39
4.1-jadvalda kriptovalyutalar bozor kapitalizatsiyasining top-20 ligi
keltirilgan.
4.1-jadval
Kriptovalyutalarning bozor kapitalizatsiyasi bo‗yicha reytingi
№
Nomi
Bozor
Kapitalizatsiyasi
Narxi
1
Bitcoin
$136 105 069 616
$7 522,84
2
Ethereum
$16 309 633 049
$149,83
3
XRP
$9 870 579 977
$0,228033
4
Tether
$4 114 267 548
$1,00
5
Bitcoin Cash
$3 867 091 990
$212,98
6
Litecoin
$2 903 018 360
$45,50
7
EOS
$2 575 365 114
$2,73
8
Binance Coin
$2 434 892 051
$15,65
9
Bitcoin SV
$1 734 811 633
$96,01
10
Stellar
$1 117 259 603
$0,055710
11
Tezos
$1 060 449 306
$1,61
12
Cardano
$992 605 936
$0,038285
13
TRON
$969 483 653
$0,014539
14
Monero
$935 158 825
$53,91
15
UNUS SED LEO
$912 355 831
$0,912813
16
Cosmos
$739 163 445
$3,88
17
Chainlink
$721 086 740
$2,06
18
Huobi Token
$682 227 614
$2,83
19
NEO
$633 598 884
$8,98
20
IOTA
$578 086 795
$0,207980
Manba: [31]
Eng mashhur va ishonchli kriptovalyutalar tavsifini ko‗rib chiqamiz.
Bitkoin
Bitkoin – eng mashhur bo‗lgan kriptovalyuta. O‗zining paydo bo‗lishi
bilan
Bitkoin barcha boshqa o‗xshash valyutalarning rivojlanishiga asos soldi.
Uning asoschisi – o‗zini Satoshi Nakamoto deb
ataydigan dasturchilarning
yashirin guruhidir. Ta‘kidlash joizki, Bitkoin yaratuvchilari o‗z ishlanmalarining
ochiq kodini qoldirganlar, bu esa boshqa mutaxassislarga
ushbu asosda
kriptovalyutalarning yangi turlarini yaratishga imkon berdi.
Uning asosiy tavsiflarina quyidagilar kiradi:
40
Bitkoin R2R texnologiyasidan foydalanadi;
Bitkoin biron bir nazorat qiluvchi organsiz yoki markaziy banksiz faoliyat yuritadi;
Tranzaksiyalarni qayta ishlash va emissiya tarmoq ishtirokchilari tomonidan jamoa
bo‗lib amalga oshiriladi;
Bitkoin ochiq dastlabki kodga ega;
Uning tuzilishi butun dunyoga ma‘lum, hech kim Bitkoinga egalik va nazorat
qilmaydi. Hamma tarmoq ishtirokchilari bo‗lishi mumkin. O‗zining noyob
xossalari tufayli Bitkoin mashhur to‗lov vositasiga aylandi.
Bitkoin emissiyasi 21 mln dollar miqdor bilan cheklangan.
Ethereum
Ethereum – bu markazsizlashtirilgan va
aqlli kontraktlar
bazasida ishlaydigan ilovalar blokcheyni asosidagi markazsizlashtirilgan onlay-
servislar yaratish uchun platformadir. YAgona markazsizlashtirilgan virtual
mashina sifatida amalga oshirilgan. 2013 yilda Bitcoin Magazine jurnali asoschisi
Vitaliy Buterin tomonidan taklif etilgan.
Ethereum ochiq platforma bo‗lib, blokcheyn texnologiyasini
tadbiq etishni
soddalashtiradi, bu esa Microsoft, IBM va Acronis kabi dasturiy ta‘minot yirik
ishlab chiquvchilari qiziqishlarini tushuntiradi. Ethereum
ning asosiy farqlaridan
biri – uning ochiqligidir. Ethereum ni yaratish uchun qo‗llanilgan til har qanday
dasturiy ta‘minot yozish uchun va har qanday mavjud bo‗lgan dasturlash tillarini
qo‗llagan holda foydalanilishi mumkin.
Boshqa kriptovalyutalardan farqli o‗laroq, Ethereum faqat to‗lovlar bilan
cheklanmay, balki, masalan, resurs almashish yoki
aqlli kontraktlar yordamida
aktivlar bilan bo‗lgan bitimlarni ro‗yxatdan o‗tkazish
uchun vosita sifatida
qo‗llanadi. Ilova tuzilmasi ishonchliligi tufayli, u eng ma‘suliyatli sektorlarda
qo‗llanilishi mumkin, xoh bu transport sektori yoki sog‗liqni
saqlash sohasi
bo‗lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: