O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Blokcheynda konsensus algoritmlari
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
1.3.2. Blokcheynda konsensus algoritmlari
YUqorida qayd etilgandek, blokcheyndagi ma‘lumot ochiq va shaffofdir. Bu har kimsa tranzaksiya tarixini va uning amalga oshirilgan yo‗lini ko‗rishi mumkinligini bildiradi. Bitim o‗lchami haqidagi ma‘lumot ham ochiqdir. Lekin bunda adresat va adresant shaxslari oshkor etilmaydi. Blokcheyn shaffofligi shundadir. Har qaysi tranzaksiya tarmoq ishtirokchilarining ko‗p qismi tomonidan tasdiqlanganidan keyin qat‘iy tasdiqlangan deb e‘lon qilinadi. Tranzaksiyaga ruxsat berish uchun tarmoqning barcha ishtirokchilari o„rtasida kelishuvga erishish va uning ishlashini ta‟minlaydigan konsensus mexanizmi kerak. Blokcheynga kirish butun tarmoqning ishonchliligini kafolatlaydigan maxsus kalitlar yordamida amalga oshiriladi. U har bir foydalanuvchida bor. Kalit - kriptografik yozuvlar to‗plami. U mutlaqo noyobdir, bu ma‘lumotlarni almashtirish va xaker hujumlarining mumkin emasligini kafolatlaydi. Buning uchun xakerlar tarmoqdagi barcha kompyuterlarga kirish imkoniyatiga ega bo‗lishlari kerak. Blokcheynning ishga layoqatliligini va ishonchliligini ta‘minlaydigan mexanizmlar – bu konsensus algoritmlari. Bitkoin blokcheyni paydo bo‗lgunga qadar ko‗p marotaba markazsizlashtirilgan to‗lov tizimini yaratishga urinish bo‗lgan. Ammo ularning barchasi muvaffaqiyatsiz edi, chunki ishlab chiquvchilar konsensusga erishish masalasini hal eta olmadilar. Eng mashhur konsensus algoritmlari misolida ular qanday tuzilganligi va blokcheynda qay tarzda kelishuvga erishilishini ko‗rib chiqamiz. 25 Shartnoma munosabatlari Konsensus umuman olganda bitimga kelish usulini anglatadi. YAgona boshqaruv organiga ega bo‗lmagan markazsizlashtirilgan tizimdan iborat blokcheynda konsensusga erishish uchun turli algoritmlar ishlab chiqilgan. Blokcheyn-tarmoqda tizim ishtirokchilarining bir-biriga ishonishi yoki ishonmasligining ahamiyati yo‗q. Ular ishning barchaga taalluqli muayyan tamoyillari haqida kelishib olishlari lozim. Va bu – konsensus mexanizmining to‗g‗ridan-to‗g‗ri funksiyasi. Blokcheynda konsensus algoritmi barcha ishtirokchilar o‗rtasida kelishuvga erishish va tarmoqning ishlash qobiliyatini ta‘minlashg imkon beradigan ma‘lum matematik qoida va funksiyalar majmuidan iborat. Hozirgi vaqtda konsensusga erishishning bir necha algoritmlari mavjud. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling