O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bloklarning shakllantirilishi va yopilishi
1. A mijoz V mijozga pul o‗tkazmoqchi bo‗lsin; 2. Tranzaksiyalar tarmoqqa uzatiladi va blokka to‗planadi, har bir blok oldingi blokning raqami va blokiga ega; 3. Bloklar tizimning barcha ishtirokchilariga tekshirilish uchun yuboriladi; 4. Xato bo‗lmasa, har bir ishtirokchi blokni ma‘lumotlar bazasining o‗z nusxasiga yozib oladi; 5. Blok barcha oldingi tranzaksiyalar to‗g‗risidagi ma‘lumotga ega bo‗lgan bloklar zanjiriga qo‗shiladi; 6. Pullar A mijozdan V mijozga o‗tkazildi. 23 1.3.5-rasm. Blokcheyn ishlashi sxemasi Ushbu tizim qanday ishlashini ko‗rib chiqamiz. Bu bloklarning ketma- ketligi (1-2-3-4-5-6) yopiq doira emas, zanjirdir. Bloklarning har biri muayyan ma‘lumotlar massividan iborat. Barcha bloklar o‗zaro bog‗liqdir. YA‘ni yangi massiv eski massiv yopilgandan keyingina yaratilishi mumkin. Bloklarning shakllantirilishi va yopilishi 1.3.5-rasmda ko‗rinib turgandek, zanjirning har biri bloki ma‘lum bir kalitga ega. Toki kalit shifrsizlantirilmasa, blok yopilmaydi. 4.3.6-rasm. Blok kalitini shifrsizlantirish bilan maynerlar shug‗ullanadi. Matematik algoritmlarni kompyuterda echishda tuzilgan kriptovalyutalar chiqarish mayning deb ataladi. Bu bilan shug‗ullanganlar esa maynerlar deb ataladi. Kriptovalyutalarni topish bilan shug‗ullangan maynerlar buni videokartalar va protsessorlar quvvatlari yordamida amalga oshiradilar. Ular esa, o‗z navbatida, hisoblash amaliyotlarini bajarib, ularning asosiy maqsadi – blokka xesh ko‗rinishida kriptografik imzo izlashdir. U tanlangan zahoti blok yopiladi. Mayner esa buning evaziga kriptovalyuta ko‗rinishida mukofot oladi. Mayning – bu Bitkoin tarmog‗ida zarur va muhim jarayon bo‗lib, uning natijasida quyidagi vazifalar hal bo‗ladi: 1. Blokcheynga tranzaksiyalarning yangi blokini yozib olish. 2. Bitkoinning yangi tangalarini chiqarish (emissiya). 3 4 5 6 1 2 4 5 6 24 3. Tranzaksiyalarni qayta ishlashlari va yangi blokni shakllantirishlari uchun tarmoq ishtirokchi (mayner) larini tarmoqda mukofotlash. 4. Buzish urinishlarini va pul tarmog‗i nazoratini iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq qiladigan “51% li hujum” dan himoya qilish. 5. Blokcheynning tarmoqdagi ko„p sonli nusxalarini qo„llab-quvvatlash. Bu maynerlarga yangi tranzaksiyalarni nazorat qilish uchun blokcheynning to‗liq dolzarb (so‗nggi) versiyasiga ega bo‗lmoq lozimligi tufayli sodir bo‗ladi. Blokcheyn faoliyati va uning xavfsizligi maynerlar va blokcheynning boshqa ishtirokchilari tomonidan ta‘minlanadi. Zanjir ishini qo‗llab- quvvatlaydigan barcha ishtirokchilar o‗zaro tengdir. Bu erda server yoki biron bir jarayonli markaz bo‗lmaydi. Blokcheynning har bir foydalanuvchisi xavfsizlik kafili bo‗ladi. Blokcheyn shunday tuzilganki, amaliyotlarni bloklash mumkin emas. Tarmoqni markazsizlantirish turli mamlakat va yurisdiksiyalarni ifodalagan sub‘ektlar o‗rtasida vositachi yoki regulyatorlarsiz o‗zaro kelishuvga ko‗ra ma‘lumotlarni uzatishga imkon beradi. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling