O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 264.51 Kb.
bet6/12
Sana13.09.2023
Hajmi264.51 Kb.
#1677179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Samandar amaliyot uchun hisobot oxiri1

Investisiya qo`mitasi faoliyati2
"O‘z Milliy Bank" aksiyadorlik jamiyatining Investisiya qo`mitasi o`zining ish faoliyatini Bank Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan “Investisiya qo`mitasi to`g`risida”gi Nizomga asosan olib bordi.
2021 yil 1 yanvar holatiga bankning investisiya portfeli
411,95 mlrd. so`mni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga (88,34 mlrd. So`m) nisbatan 323,18 mlrd. so`mga ko`paygan. Bankning investisiya portfelining tarkibi mulkchilik shakliga ko`ra quyidagilardan iborat:
- aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari – 2,69 mlrd. so`m yoki 0,66 foiz;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatlaridagi ulushlar – 38,47 mlrd. so`m yoki 9,34 foiz.
- O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining davlat qimmatli qog`ozlariga va O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatli qog`ozlariga (DQQ) – 370,79 mlrd. so`m yoki 90,00 foiz.
2020 yil davomida bankning investisiya portfelidagi investisiyalardan jami 30,48 mlrd. so`m miqdorida daromadlar olindi.
Kreditlash faoliyati
2020 yil davomida "O‘z Milliy Bank" AJ tomonidan kredit portfelini diversifikasiya qilish siyosatini qo`llagan holda, kreditlash jarayonlarining asosiy yo`nalishini belgilashda asosiy e’tibor iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, manzilli va hududiy dasturlarga kiritilgan loyihalarni, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining istiqbolli loyihalarini moliyalashtirishga qaratildi.
Bankning 2019 yildagi 5 601,8 mlrd. so`mlik kredit portfeli 2020 yil yakunida 5 705,9 mlrd. so`mga etib, uning jami aktivlardagi ulushi 70,4 foizni tashkil etdi. Shuningdek, kredit portfelining 89,4 foizini uzoq muddatli kreditlar tashkil qildi.Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi investision jarayonlarni xususan, modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bilan bog`liq loyihalarni moliyaviy ta’minlash maqsadida 2020 yil davomida jami 309,3 mlrd. so`m miqdorida investision loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar ajratilib, ularning qoldig`i 3 580,9 mlrd. so`mni tashkil etdi.Shu bilan birga, 2020 yilda ajratilgan bank kreditlari Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida vujudga kelishi mumkin bo`lgan kredit risklari ta’sirini yumshatish hamda korxonalar ish faoliyatida uzilish va moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida aylanma mablag`larini to`ldirishga qaratildi.Xususan, bank tomonidan joriy yilda 537 ta tadbirkorlik sub’ektiga aylanma mablag`larni to`ldirish uchun jami 490,7 mlrd. so`mlik (shundan pandemiya davrida - 419,2 mlrd. so`m) kreditlar ajratildi.
Jumladan:
- oziq-ovqat sohasi korxonalariga – 72,8 mlrd. so`mlik;
- tekstil sohasi korxonalariga – 70,0 mlrd. so`mlik;
- qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi korxonalariga – 149,4 mlrd. so`mlik;
- tibbiyot va farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi korxonalariga – 74,8 mlrd. so`mlik;
- qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish va uni qayta ishlash korxonalariga – 42,2 mlrd. so`mlik;
- boshqa soha va korxonalarga – 81,5 mlrd. so`mlik kreditlar ajratildi.
Bankda kreditlar hajmini oshirish bilan bir qatorda, kredit xatarlarining minimal darajasini saqlab turishga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi kredit portfelining barqaror o`sishini ta’minlamoqda.
Kredit portfelining tarkibi quyidagicha:
Kredit portfeli muddatlari bo`yicha:
-qisqa muddatli 607,1 mlrd. so`m yoki 10,6 foiz;
-uzoq muddatli 5 098,8 mlrd. so`m yoki 89,4 foiz.
Mulkchilik shakli bo`yicha:
-xususiy korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga 3 453,5 mlrd. so`m yoki 60,6 foiz;
-davlat korxonalariga 761,1 mlrd. so`m yoki 13,3 foiz;
-nodavlat korxonalariga 15,6 mlrd.so`m yoki 0,3 foiz;
-qo`shma korxonalarga 453,3 mlrd. so`m yoki 7,9 foiz;
-jismoniy shaxslarga 1 022,4 mlrd. so`m yoki 17,9 foizni tashkil etadi.
Yuridik shaxslarga milliy valyutada ajratilgan kreditlar
2 764,1 mlrd. so`mni yoki portfelning 48,4 foizini, xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar 1 919,4 mlrd. so`mni yoki portfelning 33,6 foizini hamda jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar 1 022,4 mlrd. so`mni yoki portfelning 17,9 foizini tashkil etdi.
2020 yilda bank tomonidan jami 1 667,7 mlrd. so`m miqdorida kreditlar ajratildi hamda 1 563,6 mlrd. so`m miqdoridagi kreditlar grafik asosida qaytarildi.


Download 264.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling