O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 264.51 Kb.
|
Samandar amaliyot uchun hisobot oxiri1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z Milliy Bank" AJ Qumqo‘rg‘on filiali faoliyatini bank operatsiylari tahlili
Bankda tavakkalchiliklarni boshqarish uchta himoya chizig`idan tarkib topgan mexanizm orqali boshqarib kelinmoqda. Ushbu mexanizm, bankda har bir bo`g`inning vakolat va majburiyatlari, funksiya va vazifalari, hisobdorlik masalalari “Bank tavakkalchiliklarini boshqarish” Siyosati, “Bank tavakkalchiliklarini nazorat qilish qo`mitasi to`g`risida”gi, “Bank faoliyatini stress testdan o`tkazish tartibi to`g`risida”gi, “Operasion tavakkalchilikni boshqarishni tashkil etish to`g`risida”gi, “Bozor tavakkalchiligini boshqarishni tashkil etish to`g`risida”gi, “Kredit tavakkalchiligini boshqarishni tashkil etish to`g`risida”gi, “Likvidlik tavakkalchiligini boshqarishni tashkil etish to`g`risida”gi, “Bank tavakkalchiliklarini boshqarish boshqarmasi to`g`risida”3gi Nizomlarga asosan tartibga solinadi. Hisobot davrida bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida ehtimoliy xatarlarni ular yuzaga kelishidan oldin aniqlash, bank resurs bazasining diversifikasiyasini oshirish, yirik mijozlarga qaramlik darajasini kamaytirish, bank xodimlari, xususan bank tavakkalchiliklarini boshqarish bo`yicha mas’ul bo`linma xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish kabi masalalarda tizimli ravishda ishlar tashkil etildi.Tavakkalchiliklarni boshqarishda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tavakkalchiliklarni oldindan aniqlash, alohida nazorat o`rnatilishi lozim bo`lgan faoliyat turlari bo`yicha limitlar o`rnatish hamda mazkur jarayonlarni avtomatlashtirish va bank tavakkalchiliklarini boshqarishda inson omilini bosqichma-bosqich qisqartirib borishga asosiy urg`u berildi. Bank dasturchilari bilan hamkorlikda bank dasturiy kompleksida “Risk-menejment” quyi tizimi sinov tariqasida joriy etildi. Hozirda mazkur tizimni bank faoliyatida vujudga keladigan ayrim risklar hamda belgilangan limitlarni avtomatlashtirilgan tartibda nazorat qilish va boshqarish yuzasidan qo`shimcha modullar bilan boyitish ustida ish olib borilmoqda. Bank tavakkalchiliklarini boshqarishda stress testlash metodidan keng foydalanib kelinmoqda. Xususan, bank tavakkalchiliklarini boshqarish boshqarmasi tomonidan davriy ravishda, turli stress ssenariylar asosida bank faoliyati, jumladan, bankning likvidlilik holati stress testdan o`tkazib kelinmoqda. O`tkazilgan stress test natijalariga ko`ra, bank faoliyatida stres holat yuzaga kelishi bilan amalga oshiriladigan chora tadbirlar dasturi tasdiqlab borilmoqda. Bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimini xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish, mazkur sohaga mas’ul bo`lgan tarkibiy bo`linma xodimlarining bilim va malakasini oshirish borasida tizimli ishlar yo`lga qo`yildi. Xususan, rivojlangan mamlakatlarda bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimi bilan yaqindan tanishish, ularda mavjud ilg`or tajribalarni bankka joriy etish maqsadida, Bank tavakkalchiliklarini boshqarish boshqarmasi xodimlarining xorijiy mamlakatlardagi nufuzli oliy o`quv yurtlari, xalqaro moliya tashkilotlari hamda reyting agentliklari tomonidan o`tkazilgan seminar va treninglarda ishtirok etishlari ta’minlandi.Bankning uzoq muddatga mo`ljallangan strategiyasiga muvofiq bankda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini takomillashtirish uzluksiz ravishda amalga oshiriladi va quyidagi yo`nalishlarni qamrab oladi: a) Bankda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini xalqaro moliya institutlarining texnik ko`magi hamda xorijiy ekspertlarni jalb qilish orqali bank tavakkalchiliklarini boshqarishning jahon standartlariga muvofiq holda takomillashtirish; b) bank tavakkalchiliklarini boshqarish jarayonida inson omilini bosqichma-bosqich kamaytirib borish; v) bankdagi tavakkalchiliklarni boshqarishga mas’ul tarkibiy bo`linma xodimlarining malakasini doimiy ravishda oshirib borish; g) bankning har bir faoliyat turi bo`yicha uning tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda limitlash tizimini joriy etish. Ushbu tizim orqali o`rnatilgan limitlarga amal qilinishini real vaqt rejimida kuzatib borgan holda, vujudga keladigan tavakkalchiliklarni oldindan aniqlab uni bartaraf etish amaliyotini yo`lga qo`yish va mazkur jarayonlarni to`la avtomatlashtirish. “O‘z Milliy Bank" AJ Qumqo‘rg‘on filiali faoliyatini bank operatsiylari tahlili Bank iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida faoliyat yurituvchi xo`jalik sub’ektlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar hamda aholiga keng ko`lamdagi sifatli va innovasion bank xizmatlarini ko`rsatib kelmoqda. Bankning ko`p yillik ish tajribasi, siyosati, sifatli menejmenti, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi va xizmat ko`rsatishda innovasion yondashuvi mijozlarning bankka bo`lgan ishonchini doimiy ravishda oshishini va o`zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarining mustahkamlanishini ta’minlamoqda. Bank hamda mijozlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni o`rnatishning asosiy tamoyillari doimiy konstruktiv dialog, ularning muammolariga va ehtiyojlariga e’tibor qaratish, tezkor qarorlar qabul qilish va axborotlarning oshkoraligi hisoblanadi. "O‘z Milliy Bank" AJ xizmat ko`rsatishning eng yuqori standartlariga tayangan holda o`z mijozlariga keng miqyosdagi zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif qilib kelmoqda. Ko`rsatilayotgan bank xizmatlarining sifati va ko`lamining kengayishi, hamkorlik munosabatlarining mustahkamlanishi va rivojlanishi hisobiga mijozlar bazasi hisobot sanasiga 774 581 tani tashkil qilib, uning tarkibi quyidagilardan iborat: - yuridik tashkilotlar – 17 329 ta; - yakka tartibdagi tadbirkorlar – 10 180 ta; - jismoniy shaxslar – 747 072 ta. Bank tomonidan an’anaviy bank xizmatlarini takomillashtirish bilan birga «Bank-mijoz», «SMS-banking», «Internet-Banking», «Zoomrad», «Aloqamobile», «Aloqabiznes», «Payme», «сlick», «Upay», «Oson» hamda «Uzcard» kabi interaktiv xizmatlar tizimlari orqali masofaviy bank xizmatlari keng joriy qilib kelinmoqda4. Mijozlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida «салл cентер» xizmati orqali bank tomonidan taqdim qilinayotgan xizmat turlari to`g`risidagi ma’lumotlar uzluksiz berib borilishi yo`lga qo`yildi.O`tgan yilga nisbatan korporativ mijozlar bazasining o`sishi "O‘z Milliy Bank" AJ ishonchli hamkor ekanligini va xizmatlar sifatini oshirish bo`yicha yuqori natijalarga erishganidan dalolat berib turibdi.Bugungi kunda bankning faoliyati mijozlarga nafaqat majmuaviy bank xizmatlarining to`liq dasturini, shuningdek, bank mijozlarining xohishlariga muvofiq doimiy ravishda to`ldirib boriladigan keng turdagi qo`shimcha mahsulotlar va xizmatlarning tanlovini taqdim etmoqda. "O‘z Milliy Bank" AJ mijozlari uchun yangi mahsulotlar va xizmatlarni joriy qilishga doimiy intilishi, bunda o`z mijozlarining istaklarini inobatga olgan holda ular bilan doimiy hamkorlik va ularni oldindan bilishga harakat qilishi o`z samarasini bermoqda.Bank regulyativ kapitalining asosini bankning xususiy kapitali tashkil etib, bankning barqaror resurs bazasi hisoblangan kapital 2019 yilda 1 396,4 mlrd. so`mni tashkil etgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2020 yilda 172,1 mlrd. so`mga yoki 112,3 foizga oshgan holda 1 568,5 mlrd. so`mni tashkil qildi.
Download 264.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling