O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
1 Global moliya tizimida blokcheyn va kriptavalyutalar
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‗zini tekshirish uchun savollar
2. 1 Global moliya tizimida blokcheyn va kriptavalyutalar Sanoat 4.0 rivojlanishi bilan bir vaqtda iqtisodiyotning moliya sektoriga faol ta‘sir ko‗rsatayotgan yangi raqamli texnologiyalar paydo bo‗lmoqda. So‗z mobil internet, ―bulutsimon‖ hisoblashlar, katta ma‘lumotlar, mashinani o‗rganish va sun‘iy aql, shuningdek, ular asosida raqamli valyutalar va muqobil to‗lov tizimlarini yaratish haqida bormoqda. Ikkinchisiga global moliya tizimini inqilob qilish va hatto jahon tartibini o‗zgartirish bashorat qilindi. Biroq, ko‗plab umidlar xom xayol bo‗lib chiqdi va raqamli valyutalar atrofidagi shov-shuvlar manipulyasiya, chayqovchilik va tashviqot uchun vosita bo‗lib xizmat qildi. Raqamli valyutalar, moliyaviy sektorda kutilayotgan katta o‗zgarishlarning oldida turib, o‗z vaqtidan o‗zib ketganligini taxmin qilish mumkin. Kriptovalyutalar asosi – blokcheyn va bir darajali tarmoqlar texnologiyalari bo‗lib, ular emissiya, raqamli aktivlar almashinuvi uchun qo‗llaniladi va tobora ko‗proq muhandislar va moliyachilar tomonidan optimizm bilan idrok etiladi. Buning sabablari ko‗p, ya‘ni: blokcheynni ilgaridan mavjud bo‗lgan texnik bazada amalga oshirish imkoniyati (buning uchun superkompyuterlar va superinvestitsiyalar kerak emas); uning qo‗llanilishi universalligi (kriptovalyutalar – yo‗nalishlardan biri xolos). So‗nggi yillarda blokcheyn texnologiyasiga bag‗ishlangan ko‗plab nashrlar mavjud. Biroq ular yoki umumiy xarakterga ega – birgalikda blokcheynni muvaffaqiyatli targ‗ib etishga yordam beradigan iqtisodiy institutlar taraqqiyoti, huquq me‘yorlari va texnologiyalar masalalari har doim ham tizimli ko‗rib chiqilmaydi. Yoki hududiy jihatlarga (masalan, Xitoy iqtisodiyotiga) e‘tibor qaratiladi. Yoki ular ushbu texnologiyaning sof sanoat muammolarini aks ettiradi. Lekin sanoatda blokcheynni joriy etish - bu bir narsa, va boshqasi - moliya va banklar sohasida joriy etish. Ko‗p jihatdan, blokcheyn texnologiyasining paydo bo‗lishi tufayli, rivojlanayotgan, yangi sanoat bilan o‗xshashlik bo‗yicha Moliya 4.0 deb nomlangan moliyaviy tizim tasavvurlari haqida aniqroq fikr paydo bo‗ldi. Moliyaviy tizimlar har doim iqtisodiyot va bazaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan o‗zaro bog‗liqlikda rivojlanib, ular bilan birgalikda bir qator 44 bosqichlardan o‗tdilar. Moliya 1.0 vujudga kelishi 1668 yilda birinchi markaziy bank yaratilishi bilan ramziy ravishda bog‗liqdir. Moliya 2.0 paydo bo‗lishi (XIX asr oxiri - XX asr boshlari) sanoat ishlab chiqarishining va aholining iste‘mol darajasi yuksalishi fonida kredit va fond bozorlarining o‗sishi bilan izohlanadi. O‗sha davrda moliyaning ichki tuzilishi o‗zaro ta‘sirlashuvchi tomonlar sonining o‗sib borishi va regulyatorlar rolining mustahkamlanishi tufayli yanada murakkablashdi. IBM meynfreymlarida moliyaviy tranzaksiyalarni hisobga olishni avtomatlashtirish ushbu davrning oxirlariga to‗g‗ri keldi. Moliya 3.0 shakllanishi (XX asr 80-90-yillari - XXI asr birinchi o‗n yilligi) ishlab chiqarish, savdo-sotiq va moliyaning yanada globallashuvi sharoitida sodir bo‗ldi. Ushbu bosqichga birjadan tashqari moliyaviy tarkibiy qismlari – regulyatorlar nazorati sohasidan tashqarida bo‗lgan va natijada jahon moliyaviy- iqtisodiy inqiroz sabablaridan biri bo‗lib xizmat qilgan shaffof bo‗lmagan vositalarning yuksalishi to‗g‗ri keldi. Inqirozning birinchi to‗lqinlaridan so‗ng regulyatorlar pozitsiyasi yanada qat‘iy bo‗ldi. Bu davrda FATF (pullarni o‗zlashtirishga qarshi kurashish bo‗yicha moliyaviy choralar ishlab chiqish guruhi) yaratilib, ofshorlar bilan kurash boshlanadi. Axborotlashtirish sohasida mijoz- server arxitekturasi (meynfreymlar inqirozi) mashhur bo‗lmoqda va Internet jadal o‗smoqda. Moliya 3.0, ―o‗yin qoidalari‖ murakkablashuvi va texnikaning keskin taraqqiyotiga qaramasdan, moliyaviy menedjmentning an‘anaviy (Moliya 2.0 davrlaridan deyarli o‗zgarishsiz) muolajalariga asoslangan. Tranzaksiyalarni amalga oshirish buxgalterlik hisobi va moliyaviy hisobotga tayanadi. Monitoring, xavfli menedjment, audit va komplaens uncha avtomatlashtirilmaydi va ko‗pgina konservativ muolajalardan iborat bo‗ladi. Bunda qaror qabul qilish tezligi va sifati yangi sanoat davri tabiatiga mos kelmaydi, unda (ehtiyojlari oshib, murakkablashib borayotgan) odamlar bilan bir qatorda moliyaviy faoliyatni milliardlab kibertabiiy tizimlar amalga oshiradi (avtonom ―bot‖ dasturlaridan buyumlar Interneti moslamalarigacha). Mastercard fikriga ko‗ra, aynan raqamli bank xizmatlarining past ochiqligi iqtisodiy o‗sish to‗xtashi va muvozanatsizlik sabablaridan biri hisoblanadi. Moliya sohasidagi (Moliya 4.0) eng yangi o‗zgarishlar kriptovalyutalardan pullarni tartibga solishning mavjud mexanizmlarni ―buzish‖ va dunyoda shakllangan pul hokimligi balansini o‗zgartirish (XXІ asr ikkinchi o‗n yilligi) uchun foydalanib ko‗rishlardan boshlandi. Moliyaviy faollik (balki hokimlik ham) vaqt o‗tishi bilan hisoblash quvvatlarga proporsional ravishda jahonda qayta taqsimlanadi, deb taxmin qilish mumkin. Birinchi raqamli valyutalar buning darakchilari bo‗ldi. SHu bilan birga, moliyaviy axborot almashish va saqlash an‘anaviy korporativ buxgalteriyadan ―bulutsimon‖ saqlash joylariga muqarrar 45 ketib, u erda uni qayta ishlash va xavfsizlik strategiyalari muolajalari mutlaqo boshqacha tuzilgan. Hozirgi bank amaliyotlari ularning ―kun hujjatlari‖ bilan bu asnoda anaxronizm bo‗lib ko‗rinadi. Bo‗lajak moliyaviy tizimdan uning moliya xizmatlarining dinamikligini, turli- tumanligini va ochiqligini oshirishi, ularni avtomatlashtirishi va to‗lovlar, investitsiyalar, omonatlar va sug‗urtalashning yangi vositalarini yaratishini (keyingisi hozirgi ko‗rinishdagi pension tizimning inqirozini hisobga olgan holda juda muhimdir), global moliyalar faolligi markazini derivatlar bilan bo‗lgan chayqovchilikdan real investitsiyalarga qadar siljitishi va, ehtimol, iqtisodiy tengsizlikni bartaraf etishi kutilmoqda. McKinsey tadqiqotlariga ko‗ra, yangi raqamli texnologiyalar, shu jumladan, blokcheynning targ‗ib etilishi Moliya 4.0 doirasida iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar YAIM ni 6% ga oshirishi va butun dunyo bo‗yicha 95 mln yangi ish joylarini yaratishga olib kelishi mumkin. Moliya 4.0 allaqachon mobil, yuqori intellektual va avtonom texnologiyalar asosida shakllanmoqdaki, ular hozircha bank sektoridan tashqarida vujudga kelib, asta-sekinlik bilan unga kirib bormoqda. Ko‗rinib turibdiki, yangi tizim ko‗p qutbli bo‗lib, u nafaqat fiat, balki raqamli valyutalarni ham o‗z ichiga olib, u erda to‗lovlar sub‘ektlari ham odamlar, ham kimsasiz kibertizimlar bo‗ladi. Banklarning hozirgi holatida innovatsiyalarni faol rivojlantirayotgan ishbilarmonlik muhitining ehtiyojlaridan orqada qolishi raqamli valyutalarga (erkin alternativ sifatida) qiziqishning oshishiga va ular uchun umidlarning kuchayishiga sabab bo‗ldi. SHunday bo‗lsa-da, raqamli valyutalar va bir darajali tarmoqlardagi to‗lovlar mukammalashishda davom etmoqda, va bu o‗zgarishlarga moslashmagan holda, bank sektori yana bir inqirozga duch kelishi mumkin, deb taxmin qilish mumkin. Biroq, bunday xavfga qaramasdan, ko‗pgina banklar blokcheyn-loyihalarga nisbatan oligopolistik raqobat uchun an‘anaviy bo‗lgan ―yo‗q qilish uchun qo‗llab- quvvatlash‖ strategiyasini (embrace, extend, extinguish) qo‗llashadi. Alohida o‗yinchilar, keyinchalik ko‗rsatilganidek, ushbu texnologiya bilan bo‗lgan ―qum maydonchasi‖ dagi ehtiyotkorona tajribalarni, o‗zlarining asosiy bizneslaridan uzoqlashgan holda, moliyalashtirmoqdalar. Faqatgina ayrim moliyaviy vositachilar blokcheynni amaliyotda joriy etishga harakat qilmoqdalar. Bu erda muammo nafaqat an‘anaviy qog‗ozbozlikni konservalashtirishga intilgan banklarda, balki ko‗p qutblilikka har turda qarshi turgan regulyatorlarda hamdir. Blokcheyn – bu Moliya 3.0 ning tor joylarini bartaraf eta oladigan istiqbolli texnologiyalar stekining faqat birgina, ammo juda muhim qismidir. Blokcheyn biznes-hamkorlarga yuqori darajadagi ishonchlilik va maxfiylik bilan birgalikda umumiy ma‘lumotlarga kirishni kafolatlaydi. Bu tariqa axborot almashinuvi va tekshirishning, hamda uni qayta ishlashda kechikishlarning ortiqcha bosqichlarini bartaraf etadi. 46 O‗z-o‗zicha blokcheyn, ko‗p qutbli dunyoda buxgalteriya bilan cheklanib qolmaydigan moliyaviy axborot manbalarini ―choksiz‖ birlashtirib, kiber- xavfsizlikni (ayniqsa, virtual ―bulutsimon‖ tizimlarda) ta‘minlashi, komplaensni tezlashtirishi va avtomatlashtirishi, xujjatlar aylanmasini va xatolar manbai sifatidagi inson omili ta‘sirini qisqartirishi mumkin. YA‘ni, pirovard natijada yo‗qotishlar xavfini kamaytirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va kapital aylanmasini oshirishi mumkin. Bank sektori blokcheynni joriy etish hisobidan operatsion xarajatlarning 27% gacha tejashi kutilmoqda. Shunisi muhimki, blokcheyn menedjmentning qiymat tizimini o‗zgartiradi. Endilikda agar ishonch muvaffaqiyat va xatolar uchun mas‘ul bo‗lgan rasmiy tekshirish tartibiga asoslangan bo‗lsa, va axborotning o‗zining qiymati byurokratik muolajalar ortida yashiringan bo‗lsa, keyin blokcheyn kelishi bilan, kod ochiqlik va xavf bo‗lishi mumkin bo‗lmagan ma‘lumotlar mavjudligi oldinga chiqadi (Deloitte buni ―haqiqat demokratiyalashuvi‖ deb ataydi). Bunda audit va komplaens matematik funksiyalar o‗xshashligiga aylanib, ular axborotni faqat o‗zgartiradi (aks ettiradi), lekin uning mazmuni va haqiqiyligini almashtirmaydi, yomon ta‘sir qiladigan effektlar yaratmaydi, va buning hisobiga taqsimlangan tizimlarda osonroq avtomatlashadi va masshtablashtiriladi. Buning natijasida bank sektori kam arxaik va ko‗proq innovatsion bo‗lishi mumkin. Lekin amalda bularning barchasini amalga oshirish juda qiyin, bu esa ko‗p ishlarni, jumladan, tadqiqotlarni talab qiladi. O‗zini tekshirish uchun savollar 1. Moliya 4.0 deb nomlananmoliyaviy tizim nima? 2. Moliya 1.0 qachon vujudga kelan? 3. Moliya 2.0 qachon paydo bo‘lgan? 4. Moliya 3.0 qachon shallangan? 5. Moliya 4.0 va blocheyn texnologiyalarining o‘zaro bog‘liqligi/ 6. Bank setorida blokcheynni joriy qilish orqali operatsion xarajatlarni qancha tejash mmkin? 7. Delotte (haqiqat demoratiyasi) nima? Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling