O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 264.51 Kb.
bet2/12
Sana13.09.2023
Hajmi264.51 Kb.
#1677179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Samandar amaliyot uchun hisobot oxiri1

Vakillik munosabatlari:

  • AJ Alfa-Bank

  • AG Commerzbank (Germaniya);

  • PAO "Sberbank" (Rossiya)

  • YAJ Azia-Invest Bank (Rossiya);

  • KB Kookmin Bank (Koreya Respublikasi);

  • AJ TengriBank (loro hisobraqam, Qozog'iston Respublikasi);

  • OAJ Dos-Kredobank (loro hisobraqam, Qirg'iziston Respublikasi).

  • Bank auditori – PricewaterhouseCoopers (2012-2014 yy, 2018-2020 yy.)

Bank aksiyadorlari sifatida quyidagi bir qator nufuzli kompaniyalar, tashkilotlar va qo’shma korxonalar o’rin olgan:

  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

  • “O’zbekiston Respublikasi Тiklanish va Тaraqqiyot Jamg’armasi;

  • "O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi;

  • Elektromagnit moslashuv markazi;

  • Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi;

  • Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti;

  • “Alskom” sug’urta kompaniyasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;

  • Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi;

  • "DD GENERAL INSURANCE" ma'suliyati cheklangan jamiyat;

  • “O’zbekiston pochtasi” aksiyadorlik kompaniyasi;

  • "MEHNAT" ma'suliyati cheklangan jamiyat;

  • “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi.

«Axbor-Reyting» banklararo reyting kompaniyasi "O‘z Milliy Bank" AJga:
Milliy shkala bo’yicha kreditga layoqatlilik «uzA+» (Juda yuqori) reytingini berdi;
Investitsion faollik bo'yicha - 66,54 bal bilan baholadi.
"O‘z Milliy Bank" Aksiyadorlik Jamiyati o'z xizmatlarini butun Respuplika bo'yicha quyidagi hududiy bo’linmalari orqali taklif etadi:
• Filiallar
• Xizmat ko'rsatish ofislari
• Jamg'arma kassalari
• Valyuta ayirboshlash shoxobchalari
• Xalqaro pul o’tkazmalari shoxobchalari
"O‘z Milliy Bank" AJ yirik tarkibiy bo'linmalariga Toshkent shaxridagi Amaliyot Boshqarmasi hamda Respublika hududlaridagi filiallar tarmog'i kiradi.Xususiy va kichik biznes vakillari, dehqon va fermer xo’jaliklari, shuningdek aholining keng qatlamiga barcha bank xizmatlari ko’rsatishni geografik kengaytirish maqsadida xizmat ko'rsatish ofislari ochilgan.Toshkent shahri hamda hududiy filiallar qoshida aloqa xizmatlari, kommunal va boshqa to’lovlar qabul qilish uchun bankning jamg’arma kassalari faoliyat yuritib bormoqda.
"O‘z Milliy Bank” AJ tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari ochilgan. Bankning butun dunyo bo’yicha Western Union, Zolotaya korona va Leader kabi tizimlari orqali pul o’tkazmalarini amalga oshirish uchun xalqaro pul o’tkazish shoxobchalari xizmat ko’rsatib kelmoqda."O‘z Milliy Bank" aksiyadorlik jamiyati o'z xizmatlarini butun Respuplika bo'yicha quyidagi hududiy bo’linmalari orqali taklif etadi:
• Filiallar
• Xizmat ko'rsatish ofislari
• Jamg'arma kassalari
• Valyuta ayirboshlash shoxobchalari
• Xalqaro pul o’tkazmalari shoxobchalari
"O‘z Milliy Bank" AJ yirik tarkibiy bo'linmalariga Toshkent shaxridagi Amaliyot Boshqarmasi hamda Respublika hududlaridagi filiallar tarmog'i kiradi.Xususiy va kichik biznes vakillari, dehqon va fermer xo’jaliklari, shuningdek aholining keng qatlamiga barcha bank xizmatlari ko’rsatishni geografik kengaytirish maqsadida xizmat ko'rsatish ofislari ochilgan.Toshkent shahri hamda hududiy filiallar qoshida aloqa xizmatlari, kommunal va boshqa to’lovlar qabul qilish uchun bankning jamg’arma kassalari faoliyat yuritib bormoqda.
"O‘z Milliy Bank" AJ tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari ochilgan. Bankning butun dunyo bo’yicha Western Union, Zolotaya korona va Leader kabi tizimlari orqali pul o’tkazmalarini amalga oshirish uchun xalqaro pul o’tkazish shoxobchalari xizmat ko’rsatib kelmoqda.
Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi. Mikromoliyalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 10 yildan ortiq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotgani Bank ishonchliligi va barqarorligi koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borishi va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonishi xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonch tobora oʻshib borayotgani dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va Gollandiya banki (FMO) tomonidan xarid qilinishi buning isboti boʻldi va bu bankning investitsion jozibadorligini ancha yuksaltirdi.Mijozlar va biznes boʻyicha hamkorlar oldidagi majburiyatlarning aniq bajarilishi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi bankka oʻz obroʻ-e’tiborini doimiy ravishda oshirib borishga yordam bermoqda. Bankning barcha moliyaviy hisobotlari 1999 yildan boshlab xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan mustaqil tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Bankning kreditga qodirligi va moliyaviy barqarorligi 2007 yildan boshlab xalqaro reyting agentliklari tomonidan tasdiqlanmoqda.Raqobatchilar orasida Bank oʻzini biznes boʻyicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etmoqda hamda oʻsish, rivojlanish, samaradorlik va bozordagi hissasini oshirishga intilgan holda oʻz faoliyatini amalga oshirishga harakat qilmoqda
O‘z Milliy Bank" A J bosh offisi faoliyatini reglamentlovchi me`yoriy-huquqiy hujjatlar
Men amaliyotni o’tash jarayonida bankning ish faoliyati bilan birgalikda uni reglamentlovchi me’yoriy- huquqiy hujjatlar bilan ham tanishib chiqdim. Ularda bankning maqsad va vazifalari, bank faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va xalqaro munosabatlar haqida batafsil bayon etilganini ko’rdim. Bank faoliyatida chet el banklari bilan o’zaro faoliyat yuritish katta ma’suliyat va javobgarlik yuklashini, bundan tashqari mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim. Shunday me’yoriy-huquqiy hujjatlardan misolqilib, “Bankning Bosh ofisi, hududiy boshqarmasi vafiliallarining tarkibiy tuzilmalari” Nizomini keltirib o’tmoqchiman.Nizom O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Markaziy Bank va Boshqaruvining me’yoriy hujjatlari talablariga rioya etib, ijrosini tashkil etadi hamda bajarilishini ta’minlaydi.

Download 264.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling