O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida


Download 264.51 Kb.
bet5/12
Sana13.09.2023
Hajmi264.51 Kb.
#1677179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Samandar amaliyot uchun hisobot oxiri1

Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida
Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining rеsurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart sharoitlar yaratish, ularning invеstitsiyaviy faolligini rag’batlantirish, shuningdеk umum qabul qilingan xalqaro mе'yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga chiqishini ta'minlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qarorlari
Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida Ariza beruvchi - uy quruvchining fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2018-2021 yillarda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Markaziy bank Boshqaruvining qarorlari
Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo'jaliklarga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo'jaliklarga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida qarorlab tartibga solib turadi.
"O‘z Milliy Bank" AJ bosh offisi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» (yangi tahrirda), «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’grisida» (yangi taxrirda), «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida» (yangi taxrirda), «Аktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunlari (yangi taxrirda) va boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ-huquqiy hujjatlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Ustan va bankning boshqa ichki hujjatlariga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni (Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan)ga amal qiladi. Respublika hududida faoliyat yuritayotgan barcha banklar faoliyati ushbu qonun orqali tartibga solinadi. Ushbu qonunning 8-moddasiga ko’ra har bir bankning o’z ustavi bo’lib banklar shu ustav asosida faoliyat ko’rsatadilar. Usbu moddaga ko’ra bank ustavida:

  • bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va qayerda joylashganligi (pochta manzili);

  • bank operatsiyalarining ro‘yxati;

  • ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti;

  • bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;

  • bank auditi tartibi, shu jumladan buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Bank ustavida, ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak.
Bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartishlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Ushbu qonunning 22-moddasida banklarning boshqaruv organlari faoliyati keltirib o’tilgan:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Bank kengashining burchlari quyidagilardan iborat:

  • omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan kreditlash va mablag‘larni investitsiyalashning to‘g‘riligini nazorat qilish;

  • bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo‘shatish;

  • bank kapitalining bir tekis o‘sib borishini ta’minlab turish;

  • bank siyosatini ishlab chiqish;

  • qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash.

Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo‘lishi lozim. Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi a’zosi bo‘lishlari mumkin.
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisobdordir.O’zbekiston Respublikasining “Bank siri tog’risida”gi qonuni (30.08.2003 da qabul qilingan) bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, e’lon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat (qonunning 1-moddasi).
Bank belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqini bermagan holda o’z filiallarini va boshqa alohida bo’linmalarini tashkil qilishga haqli, bank tomonidan ularga taqdim qilingan vakolatlar doirasida ularga huquqlar berishi mumkin.Bankning filiallari va boshqa alohida bo’linmalari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan Kuzatuv kengashi qarori asosida tashkil qilinadi. Bankning filiallari va boshqa alohida bo’linmalari davlat tilidagi o’z nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtampga va o’z nomidagi blankalarga ega.
Bankning filiallari va boshqa alohida bo’linmalari bank nomidan faoliyat yuritadilar. Bank o’z filiallari va boshqa alohida bo’linmalari faoliyati uchun javobgar bo’ladi. Filiallar va boshqa alohida bo’linmalar boshqaruvchilari bank tomonidan berilgan ishonchnoma asosida faoliyat yuritadilar. Bank nomidan ishonchnoma Bank boshqaruvi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan beriladi.
Bankning filiallari va boshqa alohida bo’linmalari o’z faoliyatlarini Bank kuzatuv kengashi tasdiqlagan Nizom asosida amalga oshiradilar.Bank O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning ruxsati bilan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mamlakat tashqarisida sho’ba banklar va vakolatxonalar ochishi, filiallar tashkil etishi, banklarning kapitalida ishtirok etishi, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishi mumkin.Sho’ba banklar hamda vakolatxonalar ular tashkil etiladigan mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq filiallar tashkil etiladi.Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug’urta faoliyati bilan shug’ullanishga haqli emas, Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonuni hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bank quyidagi huquqlarga ega (30-band):

  • omonatlar va beriladigan kreditlar bo’yicha foiz stavkalarini, qonun hujjatlariga asosan bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilash;

  • shartnoma asosida depozit va kreditlar shaklida boshqa banklarning mablag’larini jalb qilish hamda mablag’larni depozit va kreditlar shaklida boshqa banklarda joylashtirish;

  • hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish;

  • litsenziyada nazarda tutilgan boshqa moliyaviy operatsiyalarni bajarish; bank operatsiyalari bo’yicha to’lov miqdorini mustaqil belgilash;

  • qarzni to’lash bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorning bankrotligi to’g’risida ish qo’zg’atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli;

  • litsenziyada, qonun hujjatlar va Bankning mazkur ustavida nazarda tutilgan, o’z moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan boshqa xatti-harakatlar va operatsiyalarni amalga oshirish.

Bank majburiyatlari quyidagilardan iborat (31-band):

  • mablag’larni Markaziy bankda zahiraga qo’yish va belgilangan prudentsial normativlarga rioya qilish bo’yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarni bajarish;

  • kredit va lizing operatsiyalari bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun Markaziy bank tomonidan, ichki bank hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda zahiralar tashkil etish;

  • garov (shu jumladan mol-mulk shaklidagi), beriladigan kafolatlar, kafilliklar va majburiyatlarning yetarliligini hisobga olgan holda beriladigan kreditlar ta`minlanishining ichki tartibini belgilash;

  • o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor etish;

  • bankda ichki audit departamentiga ega bo’lishini ta’minlash;

  • “tenglik” tamoyiliga rioya qilish, ya`ni barcha aktsiyadorlarga ularning ulushi, daromad darajasi, jinsi, irqi, dini, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar bir xil munosabatda bo’lishdir.

Quyidagilar Bankning boshqaruv organlari hisoblanadi (43-band):
- Аktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi;
- Bank kuzatuv kengashi;
- Bank boshqaruvi.
Bank kuzatuv kengashi va Bank boshqaruvi ushbu Ustav, bank ichki hujjatlari, Аksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarorlari va qonun hujjatlarda berilgan vakolatlar doirasida bank faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Bank faoliyatini samarali tashkil etish va ustav kapitaliga xorijiy investorlarni jalb etish, Bankni boshqaruv organlari, mehnat jamoasi vakillari o’rtasida o’zaro munosabatlar tizimini ta`minlash Bank aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlanadigan Korporativ boshqaruv kodeksi va bankning boshqa ichki hujjatlari asosida amalga oshiriladi.Bank boshqaruvi qonun hujjatlari, mazkur Ustav, bankning ichki hujjatlari asosida harakat qiluvchi bankning kollegial ijro etuvchi organi bo’lib, faoliyat strategiyasi va uni boshqarish tizimiga muvofiq bankning faoliyatiga operativ boshqaruvni amalga oshiradi hamda bankning faoliyati uchun javobgarlikni to’liq zimmasiga oladi.
Bank boshqaruvi qonun hujjatlari, ushbu Ustav va bank ichki hujjatlari bilan Аktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi yoki Bank kuzatuv kengashi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega emas.
Bank boshqaruv a`zolari Bank kuzatuv kengashi tomonidan bir yil muddatga tayinlanadilar. Bank boshqaruvi a`zolarini tayinlash xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo’lgan tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin.
Bank boshqaruvi a`zolari ishchanlik obro’siga, bank xatarlarini samarali boshqarish, o’z vakolatlari doirasida asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo’lgan tajriba, bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim.Bank boshqaruvi 7 kishidan kam bo’lmasligi kerak. Bank boshqaruvi tarkibiga Boshqaruv raisi, uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter va yuridik xizmati departamenti direktori kiradi. Bank boshqaruvi tarkibiga shuningdek, Bank kuzatuv kengashining qaroriga asosan bankning asosiy bo’linmalari rahbarlari kirishi mumkin.
Bank boshqaruvi raisi o’z lavozimiga Bank kuzatuv kengashining qarori bilan tayinlanadi.
O‘z Milliy Bank” AJ Qumqo‘rg‘on filialining amaliyot o`talgan bo`lim faoliyati va ko`rsatkichlari
Bankning yuksak vazifasi - o`z mijozlariga ularning bizneslari talablariga javob beruvchi keng qamrovli bank xizmatlarini yuqori darajada taqdim etish.
Ushbu vazifani amalga oshirishda "O‘z Milliy Bank" AJ doimiy ravishda o`zining korporativ qadriyatlariga asoslanib faoliyat yuritadi.
Korporativ qadriyatlar:
Kasbiy mahorat. "O‘z Milliy Bank" AJ bilan ish olib borayotgan har qanday mijoz sifatli xizmat ko`rsatilishi hamda mahsulotlardan foydalanishda eng maqbul qaror va maslahatlar taqdim etadi.
Ishonchlilik. "O‘z Milliy bank" AJ xizmatlarining ommabopligini oshirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yib, mijozlar va hamkorlar bilan o`zaro ishonch, ochiq siyosat hamda hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda ish etikasining yuksak me’yorlariga rioya qiladi.
Ochiqlik. "O‘z Milliy Bank" AJ faoliyati mijozlar, xodimlar, jamoatchilik va davlat organlari bilan bo`ladigan ochiq va samimiy munosabatlarga asoslangan.
Qonuniylik. "O‘z Milliy Bank" AJ o`z faoliyatini qonuniy asoslarga tayanib olib borishi bilan birga, noo`rin tavakkalchilik va shubhali (g`ayriqonuniy) bitimlar tuzilishiga yo`l qo`ymaydi.
Innovasion g`oyalarni qo`llash. "O‘z Milliy Bank" AJ doimo har bir mijozga xalqaro amaliyotdagi bank ishi va innovasion g`oyalarning eng zamonaviy yutuqlariga asoslangan bank mahsulotlari hamda xizmatlarining majmuasini taqdim qilishga intiladi.
Xalqaro hamkorlik. "O‘z Milliy Bank" AJ mamlakatimiz korxonalariga chet el investorlarini jalb qilish va xorijiy hamkorlarga O`zbekistonda o`zlarining biznes faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zamonaviy g`oyalarni taklif etadi.
Samaradorlik. Har bir operasiyani amalga oshirishda "O‘z Milliy Bank" AJ qisqa vaqt ichida mehnat va moliyaviy resurslardan eng maqbul ravishda foydalangan holda eng yuqori natijalarga erishishni ko`zda tutadi.
Shu bilan birga bank o`z biznesini quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiradi:
Shaffoflik. Bank doimo faoliyatida sodir bo`layotgan muhim voqealar to`g`risida ishonchli ma’lumotlarni taqdim etadi. Axborotlarning shaffofligi – mijozlar va hamkorlarning bankka bo`lgan yuqori darajadagi ishonchi uchun asos hamda poydevordir.
O`zaro ishonch. Bank o`z mijozlarini biznesni rivojlantirishning asosi deb hisoblagan holda ularning bankka bo`lgan ishonchini qadrlaydi hamda munosabatlarni o`zaro manfaatli sharoitlarda mustahkamlaydi.Professionallik. Professionallar jamoasini shakllantirgan holda bank o`z xodimlarining malakasini muntazam oshirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratadi, ularning ijtimoiy himoyasi hamda rag`batlantirilishi haqida qayg`uradi.Novatorlik. Bank mijozlarining talablariga to`liq javob berish uchun o`tgan davr tajribasi va bugungi kunning innovasion echimlarini birlashtiradi.

Download 264.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling