O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
Litecoin
Ushbu pul birligi ilgari Google kompaniyasida ishlagan dasturchi CHarli Li tomonidan yaratilgan. Litecoin 2011 yilda chiqarila boshlangan. Kriptovalyutani yaratishning asosiy maqsadi – o‗z qiymatiga ko‗ra oltinga tenglashtirilgan Bitkoin singari, raqamli pullar bozorida kumushning o‗ziga xos analogi bo‗lishdir. Litecoin bir darajali Internet-valyutadan iborat bo‗lib, dunyoning xohlagan nuqtasiga qiymati bo‗yicha deyarli nolga teng to‗lovlarni o‗z ichiga oladi. Litecoin – bu to‗liq markazsizlashtirilgan ochiq dastlabki kod, global to‗lov tarmog‗idir. Bitkoinga qaraganda, Litecoin tranzaksiyalarni tasdiqlashning tezroq vaqti (2,5 minut) va yuqori saqlash samaradorligi bilan ajralib turadi. Sohaning yaxshi 41 qo‗llab-quvvatlashi, savdo aylanmasi va likvidligi bilan Litecoin Bitkoinga qo‗shimcha ravishda tijorat uchun sinalgan vosita bo‗lib kelmoqda. Litecoin emissiyasi 84 mln dollar bilan cheklangan. Ripple Ripple – bu markazsizlashtirilgan kriptovalyuta bo‗lib, o‗z vaqtida to‗g‗ridan-to‗g‗ri raqobat qiluvchi valyuta sifatida emas, balki Bitkoinga qo‗shimcha tarzda yaratilgan. Ripple kriptovalyutasi tarjimasi – ―pulsatsiya‖ deb tushuniladi, ya‘ni ushbu valyutani yaratishda uni butun ekotizim rivojlanishiga yordam bo‗ladi deb nazarda tutishgan. Mutaxassislar ta‘kidlashicha, Ripple – bu qat‘iy tabaqalashtirilgan reestrli, bir darajali tizim bo‗lib, ammo, Bitkoin bilan tashqi o‗xshashligiga qaramasdan, ushbu kriptovalyuta bir necha muhim tafovutlarga ega: 1. Ripple kriptovalyutasi tranzaksiyalar o‗tkazishning eng yuqori tezligiga ega. Hozirgi vaqtda o‗z ko‗rsatkichlariga ko‗ra Ripple bilan tenglasha oladigan bironta tizim yoki boshqa valyuta yo‗q. 2. Ripple nafaqat xakerlardan, balki kiberhujumlardan ham yuksak himoyalanish darajasiga ega, bu esa buzib kirish yoki tangalarga noqonuniy ega bo‗lish imkonsizligi yoki kichik ehtimolini nazarda tutadi. 3. Ripple tangalari inflyasiyaga uchramaydi. Bunga eski tangalar aylanmadan qanday hajmda chiqib ketsa, yangi tangalar shuncha miqdorda yaratilishi bilan erishiladi. 4. Tranzaksiyalar uchun to‗lovni boshqa kriptovalyutalar bilan solishtirganda, tranzaksiyalar komissiyasi minimaldir. 5. Tizim ichida nafaqat valyutalarni, balki qimmatbaho narsalarni ham ayirboshlash mumkin. 6. Tranzaksiyaga ariza berilgandan keyin tahrirlash yoki umuman bekor qilish imkoniyati. Tether Tether – bu Tether Limited kompaniyasi chiqaradigan, fiat valyutalarga bog‗langan kriptovalyutadir. Tether VTS Bitkoinidan farqli o‗laroq, blokcheyndan Omni Layer protokoli orqali foydalanadi. Omni Layer protokoli – dastlabki kodi ochiq bo‗lgan dasturiy ta‘minot bo‗lib, bitkoin asosida kriptovalyuta tokenlarini chiqarish va qarz uzishni ta‘minlab, blokcheyn bilan o‗zaro ta‘sirda bo‗ladi. Tether valyutalari Tether platformasining rezerv hisobida 100% ga haqiqiy valyuta aktivlari bilan qo‗llab- quvvatlanadi. Kriptovalyutani sotib olish yoki Tether Limited xizmat ko‗rsatish sharoitlariga muvofiq milliy valyutalarga almashtirish mumkin. 42 Blokcheyn texnologiyasidan foydalanib, Tether foydalanuvchilarga dollar, evro va yenalarga bog‗langan raqamli jetonlarni saqlash, yuborish va olishga imkon beradi. Bitkoin ulushiga raqamli aktivlarning butun jahon bozor qiymatining 70% atrofida to‗g‗ri keladi. Biroq kunlik va oylik savdo hajmiga ko‗ra dastlabki kriptovalyuta emas, bozor kapitalizatsiyasi bitkoindan 30 martadan ziyod kamroq bo‗lgan Tether etakchilik qiladi. 2018 yilda Tether savdosi hajmi bitkoinning analogik ko‗rsatkichidan taxminan 21 mlrd dollarga oshdi. 2018 yil may oyida absolyut rekord o‗rnatilib, unda USDT (Tether kriptovalyutasi tokeni) sutkasiga 31 mlrd dollarli rekord aylanmasini qayd qildi. 4.2-jadvalda eng mashhur kriptovalyutalarning asosiy ko‗rsatkichlari berilgan. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling