O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 264.51 Kb.
|
Samandar amaliyot uchun hisobot oxiri1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval.Mijozlar dinamikasi 5
- 3-jadval.Korporativ mijozlar dinamikasi 6
- O‘z Milliy Bank” AJ bosh offisi faoliyatini rivojlantirish istiqbollari
2-jadval.Mijozlar dinamikasi5
3-jadval.Korporativ mijozlar dinamikasi6 Bank faoliyatining muhim strategik omili – uning moliyaviy barqarorligi, jumladan, barqaror resurs bazaning shakllanganligi hamda kapitallashuv darajasining yuqoriligidir. Bankda uzoq muddatli resurslar jalb qilish, depozitlar muddatlarini aktivlar muddatiga muvofiqligini ta’minlab borish shuningdek, kapitallashuv darajasini doimiy oshirib borish bo`yicha tizimli ishlar yo`lga qo`yilgan. Jismoniy va yuridik shaxslardan jalb qilingan depozitlar miqdori 4 924,1 mlrd. so`m bo`lib, o`tgan yilga (4 864,2 mlrd. so`m) nisbatan 59,9 mlrd. so`mga yoki 101,2 foizga o`sgan. Bankning regulyativ kapitali etarlilik darajasini yuqori darajada saqlash bankning to`laqonli faoliyat yuritishi va moliyalashtirish ko`lamini kengaytirish asosiy omillardan hisoblanadi.Bank tomonidan kapitalni oshirish va bank aktivlari sifatini yuqori darajada saqlash bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2020 yil yakuniga ko`ra bank kapitalining etarlilik darajasi xalqaro bank nazorati bo`yicha Bazel qo`mitasi standartlari asosida ishlab chiqilgan Markaziy bank tomonidan o`rnatilgan talabdan 1,5 barobar yuqori bo`ldi. 2020 yilda davomida bank tomonidan aktivlar miqdorini oshirish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish hamda bank tavakkalchiliklarini samarali boshqarish siyosatini qo`llash borasidagi ishlar izchil olib borildi. Bank aktivlari 2019 yil yakunida 7 341,7 mlrd. so`m ko`rsatilgan xizmatlar va bajarilgan operasiyalar natijasida 2020 yil yakunlariga ko`ra 8 108,2 mlrd so`mni tashkil qildi. Bu esa o`tgan yilning shu davriga nisbatan 110,4 foizga o`sganini ko`rsatadi. "O‘z Milliy Bank" AJ ning 2020 yilgi ish faoliyatida aktivlarni boshqarishda yuqori likvidlikni ta’minlash bilan birga moliyaviy barqarorlik va daromadlilikni oshirishga erishildi hamda hisobot sanasida bankning daromad keltiruvchi aktivlari 6 353,7 mlrd. so`m yoki 106,7 foizga oshib, jami aktivlardagi ulushi 78,4 foizini tashkil etdi. “O‘z Milliy Bank” AJ bosh offisi faoliyatini rivojlantirish istiqbollari Bankning strategik maqsadi moliya bozorida zamonaviy va raqobatbardosh bank sifatidagi o`z o`rnini saqlab qolish, O`zbekiston Respublikasi hamda xorijdagi iqtisodiy holatning o`zgarishlariga chidamli bo`lgan bank faoliyatini rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat. Bankning 2019-2021 yillar uchun belgilangan rivojlanish strategiyasi bank xizmatlari bozorida o`z salohiyati va raqobatdagi afzalliklaridan foydalangan holda yuqori marralarni egallash uchun rejalarni aks ettirgan. Bank o`z oldiga qo`ygan missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish yo`lida bank xizmatlari bozorining rivojlanish tendensiyalarini hisobga olib, kelgusidagi islohotlar yo`nalishlarini ta’minlash uchun 2021 yil yakuniga qadar quyidagi strategik maqsadlarni belgilab oldi: 1. Mijozlarga ko`rsatiladigan bank xizmatlarini sifat jihatdan mutloq yangi pog`onaga chiqarish, ular bilan o`zaro hurmat, ishonch va oshkoralikka asoslangan manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: - Mijozlarga xizmat ko`rsatish bo`yicha xodimlar tomonidan amal qilinishi lozim bo`lgan Yagona standartni ishlab chiqish; - Bankning barcha filiallarida avtomatlashtirilgan elektron qurilmalarni (elektron navbat, ma’lumotlar va interaktiv xizmatlar ko`rsatish oynasi va h.k.) keng joriy qilish; - Bankning reklama kompaniyasi samaradorligini oshirish; - Mijozlarga tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan bog`liq axborot va konsalting xizmatlar ko`rsatishni keng joriy etish hamda ularning moliyaviy savodxonligini oshirish choralarini ko`rish; 2. Bazel qo`mitasi tomonidan belgilangan xalqaro andozalar talablariga asosan bankning kapitallashuvini ta’minlash, xususiy kapital hamda resurs bazasi, aktivlar sifatini yaxshilash, bankning moliyaviy barqarorligini va likvidligini oshirish. 3. Innovasion texnologiyalarni keng qo`llagan holda etakchi xorijiy to`lov tizimlari bilan integrasiyalashgan zamonaviy chakana to`lov tizimlarini rivojlantirish. 4. Bankning elektron tijorat sohasidagi faoliyatini kengaytirish, mijozlar uchun elektron to`lovlar va hisob-kitoblar hamda bank hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimlarini rivojlantirish. 5. Bank xodimlarini bankning rivojlanishiga qo`shgan hissalariga muvofiq holda rag`batlantirish (КПИ) tizimini ishlab chiqish orqali samarali boshqarish asoslarini takomillashtirish. 6. Korporativ boshqaruv tizimini xalqaro boshqaruv usullari va tamoyillari, xususan Bazel qo`mitasi tamoyillari bo`yicha hamda Korporativ boshqaruv kodeksiga asoslanib takomillashtirish. 7. Bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimini xalqaro amaliyot standartlariga mos ravishda takomillashtirish, shu jumladan tavakkalchiliklarni boshqarishga oid metodologik bazani kengaytirish hamda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish darajasini oshirish. 8. Xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish orqali bankning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash hamda investision loyihalar, innovasiyalar, importning o`rnini bosish sohasidagi loyihalar, infratuzilma va telekommunikasiyalarni rivojlantirish, eksport va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash yo`nalishidagi loyihalarni amalga oshirish. 9. Ko-brending va virtual kartalar, keshbek va diskontli kartalar hamda kredit kartalari kabi yangi bank mahsulotlarini joriy qilish orqali bankning bank kartalar biznesini rivojlantirish. 10. Chakana biznesni rivojlantirish, bunda jismoniy shaxslarni kreditlash, bank kartalar orqali aholiga turli bank xizmatlarini ko`rsatish, pul o`tkazmalari hajmini oshirib borish. 2021 yil 25 iyun soat 17:00 da ZOOM dasturi orqali bank xodimlari ishtirokida «Bir qarz oluvchi, o’zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko’p miqdori to’g’risida»7gi Nizom yuzasidan onlayn seminar o’tkazildi (29.10.2020 yil, 3283-son). Ushbu seminarda Nizomdagi tushunchalar va bir qarz oluvchi, o’zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun bank oldida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tavakkalchiliklar nimalardan iborat ekanligi, tavakkalchilikning hisob-kitoblari va ulardan chegirmalar, bankka aloqador shaxslar va ular nomidan harakat qilayotgan shaxslar kimlarni tashkil qilishi, jumladan, ular bilan amalga oshiriladigan bank operatsiyalari haqida fikr yuritildi. Jumladan, bir qarz oluvchi yoki o’zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi hamda bankka aloqador shaxslarning bank oldida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tavakkalchiliklari quyidagilardan iborat: Bankning kredit bo’yicha talablari (qarz, kredit, mikroqarz, mikrokredit, mikrolizing, lizing, faktoring); Bankning pul mablag’lari evaziga boshqa bank yoki kredit tashkilotlari tomonidan qarzdorlarga har qanday bilvosita turda ajratilgan va kredit tavakkalchiligi mavjud mablag’lar; Bir qarz oluvchi tomonidan o’zi bilan aloqador bo’lmagan boshqa bir qarz oluvchiga uning bank oldidagi kredit yoki boshqa majburiyatlari bo’yicha bankka taqdim etilgan va jami majburiyatidan oshmagan miqdordagi kafolat, kafillik va qarz oluvchi tomonidan berilgan qimmatli qog’ozlar; Yuridik shaxsning ustav fondiga va qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalar, shu jumladan repo kelishuvlari doirasida sotilgan qog’ozlar va veksellar; Kredit tavakkalchiligi mavjud bo’lgan balansdan tashqari majburiyatlar, shu jumladan foydalanilmagan kredit liniyalari, chaqirib olinmaydigan majburiyatlar, kreditlash bo’yicha boshqa majburiyatlar; Bo’lib-bo’lib to’lash sharti bilan sotilgan aktivlar bo’yicha talablar; Kredit tavakkalchiligi mavjud bo’lgan boshqa majburiyatlar, shu jumladan olinishi lozim bo’lgan hisoblangan foizli va foizsiz daromadlar, bo’naklar va bankning debitorlik qarzdorliklari. Bankning bir qarz oluvchi yoki o’zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko’p miqdori bank birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak. Bankning bir qarzdor yoki o’zaro aloqadorlar guruhiga to’g’ri keluvchi ta’minotsiz kredit, shuningdek, faktoring xizmatlari uchun tavakkalchilikning eng ko’p miqdori bank birinchi darajali kapitalining 5 foizidan oshmasligi kerak. Bankning barcha yirik tavakkalchiliklarining umumiy miqdori bank birinchi darajali kapitalining 5 barobaridan oshmasligi lozim. O’zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi nazorat asosida, iqtisodiy asosda vujudga keladi. Qarzdorlar quyidagi hollarda nazorat asosida o’zaro aloqador bo’ladi. Yuridik shaxslar o’rtasida: a) Bir yuridik shaxs bevosita yoki bilvosita, yakka tartibda yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar guruhi tarkibida boshqa yuridik shaxs ustav fondining 20 foiz va undan ortig’iga egalik qilsa yoki egalikni nazorat qilsa; b) Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxs ustidan nazoratni amalga oshirsa; c) Yuridik shaxslar uchinchi shaxsning yoki u bilan birgalikda xarakat qiluvchi shaxslarning nazorati ostida bo’lsa. Jismoniy shaxslar o’rtasida: a) Jismoniy shaxs bevosita yoki bilvosita, yakka tartibda yoki birgalikda faoliyat ko’rsatuvchi shaxslar guruhi tarkibida, yuridik shaxs ustav fondining 20 foiz va undan ortig’iga egalik qilsa yoki egalikni nazorat qilsa; b) Jismoniy shaxs yuridik shaxs ustidan nazoratni amalga oshirsa; c) Jismoniy shaxs yuridik shaxs bank Kuzatuv kengashi, Boshqaruv a’zosi bo’lsa yoki mansabdor shaxsi hisoblansa; d) Jismoniy shaxsda yuridik shaxs ustav fondining 20 foiz va undan ortig’iga egalik qiladigan yoki egalikni nazorat qiladigan boshqa yuridik shaxsga nisbatan rahbarlik vakolati bo’lsa; i) Jismoniy shaxsning yuridik shaxs nazoratni amalga oshiradigan boshqa yuridik shaxsda boshqaruvga oid vakolatlari mavjud bo’lsa. Download 264.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling