‘lini ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq 
holda paydo bo‘ladi. Bu harajatlar shartli doimiydir. Ularga samolyot amortizatsiyasi, 
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, aeroportga xizmat ko‘rsatishlar kiradi. 
Uchinchi guruh harajatlar ham shartli doimiy, uchishlar bajarilishi bilan 
bog‘liq. Ularning kattaligi aloqa yo‘llariga bog‘liq ravishda almashinadi va yo‘nalish 
nuqtai nazaridan o‘zgaruvchan hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida bu chiqimlarni 
doimiy deb qarash mumkin. Chunki ularning hajmini hal etish qarori bir yo‘la butun 
uchishga qabul qilinadi. Harajatlar tarkibiga kema ekipaji mehnatiga haq to‘lash 
qo‘shiladi, havo transportida eng yirik harajatlar statiyasi – yoqilg‘idir. Bu jahondagi 
ko‘pchilik avia kompaniyalarda barcha chiqimlarning uch qismini va boshqa 
harajatlarni tashkil qiladi.
To‘rtinchi guruh harajatlar – o‘zgaruvchan chiqim – yo‘lovchilarga xizmat 
ko‘rsatish bo‘yicha harajatlarini birlashtiradi. Bular ovqatlanish, qayd qilish 
(registratsiya), bagajlarni yuklash harajatlaridir. Ularning kattaligi nisbatan katta 
emas, umumiy chiqimning bor – yo‘g‘i 7 – 9 % ni tashkil qiladi. Bunday tarkibda 
doimiy chiqim salmog‘i ochiq-oydin ko‘rinib turgani sababli havo orqali tushuvchilar 
har bir uchishda avialaynerlar sig‘imi chegarasi darajasida o‘z xizmatlarini taklif 
qilishga intiladi. 
Bozorga chiqarishni kengaytirish uchun aviakompaniyalar narx nufuzini 
tushirishga urinadilar. Ular mijozlarning turli guruhlari uchun turli narxlar 
belgilaydilar. Narx turli xilligi (diversifikatsiyasi) haridor daromadiga, iste’mol hajmi 
va xizmat kategoriyasiga bog‘liq holda uch asosiy shakl ko‘rinishini oladi. 
Havo transportida tariflar tizimi amal qiladi. Tariflar to‘liq (bazaviy) va 
imtiyozli (maxsus) bo‘ladi. Bazaviy tariflar tashish barcha klasslari uchun 
belgilanadi: Birinchisiga (biletga F harfi belgisi qo‘yiladi), biznes – (S) va iqtisodiy 
(u) bilan belgilanadi. Ular shinamlik darajasini farqlaydi. Birinchi klass – eng 
qimmat, iqtisodiy – eng arzon. Bazaviy tariflar yil davomida uchishning «borish va 
qaytib kelishi»ni nazarda tutadi. Iqtisodiy klass uchun bazaviy tarif mamlakatda 
bo‘lish muddatga bog‘liq holda almashishi mumkin. Iqtisodiy klassga yillik to‘liq 
tarif ko‘p hollarda biznes – klass bileti bahosiga tenglashib qoladi. Ayrim 
aviakompaniyalar bazaviy tarifni yilning mavsumlariga bog‘liq holda ko‘rib 
chiqadilar: yoz va qishda uchish qimmat turadi.
Bazaviy tariflar bo‘yicha harid qilingan bilet zarur bo‘lganida hech qanday 
cheklovsiz almashtirilishi va qaytarib olinishi shart. Orqaga qayta uchish sanasini 
biletda o‘zgartirish, yoki biletni hatto uchish amalga oshgandan keyin ham qaytarib 
berish mumkin. Har qanday holatda ham bilet qiymati to‘liq qaytariladi. 
Bazavaiy tariflardan turli chegirmalar hisobi yurtiladi. Bu biletlar narxini 
kamaytiradi. Maxsus tariflardan foydalangan yo‘lovchi iqtisodiy afzallik oladi, 
ba’zan sezilarli, lekin bunda ayrim cheklanishlarga duch keladi. 
PEKS (REX) va APEKS (AREX) maxsus avia tariflari ayniqsa alohida 
mashhurlik kasb etdi. Ular normal bahoga qaraganda sezilarli chegirmalarni ko‘zda 
tutadi. Ularning joriy etilishi bilan bir vaqtda aviakompaniya arzon biletlarni sotib 


132 
olish va qaytarib berish tartibini qat’iylashtirdi, shuningdek ularning amal qilish 
muddatini qisqartirdi. 
APEKS imtiyozli tarifi bo‘yicha sotiladigan o‘rin qayta bronlashtirilmaydi. 
Bo‘sh o‘rin mavjudligida kerakli reysga bilet 24 soat ichida sotib olinishi zarur. 
Biletlarni sotish uchishdan ancha oldin (7 kunda 28 gacha, yo‘nalishga bog‘liq holda) 
to‘xtatiladi. Uchish sanasi (borish va qaytish) sotish paytida qayd etiladi. Bunda 
aviakompaniya xorijda bo‘lishning minimal va maksimal muddatlarini belgilaydi. 
Bundan tashqari, u bilet qaytarib berilganda jarima sanksiyasini ko‘zda tutadi. 
PEKS va APEKS qatorida maxsus tariflarga turagantliklar bilan guruhlar, 
ekskursion, konfidensial va boshqalar ham qo‘llaniladi. Chegirma va imtiyozlar 
alohida aholi guruhlari uchun mavjud: bolalar, yoshlar, talabalar, pensionerlar, 
ularning talablari narx bo‘yicha egiluvchan. Bolalar uchun chegirma ikki yoshgacha 
90 % (alohida joy berish huquqisiz va yukini bepul olib borish huquqi bilan), 2 
yoshdan 12 yoshgacha 50 % gacha (o‘z o‘rni huquqi va yukini bepul olib ketish 
huquqi bilan), 12 yoshdan 26 yoshgacha, talablar va pensionerlar uchun 25 %.
Ma’lum imtiyozlardan ko‘p bolali oilalar va nogironlar foydalanishdi. Masalan, 
«Pulkovo» avikorxonasi ko‘p bolali onalar uchta va undan ortiq bolasi bo‘lsa, 50 % 
hajmda chegirma beradi. Xudi shunday chegirma 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron 
bolalarni kuzatib beruvchi shaxslarga ham belgilangan. Yana bir chegirmalar tizimi 
tez-tez uchuvchi to‘lovchilarga mo‘ljallangan. Maxsus rag‘batlantiruvchi «Ef-ef – Pi» 
(FFP) dasturlari AQShda 80-yillar boshida paydo bo‘ldi. Bu vaqtga kelib 
aviakompaniyalar ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmati ulushi bir qismi tez-tez 
uchuvchi ishbilarmon odamlar hissasiga to‘g‘ri kelishini angladilar. 
«Ameriken Eyrlaynz» birinchilar qatorida o‘zining doimiy mijozlari uchun 
bonus tizimini joriy etdilar. Uning bilan deyarli bir vaqtda «Yunaytsd Eyrlaynz», 
«MayLidj Plas Program» rag‘batlantiruvchi dasturi haqida e’lon qildi. Bu dasturi 
darhol muvaffaqiyat bilan foydalanila boshladi va boshqa avikompaniyalar 
tomonidan ham qo‘llanila boshladi. 
«Eso-Ef-Pi» tizimi mohiyati shundaki, yo‘lovchi u yoki bu aviakompaniya 
samolyotlarda uchish chog‘ida ochkolar to‘playdi (yo‘nalish va xizmat ko‘rsatish 
klassiga muvofiq) va ularning summasi bo‘yicha yuqori klass xizmatgami, yoki bepul 
biletgami chegirma huquqiga ega bo‘ladi. Bugungi kunda yetakchi amerika 
aviakompaniyalari 10 % gacha yo‘lovchilarni bepul tashiydi («Delta Eyrlayn» 4%, 
«Yunayted Eyrlayn» 6 %). Ular 2,3 mln. amerika dollaridan («Kontinentli 
Etsrlaynz») 7,1 mln. dollargacha («Yunayted Eyrlayiz») hajmida bonus taqdim 
etishmoqda. Katta harajatlarga qaramay, «Ef-Ef-Pi» tashuvchilarga qulay. Bu maxsus 
dasturlar eng maqbul tarzdagi falsafasiga javob beradi: iste’molchilarni 
rag‘batlantirish firma o‘rnatilgan uzoq muddatli aloqalarda katta daromad keltiradi va 
har safar yangi haridorlarga tovar (xizmat)lar sotishga qaraganda, uncha qimmatga 
tushmaydi. 
G‘arbda hamma joylarda tarqalgan rag‘batlantirish dasturlari Rossiyada 
hozircha kam ma’lum mamlakat aviakompaniyalari o‘rtasida xususiy «Ef-Ef-Pi» 
allaqachon «Trans - aero» ga ega. Soddalashtirilgan, lekin to‘liq ishlayotgan «Oltin 
tumor» - («Zolotoy kulon») «Vunukovo havo yo‘llari» aviakompaniyasida 


133 
qo‘llanilmoqda. «Ef-Ef-Pi» «Krass Eyr» kompaniyasiga kirishish imkoniyatlari 
qidiralayapti.
Narx tushirilishi tashuvchilarga ham, mijozlarga ham qulay. Avikompaniyalar 
uning yordamida samolyotni qo‘shimcha yuklashga va o‘z daromadlarini oshirishlari 
mumkin. Bir vaqtning o‘zida iste’molchilarning katta soni havo transporti xizmatidan 
foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Biroq ayrim mamlakatlarda narx tushirilishi 
raqobatiga to‘siq va monopol hukmronlikni kuchayishi deb qaralmoqda. Uning 
alohida namoyon bo‘lishi monopoliyaga qarshi qonunchilik ostiga tushadi. 
Avia xizmatlar taklifida tub o‘zgarishlar havo transportida charter aloqalar 
tarqalishi bilan ro‘y berdi. Charter bu transport vositalari egalari (Fraxtovshik) bilan 
ijaraga yollovchi (Fraxtovitel) o‘rtasida tuzilgan shartnoma. U hatto transport 
vositasiga yoki uning ma’lum reys yoki muddat qisimiga tuzilishi mumkin. 
Aviacharter tashish samolyotlarni ijaraga olgan holda muntazam bo‘lmagan jadvalda 
bajariladi. 
Charter aloqasi 1950-yillarda Yevropa va Shimoliy Amerikada ochildi va 
ko‘psonli ta’tilchilarni shimoldan janubga quyoshli turistik markazlar Florida, Karib 
havzasi va O‘rta yer dengizi tomon otlanishlariga imkon yaratdi. Hozirgi paytda 
rejalashtirilmagan havo orqali tashish barcha xalqaro yo‘lovchi tashishning 17 % ni 
tashkil qiladi. 
Aviakompaniyalarning Charter tashish hajmi amalda tashilgan yo‘lovchilar 
soni, safar uzoqligi – yo‘lovchi – kilometr bilan emas, uchishlar soni bilan 
o‘lchanadi. Rejalashtirilmagan reyslar yuklanish zarur hajmi (masalan, 90 % dan kam 
bo‘lmagan) ta’minlangan, daromad kafolatlangan holdagina e’lon qilinadi. Uchish 
mashina parkidan tejamli foydalanish va parvozlar qiymatini sezilarli kamaytirish 
imkonini bergan hollarda qoldirilishi yoki qo‘shilishi mumkin. Shu bilan birga bu 
charter dasturini muntazam reyslarga taqqoslanganda ishonchli emasligini bildiradi.
Charter takliflar parvozlar sonida aks etadi. Munzam reyslardan katta 
egiluvchanligi bilan farq qiladi. U bozor ehtiyojlariga oson moslashadi. Turistik 
talablar tebranishiga tez e’tibor qaratadi. Charter reyslar mavsum avjida tashkil 
qilinadi. Bu vaqtda muntazam aviakompaniya turistik oqimlarni uddalay olmay 
qolgan bo‘ladi. Ya’ni joylarda turistlarni tashish uchun havo qatnovi bo‘lmasligi yoki 
tashish qo‘nib o‘tishlar orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Buyukbritaniya masalan, dunyodagi eng yirik «Britaniya» charter 
aviakompaniyasi, tuoperator «Tomson» ga qarashli, o‘sishi rejalashtirilmagan havo 
tashishlari turistlar o‘rtasida juda mashhurligini ko‘rsatadi. 1991 yilda «Britaniya» 
iqtisodiy pasayish davrida 6 mln. yo‘lovchiga va 100 dam olish markazlariga xizmat 
ko‘rsatdi. Uning bilan yirik ko‘p maqsadli katta mashina parkiga ega bo‘lgan 
muntazam aviakompaniyalargina raqobatlasha olardi. 
Charter parvozlarning barcha afzalliklarini muntazam aloqalarga qo‘shimcha 
deb qarash lozim. 
Bozorda avia kompaniyalar xulqi vaqtinchalik ufqlarga bog‘liqdir. Qisqa va 
uzoq muddatli davrlar avikorxonalar ishi uchun har xil sharoit yaratadi. Taklif 
qilingan vaqt bo‘lagi uzunligi har qanday o‘zgartirishlarga sezgir, ishlab chiqarish 
chiqimi kattaligida aks etadi. Urushdan keyingi 50 yil davomida havo transportida 
taklif izchil kengaytirilib bordi. Yoqilg‘i narxini keskin oshishi ham, ko‘pgina mayda 


134 
aviakompaniyalarning daromadi juda kamligi ham bunga to‘sqinlik qilaolmaydi. 
Tejamliroq va unumdorroq mashinalar paydo bo‘ldi, prinsipial boshqa yo‘nalishlar 
tizimlariga o‘tish amalga oshirildi, bular aviakompaniyalarga ishlab chiqarish 
masshtabidan sezilarli tejamga ega bo‘lishga imkon berdi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling