22
Xavfsizlik va himoyalanganlik
Yuqorida so‗z yuritilgandek, har qanday markazlashgan ma‘lumotlar
bazasini
buzib, unga o‗zgartirishlar kiritish mumkin. Blokcheyn bilan bu imkonsizdir.
Bloklardan birini buzib, undagi ma‘lumotlarni o‗zgartirish
mantiqsiz, chunki
barcha bloklarni buzishga to‗g‗ri keladi, buning uchun esa ulkan hisoblash quvvatlari
lozimdir – chunki yangi bloklar oldingi bloklar haqidagi ma‘lumotlarni
shifrlangan
holda o‗zida saqlaydi. SHu sababli buzishga urinish tarmoqning boshqa ishtirokchilari
tomonidan albatta e‘tiborga olinadi.
Xesh-funksiyalar hamda raqamli imzodan foydalangan holda kuchli shifrlash
algoritmi ham soxtalashtirishga to‗siq bo‗ladi.
Imzoda ikkita kalit – ochiq va yopiq kalit ishlatiladi. Birinchisi imzoni o‗zini
tekshirish uchun, ikkinchisi
esa uni yaratish uchun lozim, va u mahfiydir. Kalitlar
ishtirokchilarga u yoki bu ma‘lumotga kirishni ta‘minlaydi.
Ochiqlik va shaffoflik
Butun
baza omma uchun ochiq, shu bois u yoki bu blok ma‘lumotlarini
istagan kishi ko‗rishi mumkin. Bir foydalanuvchi boshqasiga pul o‗tkazishi – bu
haqda esa har bir kishi bilishi mumkin. Ammo kim kimga pul o‗tkazgani -
sirligicha qoladi. Ushbu ma‘lumot almashuvning bevosita ishtirokchilariga
ko‗rinadi, agar ular o‗zlari uni ommaga oshkor qilishni istamasalar.
Yozilganlarning o‗zgarmasligi
YAngi ma‘lumotlarni yozib olish
uchun blokcheyn tugunlari konsensusi
(4.3.2-p. q.) lozim bo‗ladi. Bu amaliyotlarni filtrlashga va faqat qonuniy
tranzaksiyalarni yozib olishga imkon beradi. Xeshni almashtirishni amalga oshirish
mumkin emas.
Blokcheyn ishlashi misoli (4.3.5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: