O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

Elektron demokratiya – bu ishlab chiqarish texnologiyasida ro‗y beradigan 
revolyusion o‗zgarishlar ijtimoiy qarorlar qabul qilish texnologiyalarida 
revolyusion o‗zgarishlarni, ya‘ni siyosiy tizimda tubdan o‗zgarishlarni talab 
etishini ta‘kidlovchi konsepsiyadir. Bu konsepsiya asosida to‗g‗ridan-to‗g‗ri 


163 
demokratiya yotadi, ya‘ni jamiyat qarorlarini qabul qilish tamoyillari tanlangan 
vakil tomonidan emas, balki bilvosita oddiy fuqaroning elektron saylash jarayonida 
ishtirok etishi orqali amalga oshiriladi.
Elektronli 
kottej– 
ishchining 
uy 
sharoitida 
joylashgan 
kerakli 
telekommunikatsion vositalar bilan jihozlangan ish joyi. Elektronli kottedjlarning 
keng tarqalganligi transport, ishlab chiqarish va ofis xonalari sarf-harajatlarini 
qisqartirish, atrof-muhitning ifloslanishini kamaytirish, insonlarning bo‗sh vaqtini 
ko‗paytirish, qishloq hayotining jozibadorlikligini tiklash, oilani mustahkamlashga 
yordam beradi.
Elektron raqamli imzo –elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat 
axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus 
o‗zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 
yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‗qligini aniqlash va elektron 
raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan 
imzo.
Elektron tijorat – kompyuter tizimlaridan foydalanish orqali amalga 
oshiriladigan barcha moliyaviy va savdo tranzaksiyalari va ular bilan bog‗liq 
biznes jarayonlarni o‗z ichiga oluvchi iqtisodiyot sohasidir. Elektron tijoratning 
texnologik asosi global internet tarmog‗i hisoblanadi. Elektronli tijoratning xususiy 
holati sifatida mobil aloqa hizmatini keltirish mumkin, u mahsulot va hizmatlarni 
sotib olish maqsadida simsiz cho‗ntak moslamalarini ishlatish jarayoni 
hisoblanadi.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling